Ona qalbidagi gaplarga quloq tutamiz.
Oldimga qo‘llaringizda men uchun arzimagan bo‘lsa ham, biror narsa ko‘tarib kelishingiz, menga bo‘lgan e’tiboringizni bildiradi.
┄┄┄༻༺┄┄┄
Men bilan ishingiz bo‘lmay, telefoningiz bilan mashg‘ul bo‘lishingiz, meni yosh boladek bu narsalarni tushunmaydi, deb hisoblashingiz, bir nima desam, chalg‘itdi, deb jahlingiz chiqishidan xafa bo‘laman!
┄┄┄༻༺┄┄┄
Oshxonada belim og‘rib, oyoqlarimda quvvat qolmay siz va farzandlaringiz uchun yemak tayyorlasam-da, yeganingizda sizga yoqmay ensa qotirishingiz, yuragimni parchalaydi.
┄┄┄༻༺┄┄┄
Uyga kelsangiz, xuddi meni ko‘rish uchun emas, bir -biringiz bilan gaplashgani kelgandek, sizning suhbatingizda menga o‘rin yo‘qdek turishingizdan o‘zimni kimsasizdek sezaman.
┄┄┄༻༺┄┄┄
Nimaga darrov jahlingiz chiqadi?
Maqsadim turmush o‘rtog‘ingiz yoki bolalaringizni kamsitish emasdi.
Sizni tashvishlantirgan narsa, meni ham tashvishga soladi. Onangizman-ku?
┄┄┄༻༺┄┄┄
Sizni kutmaganimda, yolg‘iz qolganimda, to‘sattan ziyoratimga kelishingiz, menga olamlar quvonchini baxshida etadi.
┄┄┄༻༺┄┄┄
Meni yosh boladek sanab, «Uni bunday, buni unday qiling», deyishingizga muhtoj emasman. Aksincha, meni o‘z o‘rnimda, sizga ko‘p narsani o‘rgatgan, xatolaringizni mehr bilan tushuntirgan, ona sifatida muomala qilishingizni xohlardim.
┄┄┄༻༺┄┄┄
Yoshligingizda xizmatingizni sidqi dildan qilardim. Mening ham sizga aytolmaydigan ehtiyojlarim bor. Har oy maoshingizdan menga ham ozgina ajratsangiz, meni xursand qilgan, duolarim sabab topganingizda barakani ko‘rgan bo‘lardingiz.
┄┄┄༻༺┄┄┄
Kun kelib, meni xonamga kirasiz. Lekin unda meni topolmaysiz.
┄┄┄༻༺┄┄┄
Har qancha ulg‘aymang, siz men uchun doim beg‘ubor, yuragimning bir parchasi, ko‘zlarimning nuri, jonim — bolajonim bo‘lib qolasiz.
┄┄┄༻༺┄┄┄
Nasihatimni qabul qiling, jigarbandlarim. Sizlarga qattiq qo‘llik qilgan paytimda ham sizni yaxshi ko‘rganman.
┄┄┄༻༺┄┄┄
Dunyoning go‘zalligini sizning baxtingizda ko‘radigan onangizdan xafa bo‘lmang.
┄┄┄༻༺┄┄┄
Ariqning suvi pastga qarab oqqanidek, siz ham menga nisabat bolalaringizga mehribon bo‘lasiz. Insonning fitrati shunday. Ona «bolam» desa, bolasi ham «bolam» deydi.
Shuning uchun ham Alloh taolo farzandlarga demasdan, ota — onangizga yaxshilik qiling, dedi.
«Robbing faqat Uning O‘zigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishnigni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so‘z ayt!
Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni paslat va «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin», deb ayt. (Isro: 23-24).
┄┄┄༻༺┄┄┄
Menga qanday muomala qilsangiz, farzandlaringiz ham sizga shunday munosabatda bo‘lishadi.