Pedagog xodimlar egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi uchun asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirishga chiqishi zarur.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq pedagog xodimlar asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz o‘tmagan taqdirda, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi.
Soddaroq tilda tushintiradigan bo‘lsak, pedagog xodim o‘z vaqtida malaka oshirish kurslariga chiqmagan bo‘lsa, ularga 2 oy avval ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ogohlantirish xati beriladi.
Xodim maktabdagi ish joyini saqlab qolmoqchi bo‘lsa, ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakasini oshirishi kerak bo‘ladi. Faqat bu safar xodim ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakasini oshirayotgan vaqtda ularning o‘rtacha ish haqi saqlanmaydi.
Bu kabi holatlar ayrim pedagog xodimlarga saboq bo‘lishi kerak. Shu sababli ular o‘z vaqtida, aytilgan muddatda malaka oshirish kurslaridan o‘tib olishlari maqsadga muvofiq.
Mavzuga doir:
O‘z vaqtida malaka oshirishga chiqmagan pedagoglarga yanvar oyidan boshlab ish haqi to‘lanmaydimi?
2022-yilda qancha o‘qituvchi malaka oshirdi?
O‘qituvchi malaka oshirishdan o‘tmasa mehnat shartnomasi bekor qilinadi