Haynrix Hayne (1797–1856)

Haynrix Hayne

Haynrix Hayne hayoti, faoliyati, asarlari haqida ma’lumotlar

Haynrix Hayne hayoti

Haynrix Hayne (1797.13.12, Dyusseldorf – 1856.17.2, Parij) – nemis shoiri, publitsist, tanqidchi va mutafakkir. Bonn, Gyottingen, Berlin universitetlarida oʻqigan (1819–25).

Haynrix Hayne asarlari

Birinchi sheʼriy toʻplami “Qoʻshiqlar kitobi” (1827) romantizm ruhida yozilgan boʻlib, unda nemislar hayotidagi meshchanlik, xudbinlik qoralanadi. Keyingi “Yoʻl manzaralari” (1826–31) nasriy asarida ham shu yoʻnalishni davom ettirib, inson erki, shaxsini xoʻrlovchi tartiblarga qarshi chiqadi, bu tartiblarni himoya qiluvchi kuchlarni, davlat idoralarini tanqid qiladi. Shundan soʻng Hayne Germaniyaning hukmron doiralari bilan kelisha olmay, 1831 yilda Parijga ketishga majbur boʻladi va u yerda umrining oxirigacha siyosiy mahbus sifatida yashab qoladi. “Fransuz ishlari” (1832), “Lyutetsiya” (1854) kitoblari fransuz siyosiy hayotining yilnomasidan iborat. 1843–44 yillarda yozilgan “Zamonaviy sheʼrlar”, shuningdek “Atta Troll” (1842), “Germaniya. Qish ertagi” (1844) poemalari oʻz davrining ilgʻor asarlaridandir.

Haynrix Hayne asarlari haqida

“Atta Troll” majoziy doston boʻlib, “hayvonlar eposi” tarzida yozilgan, oʻtkir hajviy yoʻnalishga ega. Bunda Pireneya togʻlarida yashovchi xalq siymosida nemis meshchanlari va soxta inqilobchilar fosh qilingan. “Germaniya” dostonida esa ogʻir mehnat bilan yashayotgan nemis ishchilarining obrazi tasvirlangan. Shoirning ijodiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega boʻlgan “Romansero” (1851), “Eʼtirof” (1854) sheʼriy kitoblari ham mavjud. Haynening asarlari 20-yillarda Choʻlpon, 30-yillarda Mirtemir va 1997 yilda Abdulla Sher tarjimasida oʻzbek tilida nashr etilgan.

Manba: Saviya.uz


Информация о жизни, творчестве и творчестве Генриха Хейна

Жизнь Генриха Хейна

Генрих Хейн (1797.13.12, Дюссельдорф — 1856.17.2, Париж) — немецкий поэт, публицист, критик и мыслитель. Учился в университетах Бонна, Геттингена и Берлина (1819—25).

Работы Генриха Хейна

Его первый сборник стихов «Книга песен» (1827) написан в духе романтизма, осуждающего алчность и эгоизм немецкой жизни. В следующем прозаическом произведении «Пейзажи дороги» (1826—31) он продолжил в том же направлении, выступая против режимов, попиравших свободу человека и личность, и критикуя силы и институты, защищавшие эти режимы. Не сумев примириться с немецкими властями, Хейн был вынужден эмигрировать в Париж в 1831 году, где до конца жизни оставался политическим заключенным. Книги «Французские произведения» (1832 г.) и «Лютеция» (1854 г.) представляют собой хронику французской политической жизни. «Современные стихи», написанные в 1843–1844 гг., а также «Атта Тролль» (1842 г.), Германия. Сказка о зиме» (1844) — одно из самых передовых произведений своего времени.

О творчестве Генриха Хейна

Атта Тролль — метафорический эпос, написанный в стиле «звериного эпоса» с острым чувством юмора. В образе людей, живущих в Пиренеях, разоблачались немецкие крестьяне и псевдореволюционеры. Эпопея «Германия» изображает тяжело работающих немецких рабочих. Имеются также сборники стихов «Романсеро» (1851 г.) и «Исповедь» (1854 г.), сыгравшие важную роль в творчестве поэта. Произведения Гейне были переведены на узбекский язык Чолпоном в 1920-х годах, Миртемиром в 1930-х годах и Абдуллой Шером в 1997 году.

Источник: Saviya.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: