Juma ayyomiga bag‘ishlangan she’r va tabriklarni qabul qiling.
Aytmoq istab sizga gaplarim.
Tentirayman parishon xalak.
Ikki dunyo orasin ochgan.
Aziz do‘stim JUMA MUBORAK…
* * *
Pok qalb ila jaynamoz oling.
Shaydo bo‘lsin minglarcha malak…
Ko‘zlaringiz iymonga boydir.
Aziz do‘stim JUMA MUBORAK. …..
* * *
Sochlariga oq tushgan Onam.
Otam uchun so‘rayman tilak..
Akam ~ ukam Opa ~ singillar .
Aziz do‘stim JUMA MUBORAK. ….
* * *
Mo‘minni sevdirgan mehr muborak,
Ro‘zada asqotgan sabr muborak.
Bundanda ajoyib bundanda go‘zal,
Ming kundan ulug‘roq «JUMA» muborak!..
* * *
Allohning rahmati bir sizga bo‘lsin,
Umringiz islomning nurila to‘lsin.
Shukrkim yetkazdi ulug‘ kunlarga,
Ushbu «juma» ayyom muborak bo‘lsin.
* * *
Juma ul ayyom juma muborak,
Hajj ul masokin juma muborak.
Bu kunni sog‘insang iymon muborak,
Jumlayu momindga juma muborak.
* * *
Dunyoda bayramlar to‘lib yotibdi.
Ularning bari,cho‘pchak, bir ertak.
Qarang bugun tong xam go‘zal otibdi.
Juma ayyomingiz bo‘lsin muborak!
* * *
O‘qigan namozlarimiz ijobat bulsin,
Hayot yo‘llarimiz ziyoga to‘lsin.
Baxt va omad sizga yor bulib,
Juma ayyomimiz muborak bo‘lsin!
* * *
7 kunning sultoni juma muborak bo‘lsin,
Qalblarda iymonu ibodat bo‘lsin.
Bu kunda niyatlar ijobat bo‘lsin,
Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin!
* * *
Jannat darvozasi ochilsa bu kun,
Osmondan farishta yog ’ilsa bu kun.
Sizni panohida asrasin robbim,
Hayrli bo‘lsin shu bugungi kun!!
* * *
RABBIMning rahmati yerga yog‘ilgan,
Mo‘minga mahfirat va’da qilgan.
Osiylar azobdan ozod etilgan,
Qalblarning rohati «JUMA» muborak!
* * *
Sizni suysin Payg‘ambarlar sardori,
Siz ham böling ul jannatning gavhari.
Ollohdan söraylik ezgu bir niyat,
Azizim bu kun «JUMA MUBORAK»!!!
* * *
Muborak kunlarda bölgani kabi,
Haq yodi bezasin har kunimizni.
Har damda, har qadam har soniyada,
Allohim panohida asrasin sizni!
Sayyidul ayyom Juma muborak!
* * *
Jumlayi mo‘minga jumadur bu kun,
Jonlangay bu kunda iymon hilqati.
Muslima ayyol qiz taom ulashing,
Bu kunda 1 soat savobdur buttun.
Bu kuni qabirda so‘roq bo‘lmagay,
Bu kunni islomda bayram atalgay.
Qalblar bir lahza shirin tin olgay,
Bu kun jumadur ummat yig‘lagay.
* * *
Ollohning iymon nurlarini sochayotgan ushbu kunida,
sizga namozning ulugi,
sajdaning eng halovatlisi,
savobning eng mukofotlisi,
farishtalarning eng muhabbatlisi va Ollohimning sevgisi yor bölsin…
JUMA AYYOMINGIZ muborak bölsin
* * *
Mehringiz faqat ollohga bo‘lsin,
Qalbingiz iymon nuriga to‘lsin,
Har kuningiz shunday quvonch-la o‘tsin,
JUMA kuningiz muborak bo‘lsin!
* * *
O‘tayotgan Go‘zal tong muborak!
Orzular ushaluvchi kun muborak!
Qalblarni tozalovchi shu on muborak!
Eng qadrli ayyom Juma Muborak!
* * *
Duoga qol oching tolmasin bilak
bugun sorayvering har neki tilak
fayzi bilan berur Alloh taborak
tavba sohibiga Juma muborak
* * *
Sizga bor go‘zal tilak,
Barcha kunlardan bo‘lak,
Ulug‘ bayramlardan biri,
Juma Ayyom muborak!
* * *
Iymoning oxiri nurli kelajak,
JANNATga kalit yo‘q namozdan bo‘lak.
Maqsad yo‘q savob ish qilishdan bo‘lak,
ALLOHIM sevgan kun JUMA muborak.
* * *
Tortiq bo‘lsin sizga duo-salomlar,
Dunyoda eng go‘zal shirin kalomlar.
Iloho uyingiz nurlarga to‘lsin,
Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin.
* * *
Ahli oilangizga salomim ayting
Ulug‘ kun ila aytgan tabrigim ayting
Sizlarni eslarman duo qilgan vaqtim
Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin!
* * *
Islom ne’matini boshingga toj qil,
Qalbin Alloh ga ber sajda — me’roj qil
Ka’batullohga gar yeta olmasang, yetim boshin silab
Har Juma haj qil! Muborak Juma qutlug‘ bo‘lsin!!!
* * *
«J»ilmayib tong otdi, özgacha bu kun,
«U»mid qil Rahmondan degandek bugun.
«M»ing kundan afzaldir, ming kundan uzun,
«A»lloh muborak qilgan JUMA muborak!!!:-)
* * *
Bismilloh deb ishin boshlagan,
Iymon deya yurak ‘ashlagan,
Ibodatdan ko‘zin yoshlagan,
Mo‘minlarga juma muborak…
Besh mahal namozda turgan,
Erta turib ro‘zador bo‘lgan,
Jannatdagi diydorni bilgan,
Insonlarga juma muborak…
Qiyomatga ishonib o‘zi,
Mazmunlidir har bitta so‘zi,
Alloh vaslin kutgaydir ko‘zi,
Ey musulmon juma muborak…
O‘lim haq deb doim ovungan,
Do‘stlariga jannat sog‘ingan,
Oxiratga diydor koldirgan,
Muslimlarga juma muborak…
Barchaga iymon tilaganlarga,
Oxirat deya ovunganlarga,
Rasululloh (s a v)ni sog‘inganlarga,
Allohim sevgan kun juma muborak…
Niyat qildik uzundan uzun,
Shu ishlarni kilsangiz har kun,
Inshoolloh aytamiz bir kun,
Ey azizim jannat muborak!
JUDAYAM Chiroyli manoli she’rla ko‘pakan rahmat olloh rozi bo‘lsin hammamizdan yana yangidan yangi she’rlani kutib qolamiz
Haqwatdan ham juda chiroyli sherlar qoyil
Çòk guzal
Assalamu alaykum
Zoʻr
yaxshi rahmat sizda yana sher kutamiz
Sherlarga gap yuq inshalloh hayotimiz davomida bunday jumalar kop bolsin
Yangi sherlar yoqkuuuu
Yangi Sheʼrlar yoʻqmi
mashaalloh
rahmat
Judayam zoʻrr
Juda ajoyib sherlar sizlar ham yaqinlaringizni tabriklang.
Da vashe chroyliyakan
Sizlar ham yaqinlaringizni tabriklang.
Yangi sherlar yoqdi zo’r