Uyqusiz tundan keyin tetiklashishga yordam beradigan 7 tavsiya

Uyqusiz tundan keyin tetiklashishga yordam beradigan 7 tavsiya

Uyqusizlik va dam olmaslik sabab organizmda surunkali charchoq va holdan toyish holatlari kuzatiladi. Quyidagi tavsiyalarga amal qilish orqali esa tetiklashish va odam o‘zini yaxshi his qilishi mumkin bo‘ladi.

To‘g‘ri ovqatlanish

Tiniqib uxlamagandan keyin ertalabdan kuchli charchoq his qiladigan bo‘lsangiz, tarkibida tez singadigan uglevodlar bo‘lgan mahsulotlarni taomnomadan chiqarib tashlang. Gazlangan ichimliklar, shirinlik, chips, makaron va glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mahsulotlardan tiyilish kerak. Murakkab uglevodlarga boy mahsulotlar esa sekin singadi, qondagi qand miqdori keskin ko‘tarilmaydi va kishida kun davomida yetadigan energiya bo‘ladi. To‘g‘ri ovqatlanish ham muhim rol o‘ynaydi. Kun davomida 5-6 marta oz-ozdan ovqatlaning. Olma, bodom va quritilgan mevalar tamaddi uchun yaxshi muddao.

Jismoniy faollik

Ish va o‘qishingiz ko‘p bo‘lgan taqdirda ham ora-chora harakat qilib turing. Bir vaziyat uzoq vaqt davomida o‘zgarmay turadigan bo‘lsa, kishini uyqu bosadi. Bunga tabiiy bioritmning o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Tushlik vaqti toza havoga chiqib sayr qiling, organizm kislorodga to‘yadigan bo‘lsa, kishi o‘zini yaxshi his qiladi.

Suv ichish

Charchoq organizm suvsizlanishiga xos yana bir simptom sanaladi. Suv tonusda bo‘lish va energiya ko‘payishiga hissa qo‘shadi. Shu sabab ham iloji boricha kam-kamdan, tez-tez suv ichishni kanda qilmang.

Quyosh nurlari

Aksariyat hollarda D vitamin yetishmagani sabab charchash va holsizlik kuzatiladi. Quyosh nuridan 15-20 daqiqa bahra olganda kunlik me’yor qoplanadi va kuchga to‘lishga sababchi bo‘ladi. Quyosh vannasi sil, qandli diabet, teri, yurak qon-tomir kasalliklari uchun ham profilaktika hisoblanadi.

Aromaterapiya

Olimlar iforlarning asab tizimiga ta’sir qilishini aniqlagan. Efir yog‘ining ta’sir qilish algoritmi aniq bo‘lmasa ham ulardan ayrimlari charchoqni bartaraf qilishi, tetiklashtirishi ma’lum. O‘zingizni yaxshi his qilmoqchi bo‘lsangiz sitrus, yalpiz, qora murch ifori sizga bu borada yordam bera oladi.

Suv muolajalari

Yuz va qo‘lni sovuq suv bilan yuvganda ham tetiklashishni his qilish mumkin. Shu sabab ham uyqu bosganini his qilganda barmoqlarni suvga solib turing yoki sprey idishiga solingan sovuq suvni yuzingizga seping.

Nafas mashqlarini bajarish

Nafas mashqlari stressni kamaytiradi, o‘pkalar faoliyatini jadallashtiradi, yurakka ijobiy ta’sir qilib, qon bosimining me’yorda bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Buning uchun o‘tirgan holda ko‘zlaringizni yuming. Burun orqali qisqa va keskin nafas olib, chiqaring. Bu vaqtda qorningizni harakatlantiring, ammo ko‘krak qafasini qimirlamasligiga e’tibor qarating. Boshlanishiga 10 marta bajarishning o‘zi yetadi, keyinchalik nafas olib-chiqarish sonini sekin-asta ko‘paytirish mumkin.


Причиной бессонницы и беспокойства является хроническая усталость и переутомление в организме. Вот несколько советов, которые помогут вам оставаться свежим и чувствовать себя хорошо.

Правильное питание

Если вы чувствуете сильную усталость утром после хорошего ночного сна, исключите из своего рациона быстроусвояемые углеводы. Следует избегать газированных напитков, сладостей, чипсов, макарон и продуктов с высоким гликемическим индексом. Продукты, богатые сложными углеводами, усваиваются медленно, уровень сахара в крови резко не повышается, и энергии у человека хватает на весь день. Также важно правильное питание. Ешьте небольшими порциями 5-6 раз в день. Яблоки, миндаль и сухофрукты хороши в пищу.

Физическая активность

Даже если у вас много работы и учебы, делайте перерыв. Если ситуация долго не меняется, человек засыпает. Это связано с изменением природного биоритма. Прогуляйтесь на свежем воздухе в обеденное время, вы почувствуете себя лучше, если организм насытится кислородом.

Питьевая вода

Усталость — еще один симптом обезвоживания. Вода помогает тонизировать и увеличить энергию. По этой причине не стесняйтесь пить воду как можно меньше, часто.

Солнечный свет

В большинстве случаев дефицит витамина D сопровождается утомляемостью и слабостью. Наслаждение 15-20 минутами солнечного света закроет вашу повседневную жизнь и придаст вам энергии. Солнечные ванны также являются профилактикой туберкулеза, диабета, кожных и сердечно-сосудистых заболеваний.

Ароматерапия

Ученые установили, что духи влияют на нервную систему. Хотя алгоритм действия эфирных масел не ясен, известно, что некоторые из них снимают усталость и освежают. Если вы хотите чувствовать себя хорошо, вам поможет аромат цитрусовых, мяты и черного перца.

Водные процедуры

Вы также можете почувствовать себя отдохнувшим, когда умываете лицо и руки холодной водой. По этой причине, когда вы чувствуете сонливость, смочите пальцы водой или распылите на лицо холодную воду из пульверизатора.

Выполняйте дыхательные упражнения

Дыхательные упражнения снижают стресс, ускоряют работу легких, положительно влияют на сердце и нормализуют артериальное давление. Для этого закройте глаза сидя. Сделайте короткий резкий вдох через нос и выдох. Двигайте животом в это время, но следите за тем, чтобы грудь не двигалась. Достаточно сделать вначале 10 раз, затем можно постепенно увеличивать количество вдохов.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: