Donolardan yosh o’qituvchiga maslahatlar va tavsiyalar

Donolardan yosh o'qituvchiga maslahatlar va tavsiyalar
Loading...

Ushbu hikmatli so’z va maslahatlar nafaqat yosh o’qituvchilarga, balki barcha pedagoglar, farzand tarbiyalayotgan ota-onalar uchun hamdir.

Mazkur bitiklar nimanidir isbotlay olgan sharq va g’arb olimlari, ko’hna tarix faylasuflari, o’zimizning mumtoz va jaded adabiyoti vakillari, qolaversa, zamonamizning ilg’or kishilarining bayon qilgan fikrlari asosida jamlandi.
1. «Yaxshi o’qituvchi umidni ilhomlantiradi, tasavvurni yoqadi va o’rganishga bo’lgan muhabbatni kuchaytiradi». — Brad Henry
2. «Ta’lim hayotda muvaffaqiyatga erishishning kalitidir va o’qituvchilar o’quvchilar hayotida doimiy ta’sir ko’rsatadi». — Solomon Ortiz
3. «Noqobil o’qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo’yadi, yaxshisi esa uni topishga o’rgatadi». — A.F.Disterveg
4. «O’rtacha o’qituvchi mavzuni gapirib beradi, yaxshi o’qituvchi mavzuni tushuntirib beradi, zo’r o’qituvchi mavzuni ko’rsatib beradi, buyuk o’qituvchi mavzuga ilhomlantiradi». — Uilyam Artur Uord
5. «Keling, birgina kitob, bitta qalam, bitta bola va bitta o’qituvchi dunyoni o’zgartirishi mumkin». — Malala Yusufzay
6. «Haqiqiy o’qituvchida avvalo mayl va iste’dod, rag’bat va havas bo’lishi lozim. Uning fikr-yodi, zavq-shavqi ta’lim va tarbiya ustida bo’lgan holdagina kutilgan samaralar beradi». — T. N. Qoriniyozov
7. «Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir». — Abdulla Avloniy
8. «Yaxshi o’qituvchi bo’lmoq uchun, o’qitadigan narsangni sevishing kerak va o’qitayotgan kishilaringni ardoqlashing lozim». — V. O. Klyuchevskiy
9. «Texnologiya – bu faqat bitta vosita. Bolalarni birgalikda ishlashi va ularni rag’batlantirish nuqtai nazaridan eng muhimi o’qituvchidir». — Bill Geyts
10. «Atrofdagi hamma qiyin ishlardan biri, eng qiyinlardan biri yaxshi o’qituvchi bo’lishdir». — Maggie Gallagher
11. «Taningni baquvvat qilish, irodangni chiniqtirish, qalbingni fazilatli qilish, fikringni kengaytirish va fahm-farosat bilan o’zingni vazmin saqlash vositalarini bilsang,- demak sen tarbiyachisan». — Sh. Leturno
12. «O’quvchini mehnat qilishga o’rgat, uni nafaqat mehnatni sevishga, u bilan shunday uyg’unlashishga ko’niktirginki, toki mehnat uning vujudiga singib ketsin, uni shunga o’rgatki, uning uchun o’z kuchi bilan biron bir narsani bilib ololmaslik aqlga sig’maydigan holat hisoblansin». — Disterverg
13. «Ijodkorlik va bilimlarda quvonchni uyg’otish o’qituvchining oliy san’atidir». — Albert Eynshteyn
14. «Xalq uchun nondan so’ng muhimi maktabdir». — Jorj Danton
15. «Yaxshi o’qituvchi – aniq shaxs». — Gilbert Highet
16. «Bilimga eltuvchi yagona yo’l, bu faoliyatdir». — Bernard Shou
17. «Biz o’qituvchining o’qituvchilik qiladigan narsa emasligini, balki insonda o’z-o’zidan rivojlanadigan tabiiy jarayon ekanligini kashf qildik». — Mariya Montessori
18. «Hayot yo’lida birinchi masala maktab masalasidir». — Abdurauf Fitrat
19. «Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur». — Abdulla Avloniy
20. «O’qituvchi abadiylikka ta’sir qiladi; uning ta’siri to’xtaganini hech qachon aytolmaydi». — Genri Adams
21. «Yaxshi o’qituvchilar o’quvchilarning eng yaxshisini chiqarishni biladi». — Charlz Kuralt
22. «Hamma qobiliyatlarning sarvari fikrdir». — Uilyam Metiyuz
23. «Uy vazifasini bajarishdan tashqari, uyga olib ketadigan biror narsa beruvchi o’qituvchini yaxshi ko’raman». — Lily Tomlin
24. «Chinakam oqilona ta’lim ongimizni ham, xulqimizni ham o’zgartiradi». — Mishel Monten
25. «Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir. Maktabning chin va haqiqiy ma’nosini bilgan millatlar jonlari, mollari bilan himmat va g’ayratlarini sarf etib, millatning taraqqiyi rivojiga ijtixod qilurlar».- Maxmudxuja Bexbudiy
26. «Men otamga yashash uchun qarzdorman, lekin o’qituvchimga yaxshi yashash uchun». — Iskandar Zulqarnayn
27. «Haqiqiy dono o’qituvchi sizga o’zining donoligiga ishontirishga urinmaydi, aksincha sizni aql-zakovat eshigiga olib boradi». — Xalil Gibran
28. «Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi». — Konfutsiy
29. «Ta’lim san’ati kashfiyotga yordam berish san’atidir». — Mark van Doren
30. «Menimcha, pedagogika kasbi jamiyat kelajagi uchun boshqa barcha kasblarga qaraganda ko’proq hissa qo’shadi». — Jon Wooden
31. «Yaxshi o’qituvchilar va katta o’qituvchilar o’rtasidagi farq shunday: yaxshi o’qituvchilar o’quvchining maqsadlaridan eng yaxshisini oladi; katta o’qituvchilar o’quvchining maqsadini oldindan bilishadi». — Mariya Callas
32. «Qo’rqitish usuli bilan dars o’tadigan o’qituvchi bo’lmang, qo’rquv bilan o’rganilgan darslar tezda esdan chiqadi». — Meri Ketrin Bateson
33. «Bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog’i lozim». — Abu Nasr Forobiy
34. «Harakat zaif bo’lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim ipsiz kamon o’qidir». — Az-Zamaxshariy
35. «Yomon oТqituvchi haqiqatni aytib berib qo’ya qoladi, yaxshi o’qituvchi esa, haqiqatni topishga o’rgatadi». — A.Disterveg
36. «Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketkazma». — Alisher Navoiy
37. «Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz». — F. Volter
38. «Ilmdan bir shuТla dilga tushgan on, shundan bilursankim ilm bepoyon». — Firdavsiy
39. «Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa». — Arastu
40. «Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas, Qo’lingdan kelgancha tera olsang, bas». — Abu Abdullo Rudakiy
41. «O’qituvchining butun fikri o’quvchilarida, o’zi sochgan urug’larning o’sishidadir». — D.I.Mendeleev
42. «Birovni o’rgatishing uchun, o’zing o’rganishing uchun lozim bo’lganidan ko’ra ham ko’proq aql kerak». — M.Monten
43. «O’qitish ikki barobar o’qish demakdir». — J.Juber
44. «Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri – o’quvchiga hurmatda». — R.Emerson
45. «Qiyin fanlar yo’q, faqat hazm etilishi qiyin bo’lgan izohlargina bor». — A.I.Gersen
46. «Kimki hech narsani qiziqib so’ramasa, hech narsani o’rganmaydi ham». — T.Fuller
47. «Ta’limning eng yuqori natijasi – bag’rikenglikdir». — Xelen Keller
48. «Ta’limning maqsadi – bu faktlar emas, balki qadriyatlar haqida bilimdir». — Uilyam Burroughs
49. «Bolani o’zingizning ta’limingizga cheklab qo’ymang, chunki u boshqa vaqtda tug’ilgan». — Rabindranath Tagore
50. «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». — Abdulla Avloniy

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Loading...
error: Kontent himoyalangan!