Boshlang‘ich sinflarda bayon va insho yozishga o‘rgatish

Boshlang‘ich sinflarda bayon va insho yozishga o‘rgatish

Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘ginlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.

Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda , Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelgan o‘gil – qizlarimiz amal qilishlarini men juda –juda istardim. Mana, ulug‘ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib horlikka tushushi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota –onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq. ” Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmini o‘sishi ham, rivojlanishi ham, pisixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar.
Ona tili – nutq o‘qish va yozish sohasidagi ko‘nikma va malakalar o‘quvchilar o‘quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o‘qish ko‘nikmalarini egallash bilan, birinchi navbatda o‘z ona tilisini o‘rganishi zarur. Chunki ona tili bilimdonlik, aql-idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarning vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o‘rganiladi, demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg‘otishda ham alohida rol o‘ynaydi. Ona tili darslarida bog‘lanishli nutqqa doir yozma ishlar diafilmlar asosida o‘tkazilsa, eng avvalo manzara asosida o‘quvchilar ijodiy misol o‘ylab topadilar. So‘ngra bir – biriga bog‘liq gaplar topishga o‘tadilar . Masalan: Bahor fasli boshlandi, Bahor kelishi bilan havo iliy boshlaydi, qorlar eriydi. Tabiat ko‘rkamlashadi. Qushlar uchib kela boshlaydilar . Yuqoridagi kabi bir – biriga bog‘liq gaplar topish o‘quvchilar tomonidan “Bahorning boshlanishi” degan mavzuda yoziladigan ijodiy insholarga zamin hozirlaydi. O‘quvchilarning fikrlash va nutq malakalarini o‘stirish uchun teleeshittirish va telefilmlar, ayniqsa ko‘p material beradi. Teleeshittirishlar ona tili va rus tili, ona tili va chet tillari, til va adabiyot fanlari orasidagi aloqani yanada yaxshiroq ochishga imkon beradi.
To‘la savodxonlikka erishishning muxim omillaridan biri, o‘quvchilar nutq madaniyati ustida ishlash, ularni og‘zaki va yozma nutqlaridagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatishdan iborat . Shuning uchun 1-4 – sinf o‘quvchilariga dars berish jarayonida bir turdagi yozma ishlar bilan chegaralanib qolmay, balki yozma ishning barcha turlari ustida mashg‘ulot olib borish, o‘quvchilarda fikrni keng ko‘lamda va xilma – xil ravishda bayon eta bilish qobiliyatini o‘stirish lozim. Yozma ish turlaridan biri bayondir. Bayon o‘qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng yozma ravishda qayta hikoyalashdir.
Bolalarning nutq madaniyati ustida ishlash ularning og‘zaki va yozma nutqidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va to‘la savodxonlik uchun kurashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun davlat ta’lim standartlari talabiga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda yozma ishning bayon turidan foydalanish, o‘quvchilarning fikrini keng ko‘lamda ifoda etish qobiliyatini o‘stirishda katta yordam beradi.
Boshlang‘ich ta’lim ona tili fanining “Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish” dasturiga ko‘ra, o‘qituvchi yordamida kichik yoshdagi o‘quvchilarni mos ravishda namuna asosida matn tuzish va lug‘aviy- imloviy tayyorgarlikdan so‘ng bayonga oid mashqlarni bajarishga o‘rgatib boriladi. Boshlang‘ich sinflarda bayon ta’limiy xarakterga ega. Bayon yozma ish turi sifatida bolaning ta’lim va tarbiyasi, aqliy hamda nutqiy rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi
Birinchi sinfda bayon yozish murakkablik qiladi. Birinchi sinf dasturiga ko‘ra, matnni qayta hikoyalash mashqlari berilmaydi. Faqat aniq bir mavzuda rasmlarga qarab gap va kichik hikoya tuzish (inshoga tayyorgarlik mashqlari) o‘rganiladi. Tayyorgarlik mashqlarini o‘tkazish o‘quvchilarda sodda gap ko‘nikmasini hosil qiladi. O‘quvchilar gapda so‘zlarning tartibini, gap oxirida nuqta qo‘yishni, bir gapni ikkinchi gapdan ajratishni o‘rganadilar. Shuning uchun birinchi sinf o‘quvchilari o‘qiganlarini mukammal bayon qila olmaydilar. Shuning uchun matn mazmuniga mos savollar beriladi.
Ikkinchi sinfda o‘quv yili boshida birinchi sinfdagidek, keyinroq o‘qituvchi rahbarligida hajmi uncha katta bo‘lmagan (40-50 so‘zli) matnlardan savollar yordamida bayon yozishga o‘rgatish tavsiya etiladi. O‘qituvchining oldida ikkinchi sinf o‘quvchilarini berilgan tayyor reja asosida bayon yozishga o‘rgatish vazifasi turadi. O‘quvchilar yozuv taxtasiga yozilgan savollarni to‘g‘ri o‘qishi va ularni ma’nosini tushunishi, rejadagi savolga aniq javob berishi qayta hikoyalashda va yozma bayonda o‘zining javoblarini rejadagi savollar tartibida berishi lozim. 3-4 sinflarda lavhalar yoniga tasviriy vosita elementlari qo‘shiladi, gaplarda turli sintaktik uslublar qo‘llaniladi. Bayon yozish jarayonida o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, taqqoslash, tahlil qilish kompitensiyasi shakllanadi, ko‘rgan narsalari va o‘qigan kitob, ertak, hikoyaga tog‘ri baho berish malakasi oshadi.
Bayon yozishga o‘rgatishda quyidagi uslublardan foydalanishni samarali deyish mumkin:
— Matnni ifodali, tasvirli qilib berish va so‘zlatish
— Bayon rejasi ustida ishlash
— Matnda uchragan qiyin so‘zlarning ma’nosi va imlosini tushuntirish
— Matnni qayta o‘qib berish va 3-4 o‘quvchiga reja asosida hikoya qildirish
Har bir o‘quv mashg‘uloti, jumladan bayon va insho yozish ham ijodiy mehnatni talab qiladi. Mehnat esa doimiy harakat, aqliy izlanishda namoyon bo‘ladi. Ana shu talablarga rioya qilgan o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, so‘z va material tanlash va to‘plash, ularni mantiqiy jihatdan o‘zaro bog‘lash, tasniflash, imloga e’tibor berish qobiliyati tez rivoj topadi, mehnat intizomi tarbiyalanadi.
3- sinfda yoziladigan hamma bayonlarni, asosan ikki turga bo‘lish mumkin. Birinchi turi o‘qituvchi tavsiya qilgan tayyor reja, ikkinchi turi esa o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar bilan hamkorlikda tuzilgan reja asosida yoziladi. O‘qituvchi taqvim reja tuzishdan oldin matnlarni tanlaydi. Matndagi so‘zlar, gaplar ona tilidagi qaysi mavzuga ko‘proq mos ekanligini ham aniqlaydi. Dastlabki bayonlarga tayyorgarlik ko‘rishda o‘quvchilarni matnni qismlarga bo‘lib gapirtirishga ko‘proq e’tibor berish kerak va reja savollariga sodda gaplar bilan to‘g‘ri javob olishga erishish lozim. Shu bilan birga, bayonga puxta imloviy tayyorgarlik ko‘riladi. Bu bayon darsning o‘zida va oldingi ona tili darslarida huddi ikkinchi sinfdagidek olib boriladi.
4-sinfda bayon ustida ishlash asta-sekin murakkablashib boradi. Bu murakkablik shundan iboratki, o‘quvchilarning o‘zlariga reja tuzish o‘rgatiladi.Hatto o‘quvchilar o‘zlari mustaqil tuzgan reja asosida bayon yozadilar. Bunda o‘qituvchining vazifasi – o‘quvchilarni matinni qismlarga bo‘lib o‘qishga o‘rgatishdan iboratdir. To‘plamda reja ustida jamoa bo‘lib ishlash uchun matn berilgan. Bu ish uchinchi sinfda olib borilgan metodik usillar va yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Bular so‘z bilan tasvirlash, Matnni qismlarga bo‘lish o‘qituvchi bergan sarlavha asosida,]o‘quvchilar daftarlaridagi matnni qismga bo‘lish, tanlab hikoya qilish yoki qayta tanlab hikoya asosida qismga ajratishdan iboratdir. To‘rtinchi sinfda bayon rejasini jamoa bo‘lib tuzish, asosan, o‘quvchilarning mustaqilligini oshirishga qaralgan. Birinchi yarim yil oxiriga borib o‘quvchilar o‘zlari mustaqil reja tuzishlari va matnning keng mazmunini bayon qila olishlari ko‘zda tutilgan.
3-4 sinf o‘quvchilari mustaqil respublikamizda har sohada erishgan yuruqlar, buyuk ajdodlarimiz hayoti haqidagi mavzularda ham insholar yozishlari mumkin. Odamlar tomonidan qilingan yaxshi va ezgu amallar, ekologiya, atrof-muhitni asrash; fan, texnika va madaniyat yutuqlari, mehr-oqibat,sadoqatlik kabi insoniy qadriyatlar namoyon bo‘lgan yuksak g‘oyali matnlar va hokazo. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytiradi. O‘quvchilarning yozma nutq malakalarini rivojlantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, bayon va inshoning yozilishida samaradorlikka erishish uchun eng yaxshi vosita – kitob o‘qishga qiziqtirib, so‘z boyliklarini oshirib borishi kerak.

Ismailova Zarina, Xorzam viloyati Yangibozor tumani 16- son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi


Своим приоритетом мы считаем совершенствование работы всех уровней системы образования в соответствии с современными требованиями.
Говоря о воспитании подрастающего поколения, мне бы очень хотелось, чтобы каждый из нас, особенно наши уже родившиеся сыновья и дочери, следовал этим идеям нашего деда Абдурауфа Фитрата. Вот что писал наш великий предок: Быть порабощенными и порабощенными зависит от того воспитания, которое они получили в детстве от своих родителей. «Важно правильно подходить к воспитанию детей, знать и учитывать особенности разных этапов развития ребенка, чтобы успешно его обучать. Это связано с тем, что рост, развитие и умственное развитие детского организма будут различаться в разном возрасте. О необходимости воспитания ребенка говорили также Абу Али Ибн Сина, Ян Амос Коменский, К.Д.Ушинский, Абдулла Авлони.
Родной язык – навыки и компетенции в области чтения и письма являются необходимым условием и средством обучения студентов. Когда ребенок осваивает навыки чтения, он или она должны сначала выучить свой родной язык. Потому что родной язык – это ключ к знаниям, к пониманию. Родной язык является инструментом других наук, как история общества, так и естественные науки изучаются с помощью родного языка, а значит, родной язык играет особую роль в общем развитии ребенка, а также в стимулировании познания и работа. При проведении письменной работы по родственной речи на уроках родного языка на основе диафильмов в первую очередь учащиеся придумывают творческий пример на основе пейзажа. Затем они переходят к поиску связанных предложений. Например: Началась весна, с приходом весны начинает прогреваться воздух, тает снег. Природа прекрасна. Птицы начинают летать. Нахождение родственных предложений, как указано выше, открывает путь к творческим сочинениям, написанным учащимися на тему «Начало весны». Передачи и телефильмы, в частности, дают много материала для развития навыков мышления и говорения учащихся. Телевизионные передачи обеспечивают лучшее понимание взаимоотношений родного и русского языков, родного языка и иностранных языков, языка и литературы, своевременное выявление и исправление. Поэтому в процессе обучения учащихся 1-4 классов не только одному виду письменной работы, но и обучению всем видам письменной работы следует воспитывать умение учащихся широко и разнообразно излагать мысли. Одним из видов письменной работы является заявление. Высказывание представляет собой пересказ содержания прочитанного после некоторой подготовки образца текста. Работа над культурой речи детей является одним из важных факторов в своевременном выявлении недостатков в их устной и письменной речи и в борьбе за полную грамотность. Поэтому в соответствии с требованиями государственных образовательных стандартов использование письменных форм письменной работы в начальных классах способствует развитию умения широко выражать мысли учащихся.По программе «Фонетика, грамматика, орфография и речь развитие», с помощью учителя младших школьников учат составлять примерный текст и выполнять повествовательные упражнения после лексической и орфографической тренировки. В начальной школе постановка носит воспитательный характер. Как вид письменной работы высказывание играет важную роль в обучении и воспитании, умственном и речевом развитии ребенка. По программе первого класса упражнения по пересказу текста не даются. Только по конкретной теме будет изучаться предложение и повествование (упражнения для подготовки эссе) по картинкам. Проведение подготовительных упражнений развивает у учащихся простые разговорные навыки. Учащиеся усваивают порядок слов в предложении, ставя точку в конце предложения, отличая одно предложение от другого. Вот почему первоклассники не могут идеально описать то, что они читают. Поэтому вопросы задаются по содержанию текста.Во втором классе в начале учебного года, как и в первом классе, рекомендуется учить писать высказывание, используя вопросы из небольших текстов (40-50 слов) под руководством учителя. Перед учителем ставится задача научить второклассников писать сочинения по заданному готовому плану. Учащиеся должны правильно прочитать написанные на доске вопросы и понять их смысл, дать четкий ответ на вопрос плана, а в пересказе и письменном изложении дать свои ответы в порядке следования вопросов плана. В 3-4 классах рядом с табличками добавляются изобразительные средства массовой информации, а в предложениях используются разные синтаксические приемы. В процессе написания рассказа у учащихся развивается компетенция наблюдения, сравнения, анализа, умение точно оценивать увиденное и прочитанное в книге, сказке, рассказе. значение и написание сложных слов в тексте- Перечитайте текст и расскажите рассказ 3-4 ученикам по плану. Каждое занятие Написание сочинений и рефератов требует также творческой работы. Труд же есть постоянное движение, проявляющееся в умственном исследовании. Учащиеся, отвечающие этим требованиям, смогут самостоятельно мыслить, подбирать и собирать слова и материалы, логически связывать их, классифицировать, обращать внимание на орфографию, развивать трудовую дисциплину.Все высказывания, написанные на уроке, могут быть в основном двух типов. Первый тип пишется на основе готового плана, рекомендованного преподавателем, а второй тип пишется на основе плана, разработанного совместно со студентами под руководством преподавателя. Учитель выбирает тексты перед созданием календарного плана. Слова в тексте также определяют, какая тема на родном языке является наиболее подходящей. При подготовке исходных утверждений учащиеся должны больше внимания уделять проговариванию текста частями и получать правильные ответы на вопросы плана простыми предложениями. При этом готовится тщательная орфография высказывания. Это сочинение преподается на уроках и на предыдущих уроках родного языка так же, как и во втором классе.В 4 классе работа над сочинением постепенно усложняется. Сложность в том, что студентов учат строить собственные планы, даже студенты пишут сочинения, исходя из своих планов. Задача учителя состоит в том, чтобы научить учащихся читать текст частями. В комплект входит текст для совместной работы над планом. Данная работа проводится в третьем классе методическими методами и способами. К ним относятся словесное описание, разбиение текста на части на основе названия, данного учителем,] разделение текста в тетрадях учащихся на части, выбор рассказа или повторный выбор рассказа на основе рассказа. В четвертом классе разработка плана высказывания в коллективе в основном направлена на повышение самостоятельности учащихся. К концу первой половины года учащиеся смогут строить собственные планы и описывать широкое содержание текста. Добрые и благородные дела людей, экология, защита окружающей среды; высокие идеологические тексты, в которых проявляются такие общечеловеческие ценности, как достижения науки, техники и культуры, доброта, преданность и т. д. Это, в свою очередь, расширяет знания и кругозор учащихся. Лучшим средством развития у учащихся навыков письменной речи, формирования культуры речи, результативности в написании рефератов и сочинений является повышение их интереса к чтению и словарного запаса.
Исмаилова Зарина, учитель начальных классов 1 категории, общеобразовательная школа №16, Янгибазарского района, Хорзамской области

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 9
  1. Nilufar

    :idea: :idea: :idea: :idea: :idea:

  2. Аноним

    :idea: :idea: :idea: :idea:

  3. Аноним

    :evil: :evil: :idea:

  4. Muhtarama

    Chumchuq haqida bayon yozish
    4- sinf ona tili 104-mashq
    41-42-betlar

    1. Savol 3 sinif necha matin bayon bor

      ;-)

    2. Savol 3 sinif necha matin bayon bor

      ;-)

  5. Shukuroña

    :lol: :cry:

  6. salam

    :idea: :idea: :grin: :grin: :grin: :grin: :grin: :o :evil: :arrow: :roll: :o :grin: :grin: :grin: :grin: :idea: :idea: :idea:

  7. shakerezada

    bu dustlik haqida bayon buldimi endi bir kalangizni ishlating :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :?: :evil: :evil: :evil: :evil: :evil: :evil: :evil: :evil: :evil: :evil: :evil:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: