Eng mashhur ko‘zi ojiz insonlar haqida

Eng mashhur ko‘zi ojiz insonlar haqida

Ko‘z nuridan ayrilib ham bashariyat xotirasida o‘chmas iz qoldira olgan shunday insonlar borki, ularning amalga oshirgan ishlari, hayot yo‘llari hammaga o‘rnak bo‘la oladi.

Gomer


Antik dunyoning eng mashhur dostonlari bu shubhasiz «Iliada» va «Odisseya»dir. Garchi biror bir aniq hujjat yoki yozma manba qolmagan bo‘lsa-da, bu ikki dostonning muallifi Gomer ismli so‘qir inson bo‘lganligi og‘izdan og‘izga ko‘chib, bugungi kungacha yetib kelgan. Ko‘hna dunyoning eng mashhur ko‘zi ojiz insoni nomi ham shu tarzda Gomerga nasib qilgan.
Lekin shunga qaramay uning hayoti haqida aytarli ma’lumotlar yo‘q, taxminlarga ko‘ra u miloddan avvalgi VIII asrlarda yashagan, haligacha uning vatani nomi uchun yetti shahar da’vogarlik qiladi.
Gomer omma oldida dostonlarni yoddan o‘qib bergan va yildan yilga qiziqarli voqealar bilan boyitib boravergan. Bu dostonlarning ahamiyati shundaki, ular o‘sha davr ruhiyati, madaniyati haqida beqiyos qo‘llanma bo‘lish bilan birga juda ko‘p boshqa asarlar yaratilishiga ham turtki bo‘lgan. Jahonga mashhur «Troya» badiiy filmi ham Gomer dostonlari syujyetlari jamlanmasidir.

Lui Brayl


Bugun deyarli har bir ko‘zi ojiz inson o‘qishni biladi va buning uchun ular yana bir shunday taqdir egasi – Lui Brayldan minnatdor bo‘lishlari lozim.
1809 yilda Fransiyaning Kuvre shaharchasida tug‘ilgan Lui 3 yoshida otasining ustaxonasiga kiradi va bir asbobdan jarohatlanadi. Jarohat og‘ir asorat – ko‘zi ojizlikka sabab bo‘ladi.
U paytlarda ko‘zi ojizlar uchun maktablar bo‘lmagani uchun ota-onasi Luini oddiy maktabga berishadi. Dastlab o‘z xotirasiga suyanib amallab o‘qigan Lui 10 yoshida ko‘zi ojiz bolalar uchun maxsus stipendiya sohibi bo‘ladi.
Braylda harbiylar qorong‘ida foydalanuvchi yozuv tizimini o‘zi kabilar o‘qishi uchun qo‘llash fikri tug‘iladi va shuning ustida ish boshlaydi. 20 yoshli Lui 6 nuqtali kodga asoslangan, bugungi kunda butun dunyoda foydalaniladigan alifboni yaratishga muvaffaq bo‘ladi.
Bu yozuv nafaqat yozuv, balki ilmiy ramzlarni ham ifodalash imkonini berardi. 1834 yilda Brayl o‘z ixtirosini Parij san’at ko‘rgazmasida namoyish qiladi va keyingi 20 yil ichidayoq bu alifbo butun dunyoga tarqalib ulguradi. Bugungi kunda ham bu yozuv butun dunyoda ko‘zi ojizlarning rasmiy yozuvi hisoblanadi.

Andrea Bochelli


Italiyalik bu san’atkor iste’dodi hatto mashhur Pavorottini ham hayratga solgan.
Andrea bolaligidan ko‘zi bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lgan va 12 yoshiga qadar 12 marta turli-tuman operatsiyalar o‘tkazib, oxir-oqibat butunlay ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan.
Dastlab qattiq tushkunlikka tushgan bolakay qo‘shiq aytish orqaligina taskin topardi. Qishloqda, ferma yaqinida yashagan Bochelli odamlar bor yoki yo‘qligiga qaramay bor ovozda kuylayvergan.
O‘smirligida u bir necha musiqa festivallari g‘olib bo‘lgan Andrea ma’lum muddat san’atdan chekinib, Piza universitetining huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kiradi.
Ammo uning taqdiriga huquqshunoslik emas, san’at bitilgandi. Italiyalik tenor Franko Korelli bilan hamkorligi unga mashhurlik eshiklarini ochadi. Kunduzlari o‘qigan Andrea kechalari restoranlarda qo‘shiq aytib pul topardi. 90-yillarda uning qo‘shiqlarini kimsan Luchano Pavorotti eshitadi va festivalga taklif etadi. Shu-shu Bochelli minglab tomoshabinlar oldida kuylay boshlaydi. Bu tomoshabinlar orasida hatto Rim papasi ham bo‘lgan.

Devid Blankett


Ko‘zi ojizlar baland martabalarga erisha olmasliklari bo‘yicha tushunchalarning xatoligini Devid Blankett isbot qilgan. Tug‘ma ko‘zi ojizligiga qaramay bu inson Toni Bler hukumatida Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri bo‘lgan.
Ota-onasi hamisha o‘ziga ishongan yigit qilib ulg‘aytirgan Devid siyosiy va ijtimoiy fanlarni o‘zlashtiradi va Sheffild shahar kengashi a’zosiga aylanish orqali siyosatga kirib keladi. 1987 yilda parlament a’zosiga aylangan Blankett keyinchalik vazir darajasiga ko‘tariladi.
Eng muhimi, u bu darajaga ko‘pchilik o‘ylaganidek yuqoridagilarning achinish hissi tufayli emas, o‘zining mehnatkashligi va aql bovar qilmas xotirasi orqali erishgan.

Jozef Pulitser


O‘zini hurmat qilgan har bir jurnalist «Pulitser» mukofotini olishni orzu qiladi. Ammo o‘zidan so‘ng nomida shu qadar mashhur mukofot qolishiga sabab bo‘lgan inson faoliyatining ayni gullagan davrida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganini ko‘pchilik bilmaydi.
1847 yilda Vengriyaning Mako shahrida tug‘ilgan Jozef 17 yoshida baxt izlab AQShga jo‘naydi va muxbirlik faoliyatini boshlaydi. Keyinchalik u siyosiy irodasini mustahkamlab boradi va Missuri shtati qonunchilik kengashida o‘rin egallashga muvaffaq bo‘ladi.
U poraxo‘rlikka qarshi kurashdagi qarashlari bilan omma e’tiborini qozonadi. 1872 yilda Pulitser Sent-Luisdagi ikki gazetani sotib oladi va ularni birlashtirib, kuchaytiradi. Jurnalistik surishtiruvlar asosida qator korrupsion guruhlarni fosh qilish ortida uning obro‘si ortib ketadi.
1883 yilda u «New York World» nashrini sotib oladi va o‘z imkoniyatlarini yanada oshiradi. Hukumat darajasidagi firibgarlarning kirdikorlarini fosh qiladigan bu gazetada yumor ham, reklama ham, maqola-yu hikoyalar ham bor edi.
Keng ommaga mo‘ljallanganlik o‘z ishini berdi va Pulitser qo‘liga tushgunga qadar 15 ming adadda chiqadigan gazeta million nusxagacha chop etiladi va sotiladi.
Ammo Jozef o‘z mehnatlaridan ko‘ngildagidek quvona olmaydi. Chunki u 1887 yilda, ijodi ayni gullagan chog‘da ko‘rish qobiliyatini deyarli butunlay yo‘qotadi va bosh muharrirlik o‘rnini bo‘shatishga majbur bo‘ladi.
1911 yilda vafot etgan Jozef Pulitser o‘zining 2 mln dollar boyligini Kolumbiya universitetiga, jurnalistlar oliy maktabi tuzish uchun qoldiradi. Jurnalistika sohasidagi eng nufuzli mukofot uning nomidaligi ham bejiz emas.
Shuningdek ko‘rish qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan Galileo Galiley, Klod Mone, Nikolay Lobachevskiy, Garriyet Tabmen, Xelen Keller, Stivi Uander kabi insonlar ham borki, ularning ham insoniyat tarixiga o‘z nomlarini yozib qo‘ya olganlar.

Abror Zohidov


Есть люди, потерявшие зрение и оставившие неизгладимый след в памяти человечества, чьи поступки и образ жизни могут служить примером для всех.

Гомер

Самыми известными эпосами древнего мира, несомненно, являются «Илиада» и «Одиссея». Хотя никаких определенных документов или письменных источников не сохранилось, автором этих двух эпопей является слепой по имени Гомер, которые передавались из уст в уста и по сей день. Точно так же Гомер был назван самым известным слепым в древнем мире.
Однако сведений о его жизни недостаточно, предполагается, что он жил в VIII веке до нашей эры, а семь городов до сих пор претендуют на имя его родины.
Гомер читал эпосы публично и из года в год обогащал их интересными историями. Значение этих эпосов в том, что они были своеобразным проводником в психику и культуру того времени, а также послужили источником вдохновения для многих других произведений. Всемирно известный художественный фильм «Троя» также является сборником сюжетов гомеровского эпоса.

Луи Брайля

Сегодня практически каждый слепой умеет читать, и за это они должны быть благодарны еще одному такому человеку — Луи Брайлю.
Родившийся в 1809 году во французском городке Кувр, Луи поступил в мастерскую своего отца в возрасте 3 лет и был ранен орудием. Травма – серьезное осложнение, которое может привести к слепоте.
В то время не было школ для слепых, поэтому родители отдали его в обычную школу. Первоначально основываясь на собственных воспоминаниях, Луи получил специальную стипендию для слепых детей в возрасте 10 лет.
В шрифте Брайля во мраке военных рождается идея использования пользовательской системы письма для чтения другими, и над ней начинается работа. 20-летнему Луи удается создать алфавит на основе 6-значного кода, который сегодня используется во всем мире.
Эта надпись позволяла выражать не только письменность, но и научные символы. В 1834 году Брайль выставил свое изобретение на Парижской художественной выставке, и в течение следующих 20 лет алфавит распространился по всему миру. Сегодня это официальный сценарий слепых во всем мире.

Андреа Бочелли

Талант этого итальянского художника поразил даже знаменитого Павороттини.
У Андреа с детства были проблемы со зрением, и до 12 лет она перенесла 12 различных операций, в результате чего полностью ослепла.
Поначалу мальчик был подавлен и находил утешение только в пении. В деревне, возле фермы, Бочелли громко пел, были люди или нет.
В подростковом возрасте Андреа выиграла несколько музыкальных фестивалей.
Но судьба его была определена не законом, а искусством.Его сотрудничество с итальянским тенором Франко Корелли открывает двери его славы. Андреа, которая днем ​​училась, зарабатывала деньги пением в ресторанах по ночам. В 90-х кто-то прослушал его песни и пригласил Лукано Паворотти на фестиваль. Тот же Бочелли начинает петь перед многотысячной аудиторией. Среди зрителей был даже папа.

Дэвид Бланкетт

Дэвид Бланкетт доказал, что представление о том, что слепые не могут добиться высоких результатов, ошибочно. Несмотря на врожденную слепоту, он был министром внутренних дел Великобритании при Тони Блэре.
Воспитанный родителями как уверенный в себе молодой человек, Дэвид изучал политику и социальные науки и занялся политикой, став членом городского совета Шеффилда. Бланкетт, который стал членом парламента в 1987 году, позже был назначен министром.
Самое главное, что он достиг этого уровня не из-за жалости к вышеперечисленному, как многие думают, а благодаря своему трудолюбию и невероятной памяти.

Джозеф Пулитцер

Каждый уважающий себя журналист мечтает получить Пулитцеровскую премию. Но мало кто знает, что он ослеп в период расцвета человеческой деятельности, что и привело к столь известной награде.
Джозеф родился в Мако, Венгрия, в 1847 году. В 17 лет он отправился в Соединенные Штаты в поисках счастья и начал работать репортером. Позже он укрепил свою политическую волю и получил место в Законодательном собрании штата Миссури.
Он известен своими антикоррупционными взглядами. В 1872 году Пулитцер купил две газеты в Сент-Луисе, объединил и усилил их. Его репутация была запятнана разоблачениями ряда коррумпированных групп, основанными на журналистских расследованиях.
В 1883 году он купил New York World и расширил свое присутствие. В этой газете, разоблачавшей деятельность мошенников государственного уровня, были и юмор, и реклама, и статьи, и рассказы.
Публичность окупилась, и к тому времени, когда Пулитцер придет к власти, 15 000-страничная газета будет напечатана и продана тиражом до миллиона экземпляров.
Но Иосиф недоволен своей тяжелой работой. Потому что в 1887 году, в разгар своей карьеры, он почти полностью потерял зрение и был вынужден уйти с поста главного редактора.
Джозеф Пулитцер, умерший в 1911 году, оставил свое состояние в 2 миллиона долларов Колумбийскому университету, чтобы основать Школу журналистики. Не случайно самой престижной наградой в области журналистики является именно его номинация.
Есть также люди, полностью или частично потерявшие зрение, такие как Галилео Галилей, Клод Моне, Николай Лобачевский, Харриет Табман, Хелен Келлер, Стиви Уандер, также вписавшие свои имена в историю человечества.

Аброр Зохидов

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Zebiniso

    :twisted:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: