Bezovta ruh, xoʻrlangan mayit — oʻz oʻgʻlini oʻldirib yertoʻlaga koʻmib qoʻygan ota haqida

Bezovta ruh, xoʻrlangan mayit — oʻz oʻgʻlini oʻldirib yertoʻlaga koʻmib qoʻygan ota haqida

Dunyoning ishlaridan gohi yoqa ushlasang, gohida yoqangni topolmay qolishing hech gap emas. Boisi insoniyat shu qadar qabihliklarga qodir boʻlib ketdiki, aqlingga sigʻdirishing amri mahol.
Oila odamzot uchun bebaho, farzand esa umrning oltin neʼmati. Ertangi kunning maqsadi, mazmuni va saodati. Lekin ana shu boyligu borliq mavhumlikda,bosilayotgan qadam qayerga tushishini bilmaydigan darajada ayanchli muhitga oʻralib qolgan oilalar ham borki, (agar oila deyish joiz boʻlsa) afsus…
Balki oʻsha qoʻrgʻonlar yer yuzidagi eng xosiyatsiz, xayrsiz, eng yomon joylardir. U yerdagi odamlar eng baxtsiz, laʼnatlangan, balo-qazolardir.
Toshkent shahrida sodir boʻlgan mudhish voqea tafsiloti bilan tanisharkansiz, koʻnglingizdagi bu kabi oʻylar tilingizga koʻchmay qolmaydi. Ammo nadomatga taskin topish amri mahol. Gʻisht qolipdan koʻchgan bir inson hayoti boy berilgan, birisi esa umrbodlik tavqi laʼnatga roʻbaroʻ. Ayanchlisi esa ularning biri farzand, ikkinchisi esa padar atalmish edi.
Dastavval Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan ota bir yilda “Amnistiya toʻgʻrisida”gi Farmonga asosan ozod qilingandi. Bilganida, bu unga berilgan katta imkoniyat edi. Ayoli vafot etgan, birgina oʻsmir oʻgʻli bilan halol ishlab, farogʻatda yashashi uchun qaytarilgan ozod hayot edi. Ammo u bunday qilmadi.
Ota-bola ikkisi ham ichishga ruju qoʻyishgandi.
Otaning ikkinchi bor bir ayolni uyga olib kelishi bilan goʻyo oradagi rishta uzoqlashdi. Oʻgʻil otasini uylanishini istamas, hech bir ayolni onasining oʻrniga qoʻyolmasdi, balki. Hovlidagi muhit bu ayolni ham koʻpga qoʻymadi. Ketdi.
Ammo ota-bola orasi sovusa sovidi-ki ilimadi. Ha, oilada yana bir farzand — qiz boridi. Yaxshiyamki, rahmatli ona uni uzatishga ulgurgandi. Aka ichib olib unga telefon qilar, siqilayotgani, qiynalayotgani, otasi bilan chiqisha olmayotganidan yozgʻirib yigʻlardi.
— Yaxshiyam sen erga tegib ketgansan, men nima boʻlishimni bilmayman, — derdi u.
2018-yil hayit bayrami edi. Mirpoʻlat (ism-shariflar oʻzgartirilgan) oʻsha kuni singlisini koʻrgani boradi.
— Yana urush-janjalmi? – ichidagi iztirob, ogʻriqni yashirolmay akasining koʻkargan yuzlariga boqdi Nazira.
— He, qoʻyaver, oxiri bir joyda toʻxtar, sen oʻzingdan gapir, tuzukmisan?
— Tuzukman…
Oʻshanda Nazira akasini soʻnggi bor koʻrayotganini hayoliga keltirmagandi albatta.
Balki, Mirpoʻlat ham, hatto ota — Mirahmad ham oʻylamagandir bu haqda. Ammo har gal bolasini kaltaklaganda “Bir kun seni quritaman! Oʻldiraman, qutulaman!”, deya qaytarardi.
Oʻsha kuni esa… Goʻyo u uchun qulay fursat boʻladi.
2018-yil 27-avgust. Yana ichkilikdan alam olgan Mirpoʻlat uyga kelib uyquga ketadi. Ishdan kelgan ota esa uning yotishini koʻriboq gʻashlanadi.
— Eshakday ichibsan-da!
Bola qattiq uxlagandi. Javob boʻlmaydi. Ota esa uni sudragancha hovliga olib chiqadi. Chindan ham koʻp ichganidanmi, yoki gʻaflat balosimidi-ki, bola shunda ham uygʻonmaydi. Ota hovlida yotgan ketmon dastasini olib uning toʻgʻri kelgan joylariga bor vajohati, kuchi bilan ura ketadi. Salgina ingroq tovushini eshitib, jahldan tushish, biroz oʻziga kelish uchun hammomga kirgan Mirahmad yuz-qoʻlini yuvib chiqadi. Qarangki, qarshisida yotgan bolasi emas, yuz yillik dushmanidek yana koʻziga vajohat toʻladi va temir karavot tagida yotgan boshqa bir ketmon dastasini olib qilmishini davom ettiradi. Charchab, holdan toyguncha, balki xumordan chiqqunicha doʻpposlab uyiga kirib ketadi. Bu paytda Mirpoʻlat qaro qoniga botib borardi.

— Oshxonada oʻzim uchun taom tayyorladim, ovqatlandim, keyin uxlab qolibman… (Otaning suddagi koʻrsatmasidan).

Hovlida bola jon talvasasida… U qanday ota ekanki, tomogʻidan ovqat oʻtib, halovatda uyquga ketsa!
28-avgust tongi bu hovlida aza kuni edi. Ammo hech kim aza ochmadi. Koʻzlarini arang ochib chiqqan ota oʻgʻlining qoʻllarini kelib ushladi. Goʻyo sovuq urgandek muzdek edi. Yuzi, koʻksini ushlab koʻrdi. Fahmi yetdi. U bolasini oʻldirib qoʻygandi.
Yigirmaga toʻlgan, bir oilani guldek yashnatadigan, baxtiyor etadigan navqiron yigit shu tariqa juvonmarg boʻlgandi.
Mirahmad murdani yoʻqotishga ahd qiladi va uyining yertoʻlasiga ikki soatlar mobaynida chuqur kovlab bitiradi. Oʻzi yotgan uyning devoriga qoqilgan qizil duxobani olib chiqib mayitni oʻrarkan, uni yertoʻlaga sudrab kirib koʻmib tashlaydi.
5-sentyabr.
Shu kuni Mirahmadning ukasi Muxtor kelin tushiradi. Odatda Mirpoʻlat bunday davralardan qolmasdi. Qarindoshlarini yaxshi-yomon kunlarida doim birga boʻlardi. Shu boisdir uni soʻragan koʻp boʻldi. Mirahmad oʻgʻlini Toshkent viloyati Gʻazalkent shahriga ishlagani ketganini aytadi. Ammo qizi Naziraning bu gapga ishongisi kelmasdi. Chunki akasi qayerga bormasin, nimadir ish qilmoqchi boʻlsa ham singlisiga yorilardi avvalo. Tez-tez telefon qilib turardi. Oʻtayotgan vaqtlar esa uning koʻnglidagi xavotiri, yomon bir oʻyni kundan-kun oshirib borardi.
Oradan bir-bir yarim oy oʻtarkan, yertoʻladan kelayotgan badboʻy hid hovlini tuta boshlaydi. Bu eshikdan kirgan har qanday kishini shubhaga solishi mumkinligini oʻylagan Mirahmad yana bir ishni reja qiladi. U yertoʻlani qalin qilib sementlab ikki kun elektr pechi bilan quritadi va uyida boqayotgan quyonlarini shu yerga olib kelib qamaydi. Goʻyo yoqimsiz hid quyonlarga tegishli boʻlishi uchun.
Insoniyat jismi bilan ruhiyati orasida ilohiylik borligi chin. Ruh tanani tark etsayu, toki tinch boʻlmas ekan, tiriklar tinch boʻlmaydilar. Shu maʼnoda Naziraning halovati yoʻqolgandi. Uning tushlariga akasi, onasi kirar, akasi “meni qutqar”, deya yertoʻlani koʻrsatardi. Gohida esa otasini qoʻlida pichoq bilan akasining tobuti yonida koʻrardi. Shu holatda ham salkam bir yil yurdi. Uyiga kelganda ham koʻrgan tushlari esiga tushar, bir gal yuragi ortiga tortib yertoʻlaga qarab qoʻydi.
— Ota akam qayerda? Nega telefon qilmaydi? Men qoʻrqib ketyapman.
— Akang Rossiyaga ketibdi. Xat yozib tashlab ketibdi.
— Qani oʻsha xat? — shoshib qoladi Nazira.
— Yoqib yubordim.
Otasining oʻzini tutishi, yertoʻlaning sementlab qoʻyilgani, yana koʻrayotgan tushlaridan vahimaga tushgan Naziraning koʻngliga yomon oʻylar oʻrnashib olgandi.
U ketdi. Ammo Mirahmadning koʻngli besar, “Falonchining hadigi choʻpdan”, deganlaridek, qizini yertoʻlaga qarab qoʻygani yuragiga gʻulgʻula solgandi.
Ota uyidan kelgan Nazira togʻasining xotiniga koʻnglidagilarni sochib soladi. Ichini kemirayotgan dard, shubhalar va ularni “boqayotgan” ayrim narsalarni keltirib dod soladi. Shundan soʻng IIBga borib, akasining yoʻqolganligi, otasidan shubhasi borligi haqida ariza qiladi.
M. Asqarovni IIBga chaqirisharkan, u oʻzini qoʻyarga joy topolmay qoladi. Oʻsha kuni 2019-yil oktyabr oyining oʻrtalari edi. Mirahmad yertoʻladagi sementni koʻchirib u yerdan oʻgʻlining jasadini kavlab oladi. Oʻralgan duxoba allaqachon chirib ketgan, mayit ham bir ahvolda boʻlgani bois qisilib qolgan oyoqlarining toʻpigʻidan pasti uzilib tushib qoladi. Murdani tomga olib chiqib yashirgan M. Asqarov yertoʻlani tekislayotib uzilib qolgan barmoq, suyaklarni koʻrib qoladi va ularni ham bir sellofan xaltaga solib chiqadi.

— Mushuklar tortqilaydi, deb selofandagi boʻlaklarni koʻchaga, chiqindi tashlanadigan joyga olib borib qoʻydim. Erta sahar biron qabristonga olib borib koʻmmoqchi edim. Ammo ertalab chiqsam chiqindi tashish mashinalari kelib olib ketib qolibdi. (M. Asqarovning suddagi koʻrsatmasidan).

Olib borilayotgan tergov harakatlari M. Asqarovni tobora shoshirib borardi. U nima qilayotganini idrok etmas, yoki qilmoqchi boʻlganini uddasidan chiqolmas edi. Tomiga yashirgan oʻgʻlining jasadi bir kun uni oshkor qilishidan choʻchirkan, 2020-yil 14-fevral kuni yarim tunda turib uni qoʻshnining tomiga olib chiqib yashiradi.
Bu orada bolaning na Gʻazalkent, na Rossiyada emasligi aniqlanadi va M. Asqarov gumondor sifatida ushlanadi.
Qingʻir ishning qiyigʻi albatta chiqadi. Shu maʼnoda noshud, nobakor otaning qilmishi ham fosh boʻldi. 21-fevral kuni qoʻshni tomidan topilgan jasad goʻyo soʻzlagandek jinoyatni fosh etadi.
M. Asqarov qora kursida oʻtirarkan, koʻzlarining yoshi tiyilmaydi. Qaydam, bu pushaymonlikmi, bolaga ochilgan motammi yoinki, uvol ketgan umrlarga achinishmi…
Sud uni umring uzoq yillarini ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. Bu jinoyati uchun qonun oldidagi jazo. Ammo parokanda oila, xazon boʻlgan umr, otalik oldidagi vijdon azobi, jazosi hali oldinda. Nima boʻlganda ham inson edi u. Inson esa ana shu azob oldida ojiz, xolbuki buning sababchisi oʻzi!
Bu kabi qismat egasi boʻlib qolish esa dahshat! Ana shundan asranaylik, nafaqat oʻzimiz, atrofimizdagilar, mahalladoshlarimizni asraylik. Xolbuki, loqaydlik eng yomon illat, yuqoridagi kabi holatlar esa jamiyat uchun ogʻir yaradir.
Akrom ARIPOV,
Oliy sud bosh konsultanti.

Manba: XS.uz


Если вы поймаете ошейник мировых дел, иногда вы не сможете найти ошейник. Потому что человечество стало настолько способно на зверства, что это невозможно представить.
Семья бесценна для человечества, а ребенок – это золотое благословение жизни. Цель, содержание и счастье завтрашнего дня. Однако есть некоторые семьи, которые настолько застряли в такой неоднозначной среде, что не знают, куда будут предприняты шаги.
Возможно, эти форты — худшие, худшие, худшие места на земле. Люди там самые несчастные, самые проклятые, самые несчастные.
Когда вы будете читать подробности трагических событий, произошедших в Ташкенте, такие мысли будут приходить вам в голову. Но невозможно найти утешение в сожалении. Один человек потерял свою жизнь, когда он вышел из кирпичной формы, а другой был проклят на всю жизнь. К сожалению, одного из них назвали ребенком, а другого отцом.
Первоначально отца, приговоренного к 5 годам лишения свободы по статье 169(3)(г) УК РУз, освободили через год по Декрету об амнистии. Когда он узнал об этом, ему представилась отличная возможность. Это была свободная жизнь, в которой умерла его жена, а единственный сын-подросток вернулся к работе и жил в мире. Но он этого не сделал.
Оба родителя были зависимы от алкоголя.
Когда отец во второй раз привел женщину домой, связь, казалось, порвалась. Сын не хотел, чтобы отец женился, он не мог поставить ни одну женщину на место своей матери. Атмосфера во дворе ее тоже не слишком беспокоила. Он ушел.
Но холод между родителями и детьми длился недолго. Да, в семье есть еще один ребенок — девочка. К счастью, благодарная мать успела передать его. Ака пила и звала его, плакала и плакала, потому что он был в депрессии, от боли и не мог выйти с отцом на улицу.
«Ну, ты упал на землю, я не знаю, что произойдет», — сказал он.
В 2018 году был праздник Курбан-Байрам. Мирполат (имена изменены) в тот день поехал к сестре.
— Еще одна война? Назира уставилась на покрытое синяками лицо брата, не в силах скрыть боль.
«Эй, перестань, остановись где-нибудь, поговори сам с собой, ты в порядке?»
— У меня все нормально …
В то время Назира еще не подозревала, что видит своего брата в последний раз.
Может быть, ни Мирполат, ни его отец Мирахмад не думали об этом. Но каждый раз, когда он бьет своего ребенка, он говорит: «Однажды я тебя высушу! Я убью его и избавлюсь от него!»
И в тот день… Кажется, ему представится хороший случай.
27 августа 2018 г. Мирполат, снова страдая от алкоголизма, пришел домой и уснул. Отец, только что вернувшийся с работы, расстроился, увидев ее лежащей.
«Ты пил как осел!»
Мальчик крепко спал. Нет ответа. Папа тащит его во двор. То ли из-за того, что он слишком много выпил, то ли из-за невнимательности, мальчик все равно не просыпался.Отец взялся за ручку лежащего во дворе кетмона и изо всей силы ударил по ней. Мирахмад вымыл лицо и руки, когда услышал тихий стон и пошел в ванную, чтобы успокоиться. Смотри, не ребенок, лежащий перед ним, а его столетний враг, и он будет продолжать таскать очередную связку кетмона, лежащую под железной кроватью. Усталый и измученный, он входит в дом, бьется до тех пор, пока не запыхается. В этот момент Мирполат был залит черной кровью.

— Я готовил себе на кухне, ел, а потом заснул… (Из показаний отца в суде).

Во дворе мальчик в панике… Какой же он отец, если поест и заснет!
Утро 28 августа было на этом дворе днем ​​траура. Но никто не оплакивал. Отец, едва открыв глаза, подошел и взял сына за руки. Было холодно как холодно. Он коснулся ее лица и груди. Я понимаю. Он убил своего ребенка.
Молодой человек лет двадцати, тот, кто сделал семью процветающей и счастливой, таким образом, был подростком.
Мирахмад решает уничтожить труп и два часа копает его в подвале своего дома. Он вынул из стены дома, где лежал, красный бархатный ремешок, обмотал им труп, оттащил в подвал и закопал.
5 сентября.
В тот же день брат Мирахмад Мухтор бросает невесту. Обычно Мирполат не оставался в стороне от таких кругов. Он всегда был со своими родственниками в хорошие и плохие времена. Вот почему так много людей спрашивали его. Мирахмад говорит, что его сын уехал работать в Газалкент Ташкентской области. Но ее дочь Назира не хотела в это верить. Потому что куда бы ни пошел его брат, даже если бы он хотел что-то сделать, он первым сломил бы свою сестру. Он часто звонил. Шло время, его заботы и заботы росли.
Через полтора месяца вонь из подвала стала наполнять двор. Подумав, что он может заподозрить любого, кто войдет через эту дверь, Мирахмад затеял еще одну интрижку. Он зацементировал подвал толстым слоем, просушил его в электрической печи в течение двух дней и привез кроликов, которых держал в своем доме, в тюрьму. Как будто неприятный запах принадлежал кроликам.
Это правда, что между телом и душой человечества существует божественность. Пока душа покидает тело, если нет мира, живущие не будут в мире. В этом смысле удовольствие Назиры было потеряно. В его снах входили его брат и мать, а его брат указывал на подвал и говорил: «Спаси меня». Иногда он видел своего отца с ножом в руке рядом с гробом брата. На это дело тоже ушел почти год. Придя домой, он вспомнил свои сны, а однажды отдернул сердце и заглянул в подвал.
«Где мой отец и брат?» Почему он не звонит? Мне страшно.
«Ваш брат уехал в Россию». Он написал письмо и ушел.
«Где это письмо?» — поспешно сказала Назира.«Я сжег его».
У Назиры, напуганной поведением отца, цементированием подвала и своими снами, были в сердце дурные мысли.
Он ушел. Но сердце Мирахмада упало, когда он посмотрел на свою дочь в подвале, как говорится: «Шляпа такого-то сделана из соломы».
Назира, пришедшая из отчего дома, брызнула мыслями о дядиной жене. Оно кричит, гложет боль, сомнения и некоторые вещи, которые их «питают». Затем он пошел в отделение полиции, чтобы сообщить, что его брат пропал без вести и что у него есть подозрения насчет отца.
Когда М. Аскарова вызвали в РОВД, он не смог найти себе места для ночлега. Это была середина октября 2019 года. Мирахмад вытащил цемент из подвала и выкопал тело сына. Обернутый бархат уже прогнил, и труп был в таком же состоянии, так что свалился с щиколоток его ног. М. Аскаров, вынесший труп с крыши и спрятавший его, при разравнивании подвала увидел сломанный палец и кости и положил их в целлофановый пакет.

«Кусочки целлофана я вынесла на улицу, на свалку, потому что их будут тянуть кошки». Рано утром я хотел отвезти его на кладбище и похоронить. Но когда я вышел утром, приехали мусоровозы и забрали меня. (Из показаний М. Аскарова в суде).

Следствие торопил Аскаров. Он не знал, что делал, или не мог делать то, что хотел. Опасаясь, что тело его сына, которое он спрятал на крыше, однажды обнаружится, он встал в полночь 14 февраля 2020 года, отнес его на крышу соседа и спрятал.
Между тем было установлено, что ребенка не было ни в Газалкенте, ни в России, а М. Аскарова задержали в качестве подозреваемого.
Конечно, трюк сработает. В этом смысле были разоблачены и действия невежественного отца. Тело, найденное на соседней крыше 21 февраля, как бы раскрывает преступление.
М. Аскаров сидит в черном кресле, глаза его полны слез. Нет, то ли раскаяние, то ли скорбь по ребенку, то ли скорбь об ушедших жизнях…
Суд приговорил его к многолетнему заключению. Это наказание перед законом за преступление. Но разбитая семья, жизнь хазона, муки совести перед отцом, наказание еще впереди. Ведь он был человеком. Человек беспомощен перед лицом этого страдания, хотя он и является его причиной!
Ужасно иметь такую ​​судьбу! Давайте беречь себя, давайте беречь не только себя, но и окружающих, ближних. Однако равнодушие — худшее зло, и такие случаи — серьезная проблема для общества.
Акром АРИПОВ,
Главный консультант Верховного суда.

Источник: XS.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: