Karantinda o‘qituvchilar qanday ishlayapti? Suhbat

“Karantinda o‘qituvchilar qanday ishlayapti? Suhbat
Telegramda o'qish

Pandemiya davrida umumta’lim darslar teleko‘rsatuvlar shaklida o‘quvchilarga havola etilmoqda.

Bundan tashqari, bolalarning darslarni o‘zlashtirishini nazorat qilish, uy vazifalarini muntazam bajarish o‘qituvchilarning zimmasiga yuklatilgan. Ular buni qanday uddalayapti? Bu borada Kun.uz nashri Maktab muallimlari bilan suhbat uyushtirdi.

Andijon viloyati Andijon shahri 13-ixtisoslashgan davlat umumta’lim o‘qituvchisi Iskandar Sattiboyev hamda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 65-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi internati o‘qituvchisi Isroil Tillaboyev masofadan dars o‘tish tajribasi haqida fikrini bildirdi.

Iskandar Sattibayev:

– Birinchi navbatda, mana 15 martda respublikamizda birinchi koronavirus kasalligi qayd etilgan edi. Aprel oyi boshida boshlanishi kerak bo‘lgan  4-chorak boshlanmay qoldi va biz mana shu o‘n kunlik ta’til ichida darslarimizni onlayn ta’limga o‘tkazish chora-tadbirlarini boshladik.

Hozirda Andijon viloyat xalq ta’limi vazirligining asosiy platformasi Telegram messenjeri bo‘lib turibdi. Mavjud bo‘lgan sinflarning har biri o‘zining nomi bilan bitta Telegram guruh ochgan. Mana shu guruh ichida ushbu sinfga aloqador bo‘lgan ota-onalar, o‘quvchilar va o‘qituvchilar – hammasi shu bitta guruhda to‘planishgan. Misol uchun, bitta 7-“A” sinfni oladigan bo‘lsak, bunda 70 tadan 80 nafargacha a’zo bor. Ota-onalar, o‘quvchilar va o‘qituvchilar. Qolaversa har bir guruhga rahbar xodimlar – sinf rahbarlari, direktor o‘rinbosarlari biriktirilgan.

Mana har kungi respublika miqyosida bo‘yicha televizor orqali berib borilayotgan teledarslarning jadvali avvaldan e’lon qilinyapti. Misol uchun 9-sinflar uchun o‘zbek tilidagi ingliz tili darsi 9:15 yoki 9:30 atrofida qo‘yilyapti. 7-sinflar uchun soat 13:00 bilan 14:00 orasida oralig‘ida namoyish etilmoqda. Misol uchun, men ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lganim uchun ertangi jadvalni ko‘rib olaman va o‘sha vaqtda men ham o‘sha kanalga ulanib turaman. Bu onlayn darslar respublika miqyosida hamma joyga tarqatiladi. Shu kungi darsning umumiy mavzusi e’lon qilinadi. Bu yerda o‘qituvchi o‘zining tushunchasi bo‘yicha asosiy tushunchalarni va keyingi kun uchun topshiriqlarni beradi. Bu dars tugagandan keyin, men kompyuter orqali ko‘rsatuvlarni qayta ko‘ryapman va har bitta kerakli joylarini “Screenshot” qilib boraman. “Screenshot” yordamida slayd tayyorlayman va televizor orqali tarqatilgan ma’lumotlarni qo‘shimcha tushuntirishlari bilan, izohlari bilan yoki ba’zida “youtube”dan kerakli videolarni ko‘chirib olib, ma’lumotlarni yanada to‘ldirib, shartli ravishda aytadigan bo‘lsak, 7-“A” sinfning guruhiga tashlayman.

Iskandar Sattibayev

Endi ushbu guruhda Iskandar Sattiboyevdan onlayn dars keldi, degan xabar boradi va ushbu xabarning tagidan men yo izohli, yo matnli topshiriq qoldiraman. Shu bilan birga ovozli xabar ham qoldiraman va qachon, qaysi vaqtgacha qabul qilib olishimni ham aytib o‘taman. Masalan, dars bugun 10:00 da bo‘lgan bo‘lsa, ertaga 17:00 gacha topshirishingiz kerak, deb aytib qo‘yaman. Men topshiriqlarni ko‘rib chiqib, topshirgan o‘quvchilarni baholab, ushbu o‘quvchilarning ro‘yxatini kechki payt e’lon ham qilaman.

Masalan, hozir Ramazon oyi bo‘lganligi uchun odatda e’lon qiladigan vaqtimiz iftorlikka to‘g‘ri kelib qolyapti. Shuning uchun undan keyin soat 20:00 da guruhning ichiga kirib, bugun qatnashgan o‘quvchilarning ism-familiyasi, olgan bahosi va nima sababdan ushbu baho qo‘yildi, ya’ni “4”mi, “5”mi, “3”mi, shu bahosini isbotlab beryapmiz. Hozirgi kunda ishlayotgan sxemamiz shu.

Alisher Ro‘zioxunov:

– Isroil aka, siz bilishim bo‘yicha matematika fanidan dars berasiz. Lekin shunga qaramasdan, bir paytning o‘zida ishni tashkil etishda farqlar bo‘lishi mumkin.

Isroil Tillaboyev:

– Iskandar bor jarayonni aytib o‘tdi. Hozir bizda ham shu jarayon ketyapti. Bizda ham, misol uchun, hamma sinfga bo‘lib berilgan. Topshiriqlarni bir kun oldin yoki ertalab aytamiz. Deylik, uchta yoki to‘rtta fan navbati bilan 5–7 minut berib borilyapti. Mana shu jarayonda o‘quvchi bir soat ichida hamma darsning videosini ko‘rib olyapti televizorda. Ushbu jarayonda o‘qituvchilar ham TV qarshisida o‘tiribdi. Lekin video aloqa orqali hali bizga biroz bor ekan. Shuning uchun faqat matematika darsini oladigan bo‘lsam, daftarga yozib, daftardagini rasmga olib, o‘zimning Telegramdagi akkauntimga jo‘natyapti. O‘shani tekshiryapmiz. Guruhga emas, Iskandar aka aytganidan farqi umumiy jarayonlar guruhda bo‘ladi, keyin, asosan, shaxsiydan o‘quvchilar bilan suhbat olib borilyapti.

– Judayam ko‘p o‘quvchilar bo‘ladi. Misol uchun, kamida o‘ndan ortiq o‘quvchi bo‘ladi va gapiradi, tushuntiradi, yozadi. Ham varaqdagi narsani yozib, tushuntirib va uni qaytadan suratga olib, jo‘natish qiyinchilik tug‘dirmayaptimi?

– Endi matematikada men boshqa yo‘lni bilmadim. Lekin matematikada misolni yechadi, ishlaydi. Tushungan tushunmaganligini shundan bilsa bo‘ladi. Siz aytgandek ko‘plab o‘quvchilar bo‘lib ketish jarayoni bo‘ladi. Lekin buning ham hisobi olinadi. Har bir o‘qituvchining qo‘lida vaqtinchalik jurnal bor. Unga vazifani yuborgan o‘quvchiga vaqtida baho qo‘yiladi va o‘sha o‘quvchiga ham o‘sha baho aytib o‘tib ketiladi. Shunda o‘zi bilinadi. Kechga tomon, men endi aniq vaqtini aytmaganman, qishloq joyda imkoniyati bo‘lgani zahoti jo‘natib yuboraveradi. Kechgacha qabul qilaveraman. Meniki, misol uchun, aynan mana shunday ketmoqda. Chunki ma’lum bir vaqtni aytsam, hammani bir joyga to‘plash qiyin deb o‘yladim. Shu yo‘lni tanladim men.

Suhbat davomida o‘qituvchilar internet va aloqa sifati, masofadan turib ishlaganda talab etiladigan hujjatlar, karantinda o‘rganilgan tajriba haqida gapirib o‘tishdi. Intervyuni to’liq holda Youtube orqali ko’rish mumkin.


В период пандемии общеобразовательные уроки транслируются для школьников в виде телевидения.
Кроме того, учителя несут ответственность за контроль обучения детей и выполнение домашних заданий. Как они это делают? В связи с этим издание Kun.uz провело интервью со школьными учителями .
Об опыте дистанционного обучения рассказали Искандар Саттибаев, учитель 13-й государственной специальной школы города Андижана Андижанской области, и Исраил Тиллабоев, учитель школы-интерната 65-й специальной государственной общеобразовательной школы Узбекского района Ферганской области. .

Искандар Саттибаев:
— Во-первых, 15 марта в стране было зарегистрировано первое заболевание коронавирусом. Четвертая четверть, которая должна была начаться в начале апреля, еще не началась, а мы начали процесс перевода наших классов на онлайн-обучение в течение этой праздничной декады.
В настоящее время основной платформой Министерства народного образования Андижанской области является Telegram Messenger. Каждый из доступных классов открывал группу Telegram со своим именем. В этой группе родители, ученики и учителя, участвующие в этом классе, собраны в одну группу. Например, если мы возьмем один 7-й класс «А», в нем будет от 70 до 80 человек. Родители, ученики и учителя. Кроме того, за каждой группой закрепляется руководитель – классные руководители, заместители директоров.
Вот расписание ежедневных телетрансляций по всей стране. Например, урок английского для 9-классников на узбекском языке запланирован на 9:15 или 9:30. Для семиклассников он выставлен с 13:00 до 14:00. Например, поскольку я учитель английского, я увижу расписание на завтра и в это время тоже буду подключаться к этому каналу. Эти онлайн-курсы распространяются по всей стране. Будет объявлена общая тема сегодняшнего урока. Здесь учитель дает основные понятия и задания на следующий день в соответствии со своим пониманием. После этого урока я просматриваю шоу на компьютере и делаю скриншот каждой из необходимых локаций. Слайд делаю с помощью скриншота, и с дополнительными пояснениями, комментариями или иногда скачиваю нужные ролики с ютуба, дополняю информацию и говорю условно. , 7- закидываю в группу «А» класс.
Искандар Саттибаев
Сейчас в этой группе сообщение о том, что пришел онлайн-урок от Искандара Саттибаева, и под этим сообщением я оставлю либо комментарий, либо текстовое задание. Я также оставлю голосовое сообщение и сообщу вам, когда и как долго я его получу. Например, если урок был сегодня в 10:00, я бы сказал, что вы должны сдать его до 17:00 завтра. Я также рассмотрю задания, оценю студентов, которые их прислали, и вечером опубликую список этих студентов.
Например, сейчас, когда наступил месяц Рамадан, время, которое мы обычно объявляем, приходится на ифтар. Таким образом, после входа в группу в 20:00, имена студентов, которые сегодня участвовали, оценки, которые они получили, и почему они были поставлены, т.е. «4», «5», «3», мы подтверждаем это значение. Именно по этой схеме мы сейчас работаем.
Алишер Рузиохунов:
— Исроил ака, насколько я знаю, вы преподаете математику. Однако при этом могут быть и отличия в организации работы.
Исроил Тиллабоев:
— Александр рассказал о процессе. Сейчас у нас такой же процесс. У нас тоже есть, например, все классы. Мы проговариваем задания накануне или утром. Допустим, три-четыре предмета преподаются по 5-7 минут подряд. В процессе учащийся в течение часа просматривает видеозапись всего урока по телевизору. В процессе учителя тоже сидят перед телевизором. Но у нас еще есть немного по видеосвязи. Так что, если я занимаюсь только математикой, он пишет в блокноте, фотографирует блокнот и отправляет его в мой аккаунт в Telegram. Мы это проверяем. Разница, как сказал Искандар ака, не в группе, а в общем процессе в группе, и то, в основном, в частных беседах со студентами.
— Будет много студентов. Например, будет не меньше десятка студентов и они будут говорить, объяснять, писать. Не сложно ли написать, объяснить, перефотографировать и отправить то, что есть на листе?
— Сейчас в математике я не знал другого пути. Но в математике решает пример, работает. Отсюда видно, что тот, кто понимает, не понимает. Как вы сказали, будет процесс увеличения числа студентов. Но это тоже учитывается. У каждого учителя есть временный журнал в их руках. Ученик, отправивший ему задание, получит оценку вовремя, и тому же ученику будет поставлена такая же оценка. Тогда это будет известно. Ближе к вечеру точное время уже не говорил, деревня отошлет, как только будет возможность. Я возьму это до вечера. У меня, например, все именно так. Потому что, когда я сказал определенное время, я подумал, что будет сложно собрать всех вместе. Я выбрал этот путь.
В ходе интервью преподаватели рассказали о качестве интернета и связи, необходимых документах при удаленной работе, опыте карантина. Полное интервью можно посмотреть на Youtube .

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: