Bola ko‘p yolg‘on gapirsa, aldasa nima qilish kerak?

Bola ko‘p yolg‘on gapirsa, aldasa nima qilish kerak
Telegramda o'qish

Deyarli har bir ota-ona farzandi aldaganiga duch kelgan. Ba’zi ota-onalar bunga befarq bo‘ladilar, ba’zilar bolani koyidilar, ba’zilar esa qattiq jazolaydilar.

Nega bola aldaydi?

Maktabgacha yoshdagi bolalarda aldash uchun 3 asosiy sabab bo‘ladi:

1. Kuchli tasavvur. Kichik bolalar tasavvur qilishni yaxshi ko‘radilar. Shu sabab ba’zida ular haqiqatni tasavvur bilan adashtirib yuborishlari mumkin. Ota-ona qancha urinmasin, bu davrda bolaga haqiqat bilan tasavvur alohida ekanligini tushuntira olishning iloji yo‘q. «Shokoladni men yeganim yo‘q, bu qo‘shni dugonamning ishi» kabi yolg‘onlarni shu qatorga kiritish mumkin.

2. Esdan chiqarish. Bu yoshda bolalar biron muhim narsani esidan chiqarishi normal holat. Devorda chizilgan rasmlar kimning ishi ekanligini so‘raganingizda, bola, «bilmadim», deb tursa, u haqiqatdan ham esidan chiqarib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

3. Yaxshi ko‘rinish. Bolada ota-onasi uni yaxshi bola bo‘lsagina yaxshi ko‘radi, degan fikr bo‘lsa, u qilib qo‘ygan xatosini ota-onasidan bekitishga harakat qiladi. Shunda eng oson yo‘l, bu aldash bo‘ladi.

Lekin maktab yoshidagi bolani aldashga yuqoridagi vaqtinchalik holatlar emas, balki boshqa sabablar undashi mumkin. Bunga atrof-muhitning ta’siri, uydagi muhit, ota-onasining tez-tez aldashi va boshqa psixologik holatlar sabab bo‘lishi mumkin.

Bola aldasa qanday yo‘l tutish kerak?

Bola tez-tez aldayotganini sezayotgan bo‘lsangiz, uni jazolab vaziyatni murakkablashtirishingiz mumkin. Bola qo‘rqqanidan battar aldashni boshlaydi yoki sizga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi.

Quyidagi yo‘llar bolaning psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay aldashdan cheklashga yordam beradi:

Haqiqatgo‘ylikni rag‘batlantirish. Aldaganiga ahamiyat beravermay, biron kichik bo‘lsa ham haqiqatni aytganida, bolaga minnatdor bo‘ling. Unga bu haqda aytgani uchun, «rahmat» deyishni unutmang.

Kesatmaslik. Bola biron ayb ish qilib qo‘yganini bila turib, o‘zingizni bilmaganga olib unga kesatmang. «Manimcha bugun kimdur yomon baho olib keldi», kabi gaplar bolaga uning ustidan mazah qilayotganingizdek tuyiladi va umuman haqiqatni aytishga undamaydi.

Boladan ko‘p narsa kutmaslik. Bolaga yoshiga nisbatan ko‘proq va qiyinroq shart va qoidalarni yuklab qo‘yish to‘g‘ri emas. Jismonan sizning talablaringizni bajara olmagan bola, o‘zini kamsita boshlaydi. Sizning oldingizda oqlanish uchun esa yolg‘on gapirishni boshlaydi.

Ishonchni rivojlantirish. Ota-ona va bola orasidagi munosabatlarda eng muhimi — bu ishonchdir. Bola sizga ishonishi va siz unga ishonayotganingizga amin bo‘lishi kerak. Buning uchun oilada yolg‘ondan hamma voz kechishi kerak. Hatto kichik yolg‘on ham, bolaning ko‘zida ota-onasi yolg‘onchiligini namoyon qiladi. Masalan, ukol olishdan oldin, bola «og‘riydimi?», deb so‘rasa, uni ayab «yo‘q», deyishni o‘rniga «ozgina og‘rishi mumkin, lekin men sening yoningda bo‘laman,» deb aytish muhimroq. Baribir, bir necha soniyadan so‘ng u biladi og‘riganini, lekin siz aldaganingizni unutmaydi. Undan tashqari bolaga biron va’da berishdan oldin, u va’dani ustidan chiqa olishingizga amin bo‘ling. Shunda bolada ham sizga nisbatan ma’suliyat kabi tuyg‘u va ishonch rivojlana oladi.


Почти каждый родитель сталкивался с обманом своего ребенка. Одни родители равнодушны к этому, другие сжигают ребенка, третьи жестоко наказывают.

Почему ребенок обманывает?

Есть три основные причины, по которым дошкольники списывают:

1. Сильное воображение. Маленькие дети любят воображать. Из-за этого они иногда могут путать правду с воображением. Как бы ни старался родитель, объяснить ребенку, что реальность и воображение — разные вещи, невозможно. Ложь вроде «Я не ел шоколад, это дело моего соседа» можно включить в этот список.

2. Забывание. В этом возрасте дети обычно забывают что-то важное. Когда вы спрашиваете, что это за картины на стене, а ребенок отвечает: «Я не знаю», возможно, он или она действительно забыли.

3. Хорошо выглядеть. Когда ребенок думает, что родители любят его только тогда, когда он хороший ребенок, он пытается скрыть от родителей свою ошибку. Тогда проще всего обмануть.

Но мотивировать ребенка школьного возраста на списывание могут не вышеуказанные временные обстоятельства, а другие причины. Это может быть вызвано влиянием окружающей среды, домашней обстановкой, частыми родительскими изменами и другими психологическими факторами.

Что делать, если ребенок изменяет?

Если вы заметите, что ваш ребенок слишком много изменяет, вы можете усугубить ситуацию, наказав его. Ребенок может начать хуже обманывать или потерять доверие к вам.

Вот несколько советов о том, как посмотреть или записаться на прием для наращивания волос:

Поощряйте честность. Будьте благодарны своему ребенку, когда он или она говорит вам правду, какой бы маленькой она ни была. Не забудьте сказать «спасибо» за то, что рассказали ему об этом.

Не резать. Не обрезайте ребенка из-за невежества, зная, что он или она сделали что-то не так. Когда вы говорите: «Мне кажется, кто-то сегодня поставил плохую оценку», ребенок чувствует, что вы над ним смеетесь, и совсем не побуждает его говорить правду.

Не ждите от ребенка слишком многого. Неправильно навязывать ребенку все более сложные условия и правила, чем его возраст. Ребенок, который физически не может соответствовать вашим требованиям, начнет чувствовать себя униженным. И чтобы оправдаться перед вами, он начинает врать.

Укрепляйте доверие. Самое главное в детско-родительских отношениях – это доверие. Ребенок должен доверять вам и убедиться, что вы доверяете ему. Для этого все в семье должны перестать лгать. Даже маленькая ложь может показать ребенку, что его родители лгут. Например, перед тем, как взять шприц, если ребенок спросит: «Больно?». Так или иначе, через несколько секунд он понимает, что ему больно, но не забывает, что ты солгал.Кроме того, прежде чем давать ребенку какие-либо обещания, убедитесь, что вы их выполняете. Тогда у вашего ребенка разовьется чувство ответственности и доверия к вам.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: