Direktorning 20 soatdan ortiq dars bermayman deyishi to’g’rimi?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lash to’g’risida nizomning 18-bandiga ko’ra alohida hollarda xalq ta’limi muassasalarida xodimning roziligi bilan kasblar (lavozimlar)ni birga qo’shib olib borishga, shuningdek o’zining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha bo’lmagan xodimlarning vazifalarini bajarishga yo’l qo’yiladi.

Bunda lavozimlarni birga qo’shib olib borish bo’yicha ish vaqtining jami davom etishi yillik jami 1548 soat ish vaqtining 50 foizidan, ya’ni yil mobaynida 774 soatdan ortiq bo’lishi mumkin emas. (ya’ni bir o’qituvchiga 30 soatgacha dars berish mumkin)

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to’g’risida nizom” ilovasining 6-bandiga muvofiq umumta’lim maktablari o’qituvchilarining aynan shu muassasada belgilangan mehnat normasidan ortiq bo’lgan, lekin ushbu ish turi bo’yicha ish vaqti normal davomiyligining 50 foizidan ko’p bo’lmagan ishi o’rindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydi hamda ular mehnatiga tasdiqlangan tarifikasiya asosida haq to’lanadi.

Unday bo’lsa nega maktab direktori 20 soatdan ortiq dars bermasligi mumkin?

Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, maktab direktori mansabdor shaxs sifatida maktabdagi bo’sh ish o’rinlarini (vakant lavozimlarni) mahalliy mehnat organiga (mehnat birjaga) taqdim etib borishi lozim.

Masalan, ona tili va adabiyot fanidan jami 68 soat soat mavjud deylik va dars soatlari:
1-o’qituvchiga: 20 soat
2-o’qituvchiga: 21 soat
3-o’qituvchiga: 27 soat miqdorda taqsimlangan bo’lsa bunday holatda 2-o’qituvchining 1 soat 3-o’qituvchining 7 soati ortiqcha dars soati hisoblanib, jami 8 soatni maktab direktori mehnat bo’limiga bo’sh ish o’rni sifatida taqdim etishi, shu 8 soat uchun biron fuqaro ish so’rab kelsa, maktab direktori ushbu fuqaroga ish berishga majbur hisoblanadi.

Maktab xodimlarini ortiqcha dars soati bilan ta’minlash maqsadida bo’sh ish o’rinlarini yashirib turish mumkinmi?

Bunday vaziyatda maktab direktori «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi Qonunni buzgan hisoblanadi va ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu qonunga muvofiq bo’sh ish joylari (vakant lavozimlar) bor-yo’qligi to’g’risidagi ma’lumotlarni, oldindan (kamida ikki oy oldin) mahalliy mehnat organiga mo’ljallanayotgan ishdan ozod qilishlar to’g’risidagi axborotlarni bo’shab qoladigan har bir xodimni ko’rsatgan holda taqdim etishga majburdir.

Maktab direktori axborotni o’z vaqtida taqdim etmasa va bo’sh ish joylarini (vakant lavozimlarni) yashirsa O’z.Res.ning MJ to’g’risidagi kodeksning 229-moddasi talablarini buzgan hisoblanadi.

YA’ni MJ kodeksning 229 moddasiga ko’ra:
Bo’sh ish o’rinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, bo’sh ish o’rinlari (vakant lavozimlar) yoki har bir xodim bo’shatib olinishi kutilayotganligi to’g’risidagi axborotni o’z vaqtida taqdim etmaslik, ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasiga ajratmalarni to’lashdan bo’yin tovlash mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo’lsa mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak bu vaziyatda maktab direktori 20 soatdan ortiq dars bermayman deganda qonunan to’g’ri ish qilgan hisoblanadi.

Shuni eslatib o’tamizki, agar maktab direktori ortiqcha dars soatlarini bo’sh ish o’rni sifatida mehnat bo’limiga taqdim etsada lekin hech kim ish so’rab kelmasa, 30 soat dars ham o’tish mumkin.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!