Qish sanatasi she’rlari, mp3 va matn shaklida

Qish sanatasi she’rlari, mp3 va matn shaklida
Telegramda o'qish

Qish sanatasini yaxshi ko’radigan o’quvchilar uchun serialning mahzun she’rlarini taqdim qilmoqdaman.

 

Qish sonatasi she’ri

Hamon yodimdadir o’sha lahzalar

Mayin uchgan qorday yurak zorlari

Birga bag’rin ochgan go’zal lahzalar

Muhabbatday sokin qishning qorlari

Yangi yil muborak bo’lsin azizim

Ketding yuragimni dardga to’ldirib

Yashayman endi g’amlaring sevib

Umrbod sevaman imkoni bo’lsa

Ko’nglimda men seni izlab yig’layman

So’zlaringni izlab ko’nglim tig’layman

Sog’inaman seni qalbim sinsa ham

Nima qilay seni unutolmayman

Endi seni ko’rmasam unutaman abadiy

Unutaman baribir hatto juda sevsam ham

Kulganimda seni eslab yig’layman

So’zlaringni aytib qalbim tig’layman

Nima qilay aytgin qalbim titroqda

Ilk sevgim, ilk dardim meni izlasa

 

 

Qish sanatasi filmidan Sevgini eslab she’ri

Seni,tushimda ko’rdimmi?……

Hamon yodimdadir barcha-barchasi.

Ko’l uzra shafaqqa termulganimiz,

Ohista kuylaring…ko’ngil parchasi….

Qo’l ushlab bahtiyor kulganlarimiz…

O’shal tabassumni bir bor ko’rmoq uchun,

Iltijo qilgandim parvardigorga….

Nahotki tushlarim o’ngidan keldi,

Nigohim qovushib birinchi qorga.

Kulganimda seni eslab yig’layman….

Yasholmayman eslab bag’rim tig’layman.

Seni ko’p sog’indim qalbim sinsa ham ne qilay

hech seni unutolmayman…

Ko’rmasam unutgum seni

Unutaman

 

Qish sanatasi she’ri audiosi

Sevgini eslab she’rining audio talqinini qabul qiling. Muallif Zulhumor Mo’minova juda ta’sirli talqinda ijro etgan.

Qish sanatasi Sevgini eslab she’ri audio

 

 

Qish sanatasi qo’shiqlari

O’zingiz uchun serialning qo’shiq va musiqalari kerak bo’lsa saytimizning ushbu sahifasiga o’tib tinglashingiz va yuklab olishingiz mumkin: Qish sanatasi – Barcha mp3 qo’shiq va musiqalarini yuklab oling

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: