Qizlarga gap otganlarni jazolash kerak ekan

Qizlarga gap otganlarni jazolash kerak ekan

O‘zbekistonda xotin-qizlarga gap otganlik, ularning intim hayot daxlsizligini buzganlik uchun alohida javobgarlik belgilanishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Adliya vaziri Ruslan Davletov jamoatchilik oldidagi an’anaviy yillik hisobotida ushbu qonun loyihasi haqida gapirib, uning qaysi bosqichda ekanligi borasida ma’lumot berdi, deya xabar bermoqda «Bugun.uz».
«Gap otganlik bo‘yicha javobgarlikni dispozisiya dedik. Ya’ni aniq xatti-harakat va qaysi holatda javobgarlik keltirib chiqarishiga ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki u yerda tuhmat ham bo‘lib ketishi mumkin. Shuning uchun dispozisiyasini, ya’ni javobgarlikni biz endi ishlab chiqdik, vazirlik ishchi guruhi ishlab chiqdi. Endi vazirliklarga beramiz.
Shuning uchun bu masalani aniq qilib olaylik, jamoatchilikning muhokamasiga beramiz. Lekin bu bizga, albatta, kerak. Chunki bu jamiyatimizda ijtimoiy xavfga ega bo‘lgan xatti-harakat. Bunga davlat sifatida javob qilishimiz kerak», — dedi adliya vaziri.
Ma’lumot o‘rnida, taklif etilgan qonunda ish yoki o‘qishdagi zo‘ravonliklarga chek qo‘yish uchun jabrlanuvchi va tazyiq o‘tkazgan shaxs o‘rtasidagi har qanday aloqani cheklash lozimligi aytilgan. Bunda ish beruvchilar zimmasiga zo‘ravonlar va jabrlanuvchining har qanday o‘zaro munosabatga kirishishiga cheklov o‘rnatish majburiyatini yuklash taklif etilgan.


Сообщалось, что в Узбекистане женщины могут быть привлечены к ответственности за высказывания и нарушение их частной жизни.

Министр юстиции Руслан Давлетов в своем традиционном ежегодном публичном докладе рассказал о законопроекте и его стадии, передает Bugun.uz.
«Тогда это просто стало известно нам. То есть вам нужно быть осторожным в том, что вы делаете и когда вы это делаете. Потому что может быть клевета. Поэтому мы сейчас разработали диспозицию, то есть ответственность, разработанную рабочей группой министерства. Теперь мы отдаем его в министерства.
Так давайте проясним этот вопрос, давайте вынесем его на общественное обсуждение. Но нам это очень нужно. Потому что это социально опасное поведение в нашем обществе. Мы как государство должны на это реагировать», — сказал министр юстиции.
Для справки, предлагаемый закон гласит, что любые контакты между жертвой и жертвой домогательств должны быть ограничены, чтобы прекратить работу или изучение насилия. Он призывает работодателей ввести ограничения на любое взаимодействие между преступником и жертвой.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: