Buyuk kishilarning yaxshi o’qituvchi bo’lishga yordam beradigan dono so’zlari

Buyuk kishilarning yaxshi o’qituvchi bo’lishga yordam beradigan dono so’zlari
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Yaxshi o’qituvchi – kelajak me’mori. Yaxshi dars – o’quvchi ongiga chizilgan naqsh.

Yaqinda @muallimlar telegram kanalida e’lon qilingan buyuklarning yaxshi o’qituvchi bo’lishga yordam berish uchun aytilgan hikmatli so’zlariga ko’zim tushdi. Uni e’tiboringizga havola etaman. Saytimizda yosh o’qituvchilar uchun mashhur kishilarning maslahat va tavsiyalarini jamlaganmiz. Ushbu maqolani mana bu manzilda o’qishingiz mumkin.

“Men hech qachon o’z o’quvchilarimni o’qitmayman, bor-yo’g’i ular o’qib-o’rganishi uchun sharoitni ta’minlashga harakat qilaman”.
Albert Eynshteyn, fizik-nazariyachi, Nobel mukofoti laureati

O’qituvchi o’quvchining barcha qiziqishlarini, undagi salohiyatni ko’ra bilishi va rivojlanishi uchun bor kuchini berishi lozim. Buni shunday bajarish kerakki, bola o’qishni istashi va buni eplay olishi lozim.
“Zamonaviy pedagogning vazifasi – junglini tozalash emas, cho’lga suv keltirishdir”.
Klayv Steyplz Lyuis, britaniyalik yozuvchi, shoir va olim

O’qituvchi sezgir bo’lishi kerak va har bir bolaning o’ziga xosligini tushunishi, unga o’zgacha yondashuv izlashi lozim. Uning vazifasi – bilim bilan to’ldirish, biroq o’z o’quvchilarini individuallikdan mahrum qilmaslik va shaxsiy fikrga ega bo’lishni man qilmasligi kerak.
“Biz bilim bolani quvib yurishini emas, bola bilim ortidan yugurayotganini ko’rishni istaymiz”.
Jorj Bernard SHou, dramaturg, faylasuf, Nobel mukofoti sovrindori

Darsni qiziqarli o’tish – san’at. Biroq pedagog buni bajara olishga majbur. Odamni qiziqtirmay turib biror narsaga o’rgatish mushkul. O’qituvchi zimmasida murakkab vazifa bor: bilimni miyaga cheksiz oqim sifatida quyish emas,bilimga intilish hissini uyg’otish.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: