Bahor mavsumida iste’mol qilish tavsiya etiladigan 5 ta mahsulot

Bahor mavsumida iste’mol qilish tavsiya etiladigan 5 ta mahsulot

Bahor fasli kirib kelishi bilan iliq ob-havo hamda quyoshli kunlar bilan birga, organizmda vitamin yetishmovchiligi jarayoni ham boshlanadi.

Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki quyoshsiz mavsumda iste’mol qilingan meva va sabzavotlar tufayli organizm biroz kuchsizlanadi. Bunga esa yangi mavsumning sarxil va vitaminlarga boy mahsulotlari yordam berishi mumkin.

Sarsabil

Garchi yil davomida do‘konlardan ushbu mahsulotni topish qiyin bo‘lmasa-da, uni ko‘proq bahorda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sarsabil tarkibida kaloriya miqdori past, ammo foydali modda va elementlarga boy. Shuning uchun mart oyidan boshlab uni iste’mol qilish yoz mavsumi uchun ham yaxshi tayyorgarlik hisoblanadi. sarsabildan salat va sho‘rvalarga qo‘shish, shuningdek, oddiygina qovurib yoki qaynatib ham tanovul qilish mumkin.

Ismaloq

Ismaloqni barcha sog‘lom turmush tarafdorlari uzoq vaqtdan beri iste’mol qilib keladi. Sababi ushbu mahsulot ko‘plab vitaminlarga – A, E, K va C, shuningdek, foliy kislotasi, temir va boshqa mikroelementlarga boy. Ismaloq bahor mavsumining eng birinchi xabarchilaridan bo‘lib, uning yangilarini mart oylaridanoq topish mumkin. Uni har qanday salat, taomlar va issiq yeguliklarga qo‘shish mumkin.

Rediska

Do‘kon rastalaridagi yangi rediska tarkibida C, PP vitamin va minerallar, shu jumladan, temir, natriy, fosfor, kaliy va kalsiy ko‘p bo‘lganligi sababli organizmda vitamin yetishmasligi bilan yaxshi kurashadi. Shu bilan birga, rediskaning kaloriya miqdori juda kam bo‘lib, mahsulotning 100 grammida atigi 20 kaloriya mavjud.

Pomidor

Albatta, pomidor faqatgina bahoriy mahsulot emas. Uni har qaysi faslda ham topish mumkin. Qishning sovuq kunlaridan keyin yangi pomidorlar iste’mol qilish ham mazali, ham foydalidir. Uning tarkibi vitaminlarga boy bo‘lib, salat, sabzavotli yeguliklar bilan yoki o‘zini tanovul qilish tavsiya etiladi.

Ko‘kpiyoz

Ushbu sabzavot odatdagi piyozga qaraganda o‘zgacha ta’mga ega. Shuning uchun ham ko‘pchilik uni sevib iste’mol qiladi. Ko‘kpiyozni har qanday taom va salat bilan birgalikda iste’mol qilish mumkin. U kaliy, fosfor va B1, B2 va C vitaminlariga boy.


С наступлением весны, наряду с теплой погодой и солнечными днями, начинается процесс авитаминоза в организме.

Неудивительно, что фрукты и овощи, употребляемые в засушливый сезон, могут быть изнурительными. В этом помогут насыщенные витаминами продукты нового сезона.

Сарсабиль

Хотя найти этот продукт в магазинах в течение всего года несложно, весной рекомендуется употреблять его больше. Сарсабил содержит мало калорий, но богат питательными веществами и элементами. Поэтому, начиная с марта, это хорошая подготовка к летнему сезону. Сарсабиль можно добавлять в салаты и супы, а также просто жарить или варить.

Шпинат

Шпинат издавна употребляют все здоровые люди. Ведь этот продукт богат многими витаминами – А, Е, К и С, а также фолиевой кислотой, железом и другими микроэлементами. Шпинат — один из первых вестников весеннего сезона, а новых можно найти уже в марте. Его можно добавлять в любой салат, блюдо или горячее блюдо.

Радишка

Свежий редис на прилавках магазинов богат витаминами С и РР и минералами, в том числе железом, натрием, фосфором, калием и кальцием, которые помогают бороться с авитаминозом в организме. Тем не менее, редька очень низкокалорийна, всего 20 калорий на 100 граммов.

Помидор

Конечно, помидоры – это не просто яровая культура. Его можно найти в любой сезон. Есть свежие помидоры после холодного зимнего дня и вкусно, и полезно. Он богат витаминами и рекомендуется для салатов, овощных блюд или сам по себе.

лук-порей

Этот овощ имеет другой вкус, чем обычный лук. Вот почему так много людей любят его. Овощи можно есть с любым блюдом или салатом. Он богат калием, фосфором и витаминами В1, В2 и С.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: