13-Noyabr — Xalqaro ko‘zi ojizlar kuni

Valentin Gayui

Valentin GayuiFransiya va Rossiyada ko‘zi ojizlar uchun birinchi o‘quv yurtlari asoschisi, mashhur pedagog Valentin Gayuining tug‘ilgan kuni shu sana bilan bog‘liq.

Valentin ko‘zi ojizlar uchun ta’lim tizimini joriy etibgina qolmay, mehnat reabilitatsiyasi orqali ularning oddiy insonlar qatori ijtimoiy mavqeini ko‘tarilishiga, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga erishdi.
Valentin Gayui 1745-yil, 13-noyabrda Fransiyada, Amyen shahri yaqinidagi Sen-Just qishlog‘ida, kambag‘al frantsuz dehqon-to‘quvchisi oilasida tug‘ilgan. U g‘ayrioddiy tarzda chet tillarni osonlik bilan o‘zlashtirib olar va bu uning asosiy ustunliklaridan biri edi. Valentin moliyaviy va ijtimoiy qiyinchiliklarga qaramay poytaxtda oily ta’limda o‘qishga muvaffaq bo‘ladi va hatto tashqi ishlar vazirligida tarjimon sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. U jonli yevropa tillaridan tashqari lotin, yunon, ibroniy tillarini bilar, bir necha sharqiy tillarni o‘qiy olardi. U daromadi barqarorlashganidan so‘ng uylanib bir qiz va o‘g‘il farzandli bo‘ladi.
Valentin Gayui 39 yoshida 1984-yil hukumat va xususiy jamg‘armalar yordamisiz shaxsiy mablag‘lari hisobiga o‘z uyida o‘qituvchi bo‘lib ko‘zi ojiz bolalar uchun dunyodagi birinchi maktabni ochadi. Maktabning nomi “Mehnatkash ko‘zi ojizlar ustaxonasi” bo‘lib uning ilk o‘quvchisi sifatida cherkov ayvonidagi bola Fransua de Lezyuer tanlab olingan. Shundan so‘ng maktabga Fransuaning 11 nafar qarovsiz tengdoshlari qabul qilindi. Bunga qadar dunyoda ko‘zi ojizlar uchun maktab yo‘q edi. Valentin bolalarni o‘qitishda o‘zi ishlab chiqqan bo‘rtma-chiziqli shrift “Unisial” dan foydalandi. Bu yozuv harflari qalin qog‘ozga sitib bo‘rtma shaklda yozilgan. Tinib-tinchimas Gayui moddiy qiyinchiliklarga qaramay maktab qoshida bo‘rtma-chiziqli shriftga asoslangan tipografiya ochdi va bir necha kitoblar chop ettirdi. Albatta bu ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan ilk kitob namunalari edi. Mazkur kitoblardan 6 nuqtali brayl yozuvi paydo bo‘lgunga qadar foydalanilgan. Gayui o‘qitish bilan bir qatorda ko‘zi ojizlar uchun asboblar yasar va bu hunarga shogirdlarini ham o‘rgatar edi. Valentinning faoliyati Rossiya imperiyasida ham e’tirof etiladi va imperator Aleksandr I tomonidan unga taklif yuboriladi. Taklifga binoan Gayui Rossiyaning o‘sha vaqtdagi poytaxti Sankt-Peterburgda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun o‘quv-tarbiyaviy muassasini tashkil etishi va yuritishi kerak edi. Pedagog 1806-yilning sentabrida peterburg shahriga keladi. U o‘qituvchilar topib maktab faoliyatini boshlamoqchi bo‘lganda Rossiya imperiyasi ta’lim vazirligi tomonidan “Bizda ko‘zi ojiz bolalar yo‘q” mazmunidagi xat oladi va shundan so‘ng bor e’tiborini talabalarga qaratadi. Valentin ularning ko‘p qismini miskinlar uyi yaqinida uchratadi. Gayui talabalarga saboq beribgina qolmay ularni moddiy jihatdan o‘z hisobidan ta’minlar edi. Aleksandr I taklifidan to‘rt yil o‘tib 1807 yilda imperator Sankt-Peterburg institute ko‘zi ojiz ishchilarining nizomi, shtatlari va byudjetini tasdiqlaydi. Bu rus ta’lim muassasalarida ko‘zi ojizlar uchun baza tashkil etilgan ilk sana edi. Talabalar institutda yaxshi sharoitda ta’lim olar ekan, o‘qish, yozish, hunarli bo‘lish kabi katta orzulariga yetib har qanday qiyinchiliklarga qarshi matonat bilan kurashishni o‘rgandilar. 1808-yilning yozida rasmiy shaxslar institutda tekshiruv o‘tkazib ta’lim dargohida ko‘zi ojiz talabalar o‘qish, yozish, geografiya, tarix, til, musiqa, qo‘shiq ilmini, hunarmandchilik yo‘nalishida savat to‘qish, kashtachilik, stul va yashik yasash kabi sohalarni puxta o‘zlashtirayotganliklarini qayd etadilar. 72 yoshida Valentin Gayui istefoga chiqadi va Rossiyani tark etadi. U 1822-yilning 19-martida vafot etadi va Fransiyadagi Per-Lashez qabristoniga dafn etiladi.
Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti Valentin Gayuining ulkan xizmatlarini inobatga olib u tug‘ilgan sana 13-noyabrni xalqaro ko‘zi ojizlar kuni deb e’lon qilgan. Ushbu sanada dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan va yaxshi ko‘rmaydigan insonlarga bag‘ishlab tadbirlar tashkil etiladi.


С этой датой связан день рождения известного педагога Валентина Гаюи, основателя первых учебных заведений для слепых во Франции и России.

Валентин не только ввел систему образования для слепых, но и через трудовую реабилитацию смог поднять их социальный статус как простых людей и найти свое место в обществе.
Валентин Гаюи родился 13 ноября 1745 года в деревне Сен-Жюст, недалеко от Амьена, Франция, в бедной семье французского крестьянина-ткача. Он необычайно свободно владел иностранными языками, и это было одним из его главных достоинств. Несмотря на материальные и социальные трудности, Валентин успевает получить высшее образование в столице и даже работает переводчиком в Министерстве иностранных дел. Помимо живых европейских языков, он знал латинский, греческий, иврит и несколько восточных языков. Когда его доход стабилизируется, он женится, у него рождаются дочь и сын.
39-летний Валентин Гаюй открыл первую в мире школу для слепых детей в 1984 году в качестве домашнего учителя за свой счет без помощи государства и частных фондов. Школа называлась «Мастерская рабочих слепых», и ее первым учеником был Франсуа де Лезюр, ребенок на крыльце церкви. С тех пор в школу поступили одиннадцать заброшенных сверстников Франции. До сих пор в мире не было школы для слепых. Валентин использовал разработанный им жирный шрифт Unisial для обучения детей. Буквы выдавлены на плотной бумаге. Несмотря на свои финансовые трудности, Гаюи открыл в школе типографию и издал несколько книг. Конечно, это были первые образцы книг для слепых. Эти книги использовались до появления 6-точечного шрифта Брайля. Помимо обучения, Гаюи делал инструменты для слепых и обучал этому ремеслу своих учеников. Деятельность Валентина получила признание и в Российской империи, и он был приглашен императором Александром I. Согласно предложению, Гаюй должен был создать и содержать учебное заведение для слепых и слабовидящих в Санкт-Петербурге, тогдашней столице России. Просветитель приехал в Петербург в сентябре 1806 года. Когда он пытается найти учителей и открыть школу, он получает письмо от Министерства образования России, в котором говорится: «У нас нет слепых детей», и затем обращает свое внимание на учеников. Валентин встречает многих из них возле дома бедняка. Гаюи не только обучала студентов, но и обеспечивала их финансово. В 1807 г., через четыре года после предложения Александра I, император утвердил устав, штаты и бюджет слепых рабочих Петербургского института. Впервые в российских учебных заведениях была создана база для слепых. Учась в институте в хороших условиях, студенты осуществили свои заветные мечты: научились читать, писать, стать профессионалами, научились стойко переносить любые трудности. Летом 1808 года чиновники осмотрели институт и обнаружили, что слепые студенты могут заниматься, писать, географией, историей, языком, музыкой, песнями, плетением корзин, вышивкой, отмечают, что они досконально осваивают такие области, как изготовление стульев и ящиков. В возрасте 72 лет Валентин Гаюй подал в отставку и уехал из России. Он умер 19 марта 1822 года и был похоронен на кладбище Пер-Лаше во Франции.
Всемирная организация здравоохранения объявила 13 ноября Международным днем ​​слепых благодаря огромным заслугам Валентина Гаюи. В этот день во многих странах мира устраиваются мероприятия для людей, потерявших зрение и не любящих этого.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: