TALABALAR MASOFADAN TURIB DARS BERSA ULARGA OYLIK TO‘LANMAYDIMI?

TALABALAR MASOFADAN TURIB DARS BERSA ULARGA OYLIK TO‘LANMAYDIMI?

Savol Maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman

. Shu bilan birga Navoiy davlat pedagogika instituti 4-kurs talabasiman. Maktab ma’muriyati karantin vaqtida talabalarga oylik maosh to‘lanmasligini aytdi. Shu qanchalik to‘g‘ri?

Javob
Agar xodimning ish hajmi o‘zgarmasa, ish haqi kamaytirilmaydi. Ish haqi amalda ishlagan vaqt yoki bajarilgan ish uchun to‘lanadi.

Mehnatga haq to‘lash miqdori mehnat shartnomasining zarur sharti ekani bois, umumiy qoidaga ko‘ra, ish beruvchi tomonidan xodimning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas.

Masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlashi hisobga olingan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

Shunga ko‘ra maktab ma’muriyatining harakatlari QONUNCHILIKKA ZID hisoblanadi, masofadan faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarga, shu jumladan ta’lim bilan ish faoliyatini bir olib borayotgan xodimlarga ish haqi belgilangan tartibda to‘lanishi lozim.

Gulruh Niyozmetova,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh mehnat huquq inspektori
Manba: «Ma’rifat» gazetasi


Вопрос Я работаю учителем в школе

. Я тоже учусь на 4 курсе Навоийского государственного педагогического института. Администрация школы заявила, что в период карантина учащимся не будут платить. Насколько это точно?

Отвечать
Если нагрузка работника не изменится, то заработная плата не будет уменьшена. Заработная плата выплачивается за фактически отработанное время или выполненную работу.

Поскольку размер вознаграждения является необходимым условием трудового договора, по общему правилу он не может быть изменен работодателем без согласия работника.

Сотруднику, работающему удаленно, выплачивается такая же сумма за выполненную им работу с учетом добровольного распределения рабочего времени.

Соответственно, действия администрации школы ПРОТИВОРЕЧИВАЮТ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВУ, а учителя, работающие удаленно, в том числе работающие совместно с образованием, должны оплачиваться в установленном порядке.

Гулрух Ниёзметова,
Министерство занятости и трудовых отношений Государственная инспекция труда Главный инспектор по трудовому законодательству
Источник: газета «Марифат».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    Biz xam talabamiz nega talabalar to‘liq oylik olmaydi o‘rta maxsus oylik to‘lanadi axir diplomi bor bilan bir xil ish qiladiku

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: