Tanishing, kontrakt miqdorlari kamaytirildi

Tanishing, kontrakt miqdorlari kamaytirildi
Telegramda o'qish

Talabalar tomonidan uzoq kutilgan yangilik to’lov-kontrakt miqdorlari kamaytirildi

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jamoatchilik tomonidan pandemiya sharoitida oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt asosida o’qitish narxlarini optimallashtirish borasida bildirilgan ko’plab murojaatlarni hisobga olib, ularni ijobiy hal qilish maqsadida Moliya vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarida mavjud barcha resurslarni safarbar etish hisobiga qator takliflarni ishlab chiqdi.

Pandemiya sharoitida aholining to’lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, bugungi kunda belgilangan bazaviy to’lov-kontrakt miqdorlari o’qitishning minimal xarajatlarini qoplay olmayotganligiga qaramasdan, farzandi to’lov-shartnoma asosida o’qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida yangi 2020/2021 o’quv yilida amaldagi bazaviy to’lov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda o’qiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma beriladi.

Talabalarni qo’llab-quvvatlash ushbu chegirma bilan to’xtab qolmaydi.

Shu bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan yetim, chin yetim, nogiron bo’lgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, “temir daftar” ro’yxatidagi oilalar farzandlari bo’lgan talabalarga kontrakt to’lovlarini qoplash uchun manzilli moddiy yordam ko’rsatiladi. Bunda oliy ta’lim muassasalari mavjud mablag’lari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, 4,0 mln. so’mgacha moliyaviy yordam ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Bundan tashqari, Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tagan va oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt shakli asosida o’qiyotgan 4 ming nafardan ziyod talabaga shartnoma miqdorining 35 foizini to’lash orqali moddiy yordam ko’rsatiladi. Ushbu moddiy yordam bir talabaga bir yilda 2,4 mln.so’mdan 3,4 mln.so’mgacha miqdorni tashkil etadi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish (o’zining, yigirma olti yoshga to’lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to’lovlarga yo’naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo’lgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig’idan ozod qilingan bo’lib, bunda bir nafar talaba uchun kontrakt to’lagan oilaga bir yilda 770 ming so’mdan 1 mln. 177 ming so’mgacha mablag’ daromad solig’idan imtiyoz shaklida qaytadi.

To’lov-shartnoma asosida o’qiydigan talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda beriladigan chegirmalar hisobiga davlat byudjetiga ortiqcha yuk tushmasligi uchun oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayoniga tegishli xarajatlar normativlari qayta ko’rib chiqiladi hamda ularda qo’shimcha ta’lim xizmatlarni ko’rsatish hisobiga byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish orqali chegirma xarajatlarini qoplash choralari ko’riladi.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan sohada olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlar, avvalo, talaba-yoshlarga zamonaviy ilmlarni egallashlari uchun qulay shart-sharoit va ijodiy muhitni yaratish hamda sifatli ta’limni ta’minlab berishga qaratilgan. Shunday ekan, vazirlik talbalarni har qanday sharoitda ham asosiy maqsaddan chalg’imaslik va o’z sohasida yetuk mutaxassis bo’lib yetishish uchun tinimsiz izlanishdan to’xtamaslikka chaqiradi.


Снижена долгожданная плата за инновации студентами

Министерством высшего и среднего специального образования совместно с Министерством финансов разработан ряд предложений по мобилизации всех имеющихся ресурсов в образовательных учреждениях.

Учитывая снижение платежеспособности населения в условиях пандемии, установленные сегодня базовые суммы договорных платежей не покрывают минимальную стоимость обучения, а обеспечивают льготы и поддержку семьям, дети которых учатся на платной основе. , Чтобы достичь текущей базовой суммы контракта в новом 2020/2021 учебном году, все студенты дневной формы обучения получат 10-процентную скидку.

Эта скидка не ограничивает поддержку студентов.

Кроме того, высшие учебные заведения оказывают адресную материальную помощь детям-сиротам, детям-сиротам, обучающимся с инвалидностью, а также обучающимся из семей, состоящих на «железной книжке», для покрытия расходов по контракту. При этом за счет имеющихся фондов высших учебных заведений, исходя из социального положения обучающихся, 4,0 млн. грн. сможет оказать материальную помощь до сумов.

Кроме того, более 4000 студентов, прошедших службу в Вооруженных Силах и обучающихся в высших учебных заведениях на платной основе, получат материальную помощь в размере 35 процентов от суммы контракта. Эта финансовая помощь составляет от 2,4 млн до 3,4 млн сумов на одного студента в год.

Также налогооблагаемая заработная плата и оклады, которые направляются на выплаты за обучение в высших учебных заведениях (на обучение себя, своих детей в возрасте до двадцати шести лет или мужа (жены)); Иные доходы освобождаются от подоходного налога, с семьи, выплачивающей 770 000 сумов в год семье, которая оплачивает контракт на одного студента. До 177 тысяч сумов будет возвращено в виде льготы по налогу на прибыль.

Во избежание обременения государственного бюджета за счет скидок для студентов-контрактников будут пересмотрены нормы расходов, связанных с образовательным процессом в высших учебных заведениях, а также будут оказаны дополнительные образовательные услуги, будут приняты меры по покрытию стоимости скидок за счет привлечение внебюджетных средств.

Все усилия, предпринимаемые Министерством высшего и среднего специального образования в этой области, в первую очередь направлены на создание благоприятных условий и творческой среды для овладения обучающимися современными науками и предоставления качественного образования. Поэтому министерство призывает студентов ни в какой ситуации не отвлекаться от главной цели и не прекращать постоянного поиска, чтобы стать ведущим специалистом в своей области.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: