Baxtli hayotga erishish uchun 10 psixologik tavsiya

Baxtli hayotga erishish uchun 10 psixologik tavsiya
Telegramda o'qish

Inson hayotda o‘zini baxtli his etsagina rivojlanadi, yashashga bo‘lgan ishtiyoq ortib boradi. Baxt formulasini yaratib olish uchun quyidagi maslahatlarga murojaat qiling.

1. Baxtni rejalashtirishingiz kerak.

Har bir inson baxt haqida gapiradi, ammo uni aniqlash qiyin. Aslida, baxtning universal ta’rifi yo‘q bo‘lishi mumkin. Bu faqat siz uchun xos bo‘lgan vaziyatlarda erishishingiz mumkin bo‘lgan narsa. Shunday qilib, baxtli hayot uchun birinchi mahorat bu o‘zingizdagi baxt tushunchasini rivojlantirishdir.

 

2. O‘sishga e’tibor qarating

Baxtli hayot uchun qobiliyatlardan biri o‘zingizni doimiy ravishda sinovdan o‘tkazishdir. Sizdagi muammolar bu qo‘rquvga to‘lganligingiz yoki motivatsiyaning yo‘qligi belgisidir. Boshqa tomondan, qiyinchiliklarni qabul qilish sizni jonlantirishi mumkin. Bu esa hayotingizga bir qadar ma’no qo‘shgandek bo‘ladi. Maqsadlarga erishish yo‘lida harakat qilish yashashga bo‘lgan qiziqish va hayotdan qoniqishni oshiradi.

 

3. Har bir narsaning yorqin tomonlarini ko‘rishni o‘rganing.

Omon qolish instinkti tufayli inson boshdan kechirgan holatlarining ijobiy tomonlariga emas, balki salbiy narsalarga ko‘proq e’tibor qaratishga moyil bo‘ladi. Shuning uchun har bir kishining yoki vaziyatning yaxshi tomonlarini ko‘rishni o‘rganish oson kechmaydi.
Shunga qaramay, siz qila oladigan eng yaxshi narsa bu salbiy taxminlarning paydo bo‘lishi ehtimoli tug‘ilganda darhol ularga optimistik fikrlar bilan qarshi turishdir.

4. O‘zingizga ishonishga qodir bo‘ling.

Baxtli hayot uchun qobiliyatlardan biri bu o‘ziga ishonchdir. O‘zingiz uchun eng yaxshi do‘st bo‘ling. O‘zingizni tanqid qilishni to‘xtating. Xato qilganingizda yoki xohlagan narsangizga erisholmaganda ham o‘zingizni kechiring. O‘zingizga rahm-shafqatli bo‘ling. O‘zingizga nisbatan salbiy hukm chiqarmang.

5. Hayotingizning turli sohalarini muvozanatda tuting.

Ish hayotning muhim qismidir, lekin hayotning o‘zi emas. Bunga ko‘p vaqtingizni bag‘ishlaganingiz yaxshi. Ammo bu sizning hayotingiz markaziga aylanishiga yo‘l qo‘ymang! Atrofingizdagi odamlar sizning hayotingizda muhim o‘rin egallashi lozim. Ular sizning hamkoringiz, do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz bo‘lishi mumkin.Albatta, sizning sog‘lig‘ingiz va dam olishingiz ham juda muhimdir.

6. Yengilishni tan olmaslik.

Bu baxtli hayot uchun eng muhim qobiliyatlardan biridir. Bu muvaffaqiyatsizlikni unutish va undan hulosa chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lish deganidir. Ba’zan bu ko‘p vaqt talab etadi. Ammo, bu, albatta, biz barchamiz rivojlantiradigan mahoratdir. Buning uchun faqat mehnat va iroda kerak!

7. Odatlarga qarshi kurash.

Hammamiz aqliy, hissiy va jismoniy odatlarga to‘lamiz. Ba’zan, ular sizning hayotingizni osonlashtiradi. Boshqa hollarda, ular sizga zarar yetkazadigan mexanik harakatlardir. O‘zingizni tahlil qilishni o‘rganing. Yaxshi va yomon odatlaringizni farqlang, keyin esa faqat foydalilarini olib qolishga urining.

8. Hayotdagi maqsadni toping. Hayotda e’tibordan qoluvchi nuqtalardan biri.

Bilamizki, maqsadga erishganda hayot yanada qiziqarli va yoqimli bo‘ladi. Muammo shundaki barcha insonlar ham hayotda aniq maqsadlarini belgilab olmaydi. Unutmang, orzular kichik maqsadlarga, ular esa ulkan maqsadlarga aylanadi. Buni payqab oling.

9. Mehribon bo‘ling.

Ehtimol, siz yaxshi odamlar eng baxtli bo‘lib ko‘rinishini payqagandirsiz. Xafagarchilikka ko‘p duch keluvchilar — xudbin va shafqatsizlardir.
Boshqalarga mehribon bo‘lish sizga doimiy baxtni his qilish imkonini beradi. Inson hayotiga ijobiy ta’sir qilish orqali tuyiladigan quvonch bebahodir.

10. Sog‘lom munosabatlarni yarating

Baxtli hayot uchun eng muhim qobiliyatlardan biri.

Ijtimoiy munosabatlar shaxsiy farovonlik uchun zarurdir. Bunday munosabatlarni o‘rnatishning eng yaxshi usuli qadrlash, hurmat qilish va sizga in’om etilgan har bir narsadan minnatdor bo‘lishdir.

Baxtli hayot uchun ushbu ko‘nikmalardan oqilona foydalaning, atrofga ijobiy nigoh bilan boqing, insonlarni seving, shunda o‘zingizni seva olasiz, boshqalarning yutuqlariga havas bilan qarang, barchaga mehr ulashing, shundagina haqiqiy baxtni his etasiz.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: