“Halollik vaksinasi”, uni qayerdan olamiz, qanday yaratamiz?

“Halollik vaksinasi”, uni qayerdan olamiz, qanday yaratamiz
Telegramda o'qish

Insonning insoniyligi uning halloligi va pokligi bilan o‘lchanadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz hamisha pok va halol bo‘lishga da’vat etib kelgan, halol bilan haromni farqlash to‘g‘risida nasihat qilishgan.

Bugungi kunda ham halollik va poklik masalasiga hayotimizning yaxshilanishi va insoniyligimizning mezoni sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev bu boradagi ishlar samaradorligini ta’minlashda, turli illatlardan xoli, farovon, odil jamiyatni qurishda eng muhim “richag” — har birimiz o‘zimizni “halollik vaksinasi” bilan emlashimiz kerakligini ta’kidladi. Darhaqiqat, aynan halollik shu vaqtga qadar millatga azob berib kelayotgan dardlarga malhamdir.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda bot-bot tarqatilayotgan xabarlarga e’tibor bersak, aynan boshqaruvdagi halollik masalasini dolzarbligi namoyon bo‘ladi. Boshqaruvda halollik degani bu adolatli boshqaruvni anglatadi. Prezidentimizning “halollik vaksina”si bilan emlash deganda aynan boshqaruv jarayoniga e’tibor qaratgani bejiz emas, albatta.
Yuragi, qalbi pok va toza, halol luqma yegan va shu yo‘ldan yurgan insonlar hamisha xotirjam bo‘ladi, ko‘ngli ravshan, doimo sihat-salomat yuradi. Xorazmlik qomusiy olim, alloma Mahmud Zamaxshariy bu haqda shunday deb nasihat qiladi: “Halol va va pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga xiyonatu yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir”.
Prezidentimiz biroz hazil, ozroq armon bilan «… lekin o‘sha «halollik vaksinasi»ni qaydan olamiz?» degan fikrni bildirib o‘tdi. Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashda adolatni bosh mezon qilib olish aytishga oson. Ilgarigi tuzumlardan ma’lumki, qaysi tashkilotga korrupsiya bilan kurashish vakolati yuklatilsa, bu illatning barcha rishtalari o‘sha tashkilotga borib ulanaverardi. Bunday tashkilot, korrupsiyaga qarshi kurash emas, balki uni boshqarish va tartibga solish bilan mushg‘ul bo‘lib ketardi. Hech qanday jazo, hech qanday xavf buning oldini ololmagan. Buning yagona yo‘li – «halollik vaksinasi». Halollik insonning ongu shuurida bo‘lishi lozim. Uni esa paydo qilish kerak. Millatning yuzlab yillar davomida yiqqan bilimi, tajribasi, ma’naviy qadriyatlari, albatta, «halollik vaksinasi»ni paydo qilish uchun yetarli bo‘ladi. Shuning uchun doimo imon, poklik va halollik yo‘lida hushyor turishimiz kerak. Bu ayniqsa, hozirgi kunda yangi O‘zbekiston g‘oyasini izchil amalga oshirishda va bozor munosabatlariga keng yo‘l ochib berilgan davrda nihoyatda zarur.
 Xurshid Samatov,
falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Manba: Zarnews.uz

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: