“Boy bo‘lishning 10 ta siri” kitobidan boylik sirlari

“Boy bo‘lishning 10 ta siri” kitobidan boylik sirlari

Adam Jeksonning “Boy bo‘lishning 10 ta siri” kitobida keltirilgan boylik sirlari haqidagi tavsiyalarni jamlab e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

Kitob haqida qisqacha: Bir yigit ishlari yurishmas, qarzlari ko‘p, boylik orttirish esa tasavvuriga ham sig‘mas edi. Kunlarning birida u tong chog‘I bog‘ yoqalab yengil yugurish mashqini qilayotganda past bo‘yli xitoylik qariya uchraydi va unga turli savollar beradi. Yigitchaga muvaffaqiyatga erishish uchun qanday ishlar qilish kerakligi haqida va u yo‘l qo‘yayotgan xatolar haqida dalillar bilan tushuntirib beradi. Ular tepalikka chiqishganda qariya yigitchaga boylikka yetish usullarini o‘rgatadigan 10 kishining ism familiyasi va telefon raqamini qoldirib o‘zi g‘oyib bo‘ladi.
Yigitcha qo‘lidagi raqamlarga bir-mabir qo‘ng‘iroq qilib ular bilan uchrashadi va haqiqiy boylik sirlari haqida tavsiyalarni to‘playdi, maslahatlarni jamlaydi. Ular bilan suhbat chog‘ida fikrlashi, dunyoqarashi, pulga bo‘lgan munosabati butunlay o‘zgaradi. Boylikka erishgan, muvaffaqiyat qozongan kishilarning ibratli fikrlarini bloknotiga yozib boradi. Quyida keltirilayotgan boylikka erishish usullari haqidagi sirlar yigitchaning xitoylik qariya raqamini qoldirgan kishilar bilan suhbati jarayonida qisqa qilib yozib olingan so‘zlardir. Kitob so‘ngida yigitcha ularning so‘zlariga amal qilib o‘zi istagan boylikka erishadi va shunday kunlarning birida unga qo‘ng‘iroq qilib raqamini xitoylik qariyadan olganligini, boy bo‘lish haqida tavsiyalar kerakligini so‘rashadi.
Adam Jeksonning ushbu kitobi dunyo bo‘ylab juda mashhur bo‘lib ketgan. Kitobning to‘liq shakli kerak bo‘lsa, internetdan qidiring, yoki ushbu saytda e’lon qilinayotgan maqolalarga 5 ta fikr bildiring. Fikrlaringiz tahliliy va munozarali bo‘lsin. Shundan so‘ng «Bog‘lanish» formasi orqali menga murojaat qilib so‘rasangiz kitobni siz istagan formatda (APK, PDF, DOC) electron pochtangizga yuboraman.

Haqiqiy Boylikning birinchi siri — Anglab yetilmagan e’tiqodlar kuchidir.

Odamlar nimaga qodir bo‘lsalar, shunga erishmaydilar. Ular o‘zlarining fikricha, yetishishlari mumkin bo‘lgan narsaga erishadilar.
Bizning barcha hayotiy sharoitlarimiz — bizning anglab yetilmagan e’tiqodlarimiz aksidir.
Odamlar, o‘zlarining fikricha, qancha pul topishlari mumkin bo‘lsa, odatda, shuncha miqdordagi pulni topadilar. Biz anglab yetilmagan e’tiqodlarimizni o‘z-o‘ziga ta’sir o‘tkazish yordamida o‘zgartira olamiz.
Aqlimiz yetadigan va ishonchimiz komil bo‘lgan hamma narsaga erishish qudratiga egamiz!
O‘z g‘alabasiga ishongan kishigina g‘alaba qozonadi!

Haqiqiy Boylikning ikkinchi siri — Xohish quvvati.

Agar siz o‘z hayotingizda Haqiqiy Boylikka yetishmagan bo‘lsangiz, bu qoidaga ko‘ra, sizda hali hamma narsadan ulug‘ niyat uyg‘onmaganini bildiradi. Modomiki hayotingizda erishmoqchi bo‘lgan ulug‘ niyatingiz bo‘lmasa, bunga arzigulik hech vaqoga yetisholmaysiz.
Siz buning uchun barcha zarur bo‘lganlarni bajarish va har qanday qurbonlarga (o‘z qadr-qiymatingiz, sog‘lig‘ingiz va o‘zaro munosabatlaringiz bundan mustasno) rozi bo‘lishni istaganingizdagina sizda hammadan kuchli xohish paydo bo‘ladi.
Siz uch Rojdestvo Sharpasi foydalangan quyidagi uch yo‘l yordamida hammadan ustun bo‘lgan niyatni yaratishingiz mumkin:

pulsizlik oqibatida keltirilgan qiynoqlar haqida o‘ylar;

pulsizlik oqibatida hozir kechirayotgan barcha qiynoqlar haqidagi o‘ylar;

agar bugungi moliyaviy ahvolingiz o‘nglanmasa, kelgusida kechirishingiz mumkin bo‘lgan qiynoqlar haqidagi o‘ylar;

agar siz cheksiz boylikka ega bo‘lgan taqdirda kelajak sizga va’da qilgan barcha bahra olishlar to‘g‘risida tasavvurlar!

Haqiqiy Boylikning uchinchi siri — Niyatlar ravshanligi quvvati.

Siz nimani istashingizni va nima uchun shuni xohlashingizni aniq bilsangizgina bu hayotda barcha niyatlaringizga yetasiz.
Siz o‘z maqsadlaringiz sabablarini, bu maqsadlarga erishish nima uchun zarurligini va buni qachon bajarishingiz darkorligini aniq belgilashingiz kerak. (Masalan, siz boy bo‘lishni istayman, deyishingizning o‘zi kifoya etmaydi. Siz qancha miqdordagi mablag‘ga ega bo‘lish va nima qilmoqchiligingizni aniq belgilab olishingiz zarur)
O‘z maqsadlaringizni doimo hozirgi zamonda va bo‘layotgandek tarzda ifodalang. (Masalan, «Bugundan e’tiboran va shungacha (bu mablag‘ga qachon ega bo‘lishga qaror qilgan sanani ko‘rsating) men X 000 funt pul ishlab topaman.
Maqsadlaringizni yozib qo‘ying va ularni bir kunda uch bora — ertalab, kunduzi, kechqurun qayta-qaytalab o‘qing.
Xayolingizda o‘zingizni bu maqsadlarga erishgandek tasavvur eting.
Bu maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan Sabablarni belgilang. Boylik — shunchaki pul yig‘ish yoki mablag‘ga ega bo‘lishning o‘zigina emas, bu o‘z niyatlaringizni ro‘yobga chiqarish uchun mana shu pullar beruvchi quvvat ekanini yodda tuting.

Haqiqiy Boylikning to‘rtinchi siri — Harakatlarning o‘ylangan rejasi quvvatidir.

Agar maqsadlaringizga erishishga komil ishonchingiz bo‘lishini istasangiz, yo‘l-yo‘riqni ishlab chiqishingiz va harakatlarning o‘ylangan rejasini tuzishingiz kerak.
Har qanday muammoning yechimidagi oltin qoidani yodda tuting — barcha imkoniyatlardan to‘la foydalangandek tuyulgen bo‘lsa… bilingki, unday emas.
Agar nimagadir erishmoqchi bo‘lsangiz, uch narsaga amal qilishingiz kerak: tartibli bo‘lish, tartibli bo‘lish .. va tartibli bo‘lish.
Oldingizga qo‘ygan har qanday maqsadga erishishning o‘nta imkoni mavjud yo‘llarini sanab, o‘n banddan iborat reja tuzing.
Biron-bir ishga unnashdan avval o‘zingizga uchta savol bering:

1. Bu xildagi ish menga zavq beradimi?

2. Qobiliyatlarimga bu ish mos keladimi?

3. U baland mavqega erishishm va molyaviy maqsadlrimga yetishuvimni yaqinlashtiradimi?

Haqiqiy Boylikning beshinchi siri — Maxsus bilimlar kuchi.

Qachon bo‘lmasin katta boylik to‘plashga muvaffaq bo‘lgan biron-bir shaxs o‘z biznes sohasining soliq huquqi, investitsiya va omonatlar dasturlari, shuningdek, xaridorlarining istak va talablari haqidagi maxsus bilimlarga ega bo‘lmay turib buning uddasidan chiqmaydi.
Bilimlar harakatlarning amaliy rejasi asosida aniq maqsadga erishish uchun to‘g‘ri tashkil etilgan va aql bilan ishlatilgan taqdirdagina kuch bo‘lib hisoblanadi.
Siz o‘zingiz hamma narsani bilishingiz shart emas, lekin kerakli ma’lumotni qayerdan va qanday topishni bilishingiz kerak.

Haqiqiy Boylikning oltinchi siri — Qat’iyatlilik kuchi.

Muvaffaqiyat odatda birgina zo‘r berish natijasida yuzaga kelmaydi, u ko‘pgina zo‘riqishlar mahsulidir.
Muvaffaqiyatga erishgan va bunga yetisholmagan kishilar orasidagi farq odatda ular iste’dodida emas, balki qat’iyatda!
Istagan natijaga erisholmagan har qanday harakatdan so‘ng o‘zingizga doim: «Qaysi lahzaga qadar to‘g‘ri harakat qildim?» degan savolni bering. Bu sizni kelgusi harakatga doimo ilhomlantiradi.
Agar siz toshyo‘nar singari harakat qilsangiz va doim qat’iyat ko‘rsatsangiz, har bir harakatingiz tajribasidan xulosa chiqarib, o‘rgansangiz, sa’y-harakatlaringiz har doim muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Haqiqiy Boylikning yettinchi siri — Xarajatlarni nazorat qilish quvvatidir.

Boylik qancha pul topayotganingiz bilan emas, topganingigizga qanchalik yaxshi yashay olishingiz bilan belgilanadi.
Xarajatlnrni nazorat qilish olayotgan daromadingiz hajmida baxtiyor hayot kechirishingizga va bu daromadni ko‘paytirishga yordam beradi.
Mablag‘i cheklangan har qanday kishi doimiy daromadini ta’minlash uchun o‘z xarajatlarini nazorat qilishi zarur.
Daromadingizning bir qismini asrashingiz lozim. Bu kelgusida boylik yaratishga asos bo‘ladi.
Siz har doim pul topish uchun ishlaganingizdan ko‘ra pullaringiz siz uchun ishlagani ma’qulroq.

Haqiqiy Boylikning sakkizinchi siri — Halollik quvvati

Kishi butun olamni zabt etsa-yu, lekin shu bilan birga o‘z qalbini yo‘qotsa, buning qanday foydasi bor?
Bajarayotgan ishimiz, so‘zlayotgan so‘zimiz va hatto fikrlarimiz ham bir kun o‘zimizga qaytadi, qaytar dunyo bu.
Boylikni aldam-qaldamlik va qalloblik bilan yaratmoq — qumda imorat qurmoq bilan teng. U yerda uzoq turmaydi.
Shaxsiy hayotingiz yoki biznesda harakat usullarini tanlashdan avval o‘ylang:

Bu qonunga xilof emasmi?

Bu axloq me’yorlariga to‘g‘ri keladimi?

Natijada o‘zimdan faxrlana olamanmi?

Yaqinlarim bu haqda bilishini istaymanmi?

Bundan keyin o‘z-o‘zimga nisbatan hurmatim yo‘qolmaydimi?

Haqiqiy Boylikning to‘qqizinchi siri — E’tiqod kuchidir

Siz ishonch hosil etgan har qanday loyihani ko‘rib chiqayotib, o‘ylangan harakatlar rejasini yozing va uni amalga oshirish mumkinligiga amin bo‘ling. Endi o‘zingizga shunday savol bering: «Modomiki omadsizlikka uchramasligimni bilganimda qanday yo‘l tutardim?».
Jasur bo‘l va zabardast kuchlar senda ko‘maklashishga keladilar!
Doimo «shunday yo‘l tutginki, go‘yo…» qabilida ish yuritsang, albatta muvaffaqiyatga erishasan.
Ichki sezgingga ishon — ko‘nglingga qarab ish tut.
E’tiqodni tarkib toptirishida doimiy ravishda o‘z-o‘ziga ta’sir ko‘rsatish yordam beradi. Nimaniki bot-bot takrorlasangiz, u ongingizning bir bo‘lagiga aylanadi.

Haqiqiy Boylikning o‘ninchi siri — Saxovatpeshalik quvvati

O‘zgalar yordamisiz yoki boshqalarga ko‘maklashmay turib biron-bir sohada to‘kinchi erishib bo‘lmaydi. O‘zgalarga yordamlasha turib, o‘zimizga ko‘maklashamiz.
Daromadingizning o‘n foizini muhtojlarga yordam berishga ko‘mak bersangiz, o‘zingizga ko‘payib qaytadi.
O‘zgalarga ko‘maklashgan chog‘da ongingizda mo‘l-ko‘lchilik hissi muhrlanadi


Вот несколько советов о секретах богатства из книги Адама Джексона «10 секретов обогащения».

О книге: Бизнеса у молодого человека не было, долгов много, а разбогатеть было немыслимо. Однажды утром, когда он совершал легкую пробежку по парку, он встретил невысокого старика-китайца, который задавал ему разные вопросы. Объясняет юноше, что нужно делать, чтобы добиться успеха и какие ошибки он допускает. Когда они поднимаются на холм, старик исчезает, оставив имена и номера телефонов 10 человек, которые научили его, как разбогатеть.
Молодой человек поочередно обзванивает номера, встречается с ними и собирает советы о секретах настоящего богатства. Когда с ними разговариваешь, полностью меняется их мышление, мировоззрение, отношение к деньгам. Он записывает в свой блокнот образцовые мысли тех, кто стал богатым и успешным. Секреты как разбогатеть ниже кратко записаны во время разговора юноши и человека, оставившего номер китайского старика. В конце книги юноша подчиняется им и добивается желаемого богатства, и однажды он звонит ему и спрашивает, получил ли он его номер от китайского старика и нуждается в совете, как разбогатеть.
Эта книга Адама Джексона стала очень популярной во всем мире. Если вам нужна полная версия книги, поищите в Интернете или прокомментируйте статьи, опубликованные на этом сайте. Будьте аналитичны и дискуссионны. После этого, если вы попросите меня через форму «Контакты», я вышлю книгу на вашу электронную почту в нужном вам формате (APK, PDF, DOC).

Первый секрет Истинного Богатства — сила непостижимых верований.

Люди не получают того, что могут. Они достигают того, чего, по их мнению, они могут достичь.
Все условия нашей жизни являются отражением наших бессознательных убеждений.
Обычно люди зарабатывают столько денег, сколько, по их мнению, они могут заработать. Мы можем изменить наши неправильно понятые убеждения с помощью самовоздействия.
У нас есть сила, чтобы достичь всего, о чем мы можем думать и доверять!
Победит только тот, кто верит в свою победу!

Второй секрет Истинного Богатства — Сила Желания.

Если вы не достигли Истинного Богатства в своей жизни, это правило означает, что вы еще не пробудились к большему намерению, чем что-либо еще. Если у вас нет великого намерения в жизни, вы никогда не добьетесь ничего стоящего.
Только когда вы захотите сделать все необходимое для этого и согласитесь на любые жертвы (кроме собственного достоинства, здоровья и отношений), у вас будет сильнейшее желание из всех.
Вы можете создать цель, превосходящую все остальные, используя следующие три способа использования трех рождественских шарпов:

мысли о пытках из-за безденежья;

мысли обо всех мучениях, которые он теперь испытывает из-за безденежья;

мысли о пытках, которые вы можете испытать в будущем, если ваше текущее финансовое положение не улучшится;

Представьте себе все блага, которые сулит вам будущее, если вы обладаете неограниченным богатством!

Третий секрет Истинного Богатства — сила ясности намерений.

Только когда вы точно знаете, чего хотите и зачем вам это, вы добьетесь всех своих целей в этой жизни.
Вам нужно четко определить причины ваших целей, почему вам нужно достичь этих целей и когда вам нужно их достичь. (Например, недостаточно сказать, что вы хотите быть богатым. Вы должны четко представлять себе, сколько денег вы хотите иметь и что вы хотите делать)
Всегда формулируйте свои цели в настоящем и такими, какие они есть. (Например, «С сегодняшнего дня и до (укажите дату, когда вы решили иметь этот фонд) я буду зарабатывать X 000 фунтов стерлингов.
Запишите свои цели и читайте их три раза в день — утром, днем ​​и вечером.
Представьте, что вы достигли этих целей.
Определите причины, необходимые для достижения этих целей. Помните, что богатство — это не просто сбор денег или наличие денег, это сила, которая дает вам эти деньги для осуществления ваших намерений.

Четвертый секрет Истинного Богатства — сила продуманного плана действий.

Если вы хотите быть уверенным в достижении своих целей, вам необходимо разработать руководство и создать продуманный план действий.
Помните золотое правило при решении любой проблемы — если кажется, что вы используете все возможности в полной мере… знайте, что это не так.
Если вы хотите чего-то добиться, вы должны делать три вещи: быть упорядоченным, быть упорядоченным… и быть упорядоченным.
Составьте план из десяти пунктов, перечислив десять возможных способов достижения любой поставленной перед собой цели.
Прежде чем откликнуться на вакансию, задайте себе три вопроса:

1. Нравится ли мне такая работа?

2. Соответствует ли эта работа моим способностям?

3. Приближает ли это меня к достижению более высокого положения и достижению моих финансовых целей?

Пятый секрет Истинного Богатства — сила Особых Знаний.

Тот, кто сумел накопить большое состояние в любое время, не сможет этого сделать без специальных знаний налогового законодательства, инвестиционных и сберегательных программ своего бизнеса, а также желаний и требований своих клиентов.
Знание является силой только в том случае, если оно правильно организовано и разумно используется для достижения конкретной цели, основанной на практическом плане действий.
Вам не обязательно знать все самому, но вы должны знать, где и как найти нужную информацию.

Шестой секрет Истинного Богатства — Сила Настойчивости.

Успех обычно не приходит от одного усилия, это результат многих усилий.
Разница между теми, кто преуспевает, и теми, кто терпит неудачу, обычно заключается в их решимости, а не в их таланте!
После любого действия, которое не приводит к желаемому результату, всегда спрашивайте себя: «Как долго я поступал правильно?» задать вопрос. Это всегда будет вдохновлять вас на следующий шаг.
Если вы действуете как каменщик и всегда проявляете настойчивость, делая выводы из опыта каждого вашего шага и обучения, ваши усилия всегда будут успешными.

Седьмой секрет Истинного Богатства — способность контролировать расходы.

Богатство определяется не тем, сколько денег вы зарабатываете, а тем, насколько хорошо вы можете жить на то, что зарабатываете.
Контроль ваших расходов поможет вам жить счастливо с суммой дохода, который вы получаете, и увеличивать этот доход.
Любой человек с ограниченными средствами должен контролировать свои расходы, чтобы обеспечить стабильный доход.
Вам нужно откладывать часть своего дохода. Это будет основой для будущего создания богатства.
Лучше, чтобы ваши деньги работали на вас, чем вы всегда работали, чтобы заработать деньги.

Восьмой секрет истинного богатства — сила честности

Что толку, если человек завоюет весь мир, но при этом потеряет свое сердце?
То, что мы делаем, что мы говорим и даже то, о чем мы думаем, однажды вернется к нам, обратно в мир.
Создание богатства путем обмана и мошенничества подобно строительству дома на песке. Он не задержится там надолго.
Прежде чем выбирать способы действия в личной жизни или бизнесе, подумайте:

Разве это не противоречит закону?

Соответствует ли он этическим нормам?

Могу ли я гордиться собой в результате?

Хочу ли я, чтобы мои близкие знали об этом?

Не потеряю ли я после этого свою самооценку?

Девятый секрет Истинного Богатства — сила Веры

При рассмотрении любого проекта, в котором вы уверены, запишите продуманный план действий и убедитесь, что его можно реализовать. Теперь спросите себя: «Что бы я сделал, если бы знал, что не потерплю неудачу?»
Будь смелым и могучие силы придут к тебе на помощь!
Если вы всегда будете действовать по типу «вести себя так, как будто…», у вас обязательно все получится.
Доверяйте своей интуиции — действуйте согласно своему сердцу.
Постоянное влияние на себя помогает формировать убеждения. Когда вы повторяете что-то снова и снова, это становится частью вашего разума.

Десятый секрет истинного богатства — сила щедрости

Без помощи других или без помощи других ни в какой области не может быть достигнуто никакого плетения. Мы помогаем себе, помогая другим.
Если вы пожертвуете десять процентов своего дохода нуждающимся, они вернутся к вам.
Когда вы помогаете другим, в вашем уме отпечатывается чувство изобилия.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 8
  1. Tòychiva muxlisa

    Matematika òyini yoqtiraman

    1. Yakubov Donyorbek

      Kitob zor qisqa londa :idea: :idea: :idea: :grin:

  2. Akbar Ali

    Kitob yaxshi lekin ozgina tushunarsiz kitobiy tilda emas hayotiy qilib tushuntirilsa manimcha kopro odam qiziqqan bolardi bu mani fikrim

  3. bilol

    Menimcha kitob bu kuprik bilim esa kuprikni tayanchi hisoblanadi
    Bez kitob uqib hayotda qullolmasak buni bir teyni kiragi yoq
    insonda entilish bulmasa ammo uqisa hech nima qilolmaydi .mehnat qilish asosida harakatdan tuxtamasligi kerag .

    1. Азиз

      Китобга 5 бахо укувчилар тушуниб хаётга тадбик килиш учун камида 10 марта укиб чикиш керак. Асл нусхасини

  4. Sanjar

    Kitob qayerda

  5. Oydin Ibragimova

    Assalamaleykum, manga judayam yoqdi, rahmat. Kitob qilib chqarsela yaxshi bo‘lardi, 400 varoqli, malumot 100% bo‘lardi imkoni bormi?

  6. Ramzbe Aikulov

    Kitobdi o`qidim birinch o`rinda insond uz qalbida bo`lish kerak il allox risqin bersa sababin qilsa inson boy buladi eng avalo inson oxirat boyligin tuplash kerak biz bu hayotka sinov uchun kelamiz kimdurlar boylik kimdurlar qiynchilik bilan sinalad biz birinch urinda oxirat boyligin qulga kiritishmiz kerak bu uz fikrim va dunyovi qarashim

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: