Bolalikka maktub

Bolalikka maktub

Saytimiz mushtariysidan kelgan qalb kechinmalari

Salom, yuragimning oromgohi! Ahvollaring qanday? Mensiz zerikib qolgandirsan-a? Mening ham sensiz ko‘nglim yolg‘izlanib qolganday. Seni juda sog‘indim…
Kecha derazadan tashqariga qarab turgandim, bir shirin bolakayning ko‘zlarida seni ko‘rib qoldim. Kichkintoyning harakatlari biram shirin , biram yoqimli, qiliqlari biram o‘ziga yarashar ediki, go‘yo seni eslatardi. Sen uni erkalarding. Onajonisi mittigina qo‘llarini mehr bilan silar, oppoq yuzlaridan o‘pib, bag‘riga bosardi. U esa jahl bilan xarxasha qilardi.Bu «katta odamcha» ana shu aziz daqiqalarning mangu emasligini bilmasdi. Bolakay bu baxtiyor, betakror, totli lahzalar mangu emasligini bilganida edi, balki yig‘lamasmidi. Men esa ularning harakatlarini havas va allanechuk hayajon bilan jim tomosha qilardim…
Esingdami menga hamroh bo‘lgan kezlaring?! O‘shanda akam va opam muhim mavzu yuzasidan bahslashganlarida , men ham suhbatga aralashib, «aqllilik» qilardim. «Topqirligim» uchun erkalashardi, kulishardi. Mening esa jahlim chiqardi. Chunki menga kattalardek munosabatda bo‘lishlarini istardim. «Men kattaman, katta bo‘lishni istayman, kichkina bo‘lishni yomon ko‘raman » , derdim. Endi bu gaplardan kechib, yana senga qaytgim kelyapti.
Nihoyat, sen mendan ketding. Bolaligim, mendan xafamisan? Meni kechir! Hozir esa yana kichkina bo‘lib qolishni xohlayman. Yana onam yopib bergan kulchalarni qaymoqqa botirib yeyishni, akam , opamlarga erkalik qilib, ularni kuldirishni, xolamning men tengi qizi bilan quvlashmachoq o‘ynashni, qo‘shnilarning «Voy ,Odiljonning sho‘x , shaddod qizalog‘i-ey», deyishlarini xohlardim. Afsuski, vaqt bizning izmimizda emas-da!
Kecha sening rasmingni, to‘g‘rirog‘i , bolaligimning suratini ko‘rib qoldim. Unda mening bir bo‘lagim qolib ketgan ekan. U ham bo‘lsa tabassumlarim!
Endi seni sog‘insam, bir jilmayib qo‘yaman.

Shahlo Orziyeva, O‘zJOKU talabasi


Ощущения от клиента нашего сайта

Здравствуй, покой моего сердца! Как поживаете? Тебе скучно без меня? Как будто мне одиноко без тебя. Я очень сильно скучаю по тебе …
Вчера вечером я смотрел в окно, когда увидел тебя в глазах милого мальчика. Действия малыша были милы, приятны, и манера поведения у него была соответствующая, как будто он вас помнил. Ты был ее мужем. Мать нежно гладила ее крошечные руки, целовала белое лицо и обнимала ее. Он был зол: этот «большой человек» не знал, что эти драгоценные мгновения не вечны. Это было тогда, когда мальчик знал, что эти счастливые, неповторимые, сладкие мгновения не вечны, но он бы не плакал. Я с завистью и волнением наблюдал за их движениями…
Помнишь, когда ты сопровождал меня?! Тогда, когда брат с сестрой спорили на важную тему, я тоже был вовлечен в разговор и «умничал». Они баловали и смеялись над «моей изобретательностью». Я был зол. Потому что я хотел, чтобы они относились ко мне как к взрослой. «Я вырастаю, я хочу быть большим, я ненавижу быть маленьким», — говорил я. Теперь, когда я сказал это, я хочу вернуться к вам.
Наконец, ты оставил меня. Мое детство, ты обиделся на меня? Простите меня! И теперь я хочу снова остаться маленькой. Еще мне хотелось есть лепешки, которые мама намазала сметаной, смешить братьев и сестер, играть с тётиной дочерью и чтобы соседи говорили: «Вау, Одилжон смешная, жестокая девчонка». К сожалению, время не на нашей стороне!
Вчера я видел твою фотографию, вернее, фотографию моего детства. В нем осталась частичка меня. Это тоже моя улыбка!
Теперь, когда я скучаю по тебе, я улыбаюсь.

Шахло Орзиева, студентка УзЖОКУ

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: