PISA dasturi haqida

PISA dasturi haqida

PISA dasturi, PISA testlari PISA tarixi haqida batafsil ma’lumotlar. PISA testlariga namunalar.

PISA testlari nima?

PISA (inglizcha — Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. Bu dastur bo‘yicha har uch yilda o‘quvchilarning bilimini baholash maqsadida sinovlar o‘tkaziladi. Hozirgi kungacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018 yillar) PISA dasturi bo‘yicha testlar o‘tkazilgan bo‘lib, keyingi sinovlar 2021 yilda bo‘lishi rejalashtirilgan. Mamlakatimiz ham 2021 yildan bu dasturga qo‘shilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Lekin bu dasturdan qatnashishdan maqsad testlarni o‘tkazish yoki o‘quvchilarni testga tayyorlash emas, o‘quvchilarimizda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish raqobatbordosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam zamin yaratish hisoblanadi.
Xo‘sh, PISA dasturining maqsadi nima, u qanday zaruriyat tufayli paydo bo‘ldi va PISA savollari qanday prinsipga asoslangan holda tuziladi?
XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr o‘z mutaxassislaridan umuman oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, o‘z sohasida iloji boricha ko‘proq ma’lumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan bo‘lsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar bo‘yicha mukammal onlayn ma’lumotlar bazalari yaratildiki, endi bu ma’lumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi.
Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi ma’lumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nimkosa”ni ko‘ra olish kompetensiyasi birinchi o‘ringa ko‘tarilayapti.
PISA testlari xuddi shu o‘zgarishlarni ta’lim tizimida aks ettirish, maktab o‘quvchilarining haqiqiy hayotda kerak bo‘ladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini qay darajada egallayotganini, ta’lim tizimining bu o‘zgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

PISA test tarkibi

PISA testlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: O‘qish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik yo‘nalishlari. O‘zbekiston 2021 yilda uch yo‘nalish: O‘qish, matematik savodxonlik va tabiiy-ilmiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha testlarda qatnashishni rejalashtirgan.
Testlarda asosiy e’tibor o‘quvchilarning mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ENG ASOSIY TUSHUNCHALARNI BILISHI, BAZAVIY BILIM VA KO‘NIKMALARNI EGALLAGANI, ULARDAN HAYOTIY VAZIYATLARDA FOYDALANA OLISHIGA QARATILADI! Bu testlarda o‘quvchilarning DARS DAVOMIDA ANIQ MAVZULAR BO‘YICHA O‘RGANGAN BILIMLARINI SINOVDAN O‘TKAZISH NAZARDA TUTILMAGAN!
PISA sinovlarida to‘rt xil sinov usulidan foydalaniladi:

a) Bir javobli testlar;

b) Bir nechta javobli testlar;

c) Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;

d) Biror muammoning yechimi bo‘yicha o‘quvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar bo‘ladi, o‘quvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, o‘quvchi ijodkorligi qo‘llab quvvatlanadi).

Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda o‘quvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan.

PISA: Asosiy yo‘nalishlar

O‘qish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan ma’lumotlarni tushina olish va ularga reaksiya bera olish ko‘nikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida o‘qigan ma’lumotlaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati.
Bu yerda, o‘qish savodxonligi tushunchasi keng ma’no kasb etadi. Bu yo‘nalish maqsadi o‘quvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli qo‘llanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang tematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga mo‘ljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va o‘qiganlari haqida o‘z fikrini bera olishi kabi kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi.
Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning o‘zi yashayotgan olamdagi o‘rnini bilishi, matematik jarayonlarni to‘g‘ri va to‘liq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini ta’minlash bu bo‘limning asosiy maqsadidir.
Bu bo‘limdagi savodxonlik terminidan bu bo‘lim maqsadi odatda maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada o‘zlashtirganini aniqlash emasligni ko‘rsatish uchun foydalanilgan. Asosiy e’tibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan qo‘llagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va ko‘nikmalar zarur bo‘lishi mumkin.
Bu yo‘nalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hk) duch kelinishi mumkin bo‘lgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi.
Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni anglab yetish, shunga ko‘ra kerakli qarorlar qabul qila olish ko‘nikmasini rivojlantirish bu bo‘limning asosiy maqsadidir.
Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari bilan birga), biologiya, kimyo va geografiya fanlari o‘qitilish jarayonida berilishi ko‘zda tutilgan.

PISA test namunalar

O‘zbekiston ta’lim sohasida islohatlarning yangi bosqichi hisoblangan PISA dasturida ishtirokiga tayyorgarlik bosqichi ustozlardan o‘z ishlariga yangicha yondashishni talab etadi. Bu tizim mamlakatimizda yangi, bu borada ishlar endi boshlanganini nazarda tutsak, birinchi navbatda o‘qituvchilarni bu tizim bilan tanishtirish, tizim talabi va imkoniyatlarini ularga tushintirish kerak bo‘ladi.
Shu maqsadda, PISA testlarini tuzish va ular bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish maqsadida, asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha turli fanlarga aloqador sinov materiallardan namunalar tuzishga qaror qildik. Quyida shu materiallarni keltiramiz.
Eslatma: PISA testlari haqiqiy namunalari jahon bo‘yicha mamlakatlardan saralab olingan eng kuchli mutaxassislar tomonidan tuziladi. Ularda bitta savolda o‘rtacha 500 1000 tagacha so‘zlardan tashkil topib, har matnga 5-8 gacha turli ko‘rinishdagi topshiriqlar beriladi. Bu savollar muallifining ular darajasida tajribasi, bilimi va imkoniyati yo‘qligini va savollar faqat taklif xususiyatiga ega ekanini inobatga olasiz deb umid qilaman. Matn va savollarda xato va kamchiliklar bo‘lsa, oldindan uzr so‘rayman.

O‘QISH SAVODXONLIGI

(PISA 2009 sinovida tushgan test tarjimasi)
Makondo
(Gabriyel Garsiya Markesning “Tanholikning yuz yili” romanidan parcha)
Makondo aholisi ham texnika asri ixtirolaridan bahramand bo‘la boshladilar. Ular Auriliano Tristi poyezdda olib kelgan generatorning to‘tovsiz tum-tumiga ko‘nikishlari qiyin bo‘lgan bo‘lsa ham, generatordan quvvat olayotgan lampochkalarga tunlari uxlamay, termulib chiqishardi. Savdogar Don Bruno Krespi teatrda namoyish qilgan, har bir tamoshasi uchun chipta ikki sentavodan sotilgan jonli tasvirli filmlardagi bir filmda o‘lib, qishloq ahlining qayg‘usiga sababchi bo‘lgan qahramonning boshqa filmda Arab savdogari qiyofasida paydo bo‘lishi ularning g‘azabini keltirib, teatrdagi o‘rindiqlarning chilparchin bo‘lishiga olib keldi. Shahar hokimi Don Bruno Krespi iltimosiga ko‘ra o‘tkazgan yig‘ilishida filmlar ko‘ngil ochish vositasi ekani, ular odamlarning bu darajada ehtiroslariga arzimasligi haqida ma’ruza qildi. Qishloq aholisi bu ma’ruzadan keyin o‘zlarini lo‘li ayolning hiylalariga aldangan odamlardek his qilib, o‘z tashvishlari ham yetib turganda hayoliy mavjudotlarning muammolarini tamosha qilib, ular uchun ham jon kuydirish niyatlari yo‘qligini bildirdilar va boshqa filmlarni ko‘rishga kelmaslikka qaror qildilar.
1. Filmlarning qaysi jihati aholining jahli chiqishiga sababchi bo‘ldi?
2. Nima uchun Makondo aholisi filmlarga boshqa kelmaslikka qaror qildilar?

A. Ular ko‘ngil ochishni istadilar, lekin filmlar hayotiyligi va tushkin kayfiyat paydo qilishi ularga yoqmadi.

B. Ular uchun chipta narxi qimmatlik qildi.

C. Ular hiisyotlarini haqiqiy hayot uchun asrashga qaror qilishdi.

D. Ular filmlardan hissiy ta’sir kutishgan edi, lekin filmlar zerikarli bo‘lib chiqdi.

3. Matn oxirida berilgan “hayoliy mavjudotlar” deganda nima nazarda tutilgan?

A. Arvohlar

B. Ixtirolar

C. Film qahramonlari

D. Aktyorlar

4. Siz Makondo aholisining filmlar haqidagi fikriga qo‘shilasizmi? O‘z fikringizni o‘zingizning filmlar haqidagi fikringiz va qishloq aholisi fikrini taqqoslash orqali izohlang.

O‘QISH SAVODXONLIGI (Adabiyot Test namunasi)

Badiiy asar va film
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari asosida suratga olingan filmda ba’zi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Masalan, Kumushbibi chap qo‘lida choy uzatish sahnasi. Filmdagi yana bir lavhada birgina qisqa so‘z tashlab ketilgan. Agar chuqurroq o‘ylab ko‘rilsa, kinochilar adibimizning topqirligiga putur yetkazib qo‘yganini fahmlash mumkin. Asarda Yusufbek hojining Marg‘ilondan Toshkentga birinchi bor kelgan Kumushbibini kutib olish sahnasi bor. Shu gapga diqqat qiling!
Filmda:
Yusufbek hoji: Marg‘ilonda shunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.
Asarda:
Yusufbek hoji: Marg‘ilonda ham shunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.
1. Filmdagi bu xato oqibatida qanday ma’no o‘zgarishi sodir bo‘lgan deb o‘ylaysiz?

A. Hech qanday o‘zgarish yo‘q

B. Asarda Yusufbek hoji bir gap bilan Kumushbibini maqtash asnosida Zaynabni ham alqab o‘tadi, filmda bu ma’no tushib qolgan.

C. Asarda Yusufbek hoji bir gap bilan Kumushbibini maqtash asnosida o‘g‘li Otabekni ham alqab o‘tadi, filmda bu ma’no tushib qolgan.

D. Asarda Yusufbek hoji Kumushbibiga Toshkentda ham kelini borligini bildirmoqchi bo‘lgan, filmda bu ma’no tushib qolgan.

2. Filmda bu so‘zning tushib qolishiga qanday omil sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin? To‘g‘ri bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma javobni belgilang.

A. Rejissyorning e’tiborsizligi

B. Senariy muallifining e’tiborsizligi

C. Rejissyorning matnni jo‘rttaga o‘zgartirgani

D. Rejissyorning yo senariy muallifining o‘zbek tili imkoniyatini to‘liq bilmasligi

E. Abdulla Qodiriyning o‘zining maslahati

(Izoh: Aslida bu savol PISA tizimi talablariga to‘liq javob bermaydi, PISA savolida o‘quvchidan aniq bir ma’lumotni bilish talab qilinadigan savol berilmaydi, lekin biz “Otkan kunlar”ni har bir o‘zbek biladigan hayotiy ma’lumot deb qabul qilgimiz keldi)

Muallif: Raxmonberganov Otabek
Xorazm viloyati Gurlan tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi informatika fani o‘qituvchisi


Программное обеспечение PISA, тесты PISA Подробная информация об истории PISA. Образцы для тестов PISA.
Что такое тесты PISA?
PISA (англ. Program for International Student Assessment) — программа, оценивающая грамотность (чтение, математика, естественные науки) и способность применять знания 15-летних школьников в разных странах.
Данная программа проводится один раз в 3 года. Впервые он был разработан в 1997 году и впервые использован в 2000 году. Программа проводит тесты каждые три года для оценки знаний учащихся. На сегодняшний день в рамках программы PISA проведено 7 тестов (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 и 2018 гг.), следующие испытания запланированы на 2021 год. Наша страна также готовится присоединиться к программе с 2021 года. Однако целью участия в этой программе является не проведение тестов или подготовка студентов к тестированию, а создание прочной основы для формирования у наших студентов конкурентоспособных навыков в XXI век Для чего предназначена программа PISA, для чего она нужна и по какому принципу строятся вопросы PISA XXI век – век информационных технологий. Этот век требует от своих специалистов компетенций, совершенно отличных от предыдущих. В ХХ веке и раньше высоко ценились крепкая память, энциклопедические знания, профессионалы, знавшие как можно больше информации в своей области, но сейчас эти знания уже не имеют решающего значения. Созданы поисковые системы, онлайн-энциклопедии, отличные онлайн-базы данных по отраслям, и теперь необходимость запоминать эту информацию отошла на второй план, то есть умение видеть «полстакана под стаканом» становится все более важным. отразить те же изменения в системе образования, проанализировать события, которые нужны школьникам в реальной жизни, определить, в какой степени они приобрели навыки делать выводы и общаться, и в какой степени система образования адаптируется к этим изменениям.
Содержание теста PISA
Тесты PISA проводятся по 5 направлениям: чтение, математическая грамотность, наука, совместное решение проблем и финансовая грамотность. В 2021 году в Узбекистане планируется сдача тестов по трем направлениям: чтение, математическая грамотность и естественные науки.
Основной упор в тестах делается на то, чтобы учащиеся знали самые основные понятия в этих областях, приобретали базовые знания и навыки и могли использовать их в реальных жизненных ситуациях! Эти тесты не предполагают проверки знаний студентов по конкретным темам в течение курса!В тестах PISA используются четыре различных метода тестирования:
а) тесты с одним ответом;
б) тесты с несколькими ответами;
в) Вопросы с краткими или развернутыми ответами;
г) Мнение студента о решении задачи (обычно в таких вопросах у экзаменатора есть общие ответы, ответ студента не обязан точно соответствовать ответу составителя теста, поддерживается творчество студента).
Одновременно с тестами планируется также получать анкеты от студентов.
ПИЗА: Основные направления
Читательская грамотность: способность понимать и реагировать на текстовую информацию, умение использовать информацию, полученную в процессе активного участия в жизни общества, в своих целях, для расширения знаний и возможностей.
Здесь понятие грамотности чтения приобретает более широкое значение. Целью данного курса является предоставление учащимся отрывков из заданного художественного произведения, биографий, писем, документов, статей из газет и журналов, различных пособий, географических карт, схем, рисунков, карт на самые разные темы, включая текст , графики и таблицы, чтобы определить компетентность данного текста, подумать о содержании, оценить содержание текста и высказать мнение о прочитанном Математическая грамотность: проверяет, что процессы могут быть правильно и полностью обоснованы. Основная цель этого раздела состоит в том, чтобы человек мог использовать математику таким образом, чтобы удовлетворить потребности творческого, любознательного и думающего человека в текущих и будущих математических знаниях, используемых для демонстрации того, что он еще не освоил. Основное внимание уделяется использованию математических знаний с помощью разнообразных методов, требующих мышления и интуитивного принятия решений в самых разных жизненных ситуациях. Однако для ответа на вопросы такого типа могут потребоваться знания и навыки, предусмотренные школьной программой.. Грамотность: Способность выявлять проблемы, которые могут быть решены с научной точки зрения в жизненных событиях, делать выводы на основе наблюдений и экспериментов. Эти выводы и являются основной целью данного отдела понять окружающий мир и понять изменения, происходящие в нем в результате деятельности человека, а значит, развить способность принимать необходимые решения вместе), биология, химия и география.
Тестовые образцы PISA
Подготовительный этап участия Узбекистана в программе PISA, новый этап реформы образования, требует от учителей нового подхода к своей работе. Учитывая, что эта система в нашей стране новая, и работа только началась, необходимо сначала познакомить учителей с этой системой, объяснить им требования и возможности системы.
С этой целью мы решили создать образцы тестовых материалов, относящихся к разным дисциплинам по основным направлениям, чтобы разработать тесты PISA и возможность работы с ними. Ниже мы представляем эти материалы. Примечание: Реальные образцы тестов PISA составляются сильнейшими экспертами, отобранными из стран мира. Они состоят в среднем от 500 до 1000 слов на вопрос, и к каждому тексту дается 5-8 различных типов заданий. Надеюсь, вы учтете, что автор этих вопросов не обладает опытом, знаниями и способностями на их уровне, и что вопросы носят лишь наводящий характер. Заранее извиняюсь, если будут ошибки или неточности в тексте и вопросы.
ЧТЕНИЕ ГРАМОТНОСТЬ
(тестовый перевод PISA 2009)
Макондо (отрывок из романа Габриэля Гарсиа Маркеса «Сто лет одиночества») Жители Макондо также начали пользоваться изобретениями технического века. Хотя им было трудно привыкнуть к непрекращающемуся шуму генератора, который Аурилиано Тристи привез с поездом, они смотрели на лампочки, работающие от генератора, по ночам, не засыпая. Торговец Дон Бруно Креспи умер в одном из игровых фильмов, продававшихся в театре по два цента, билеты на каждое представление, а появление главного героя в образе арабского торговца в другом фильме, вызвавшее горе жителей деревни, разозлило их. , заставил сиденья в театре разбиться. На встрече, проведенной по просьбе мэра Дона Бруно Креспи, он сказал, что фильмы — это средство развлечения, что они не стоят страсти людей на этом уровне. После лекции сельчане чувствовали себя обманутыми цыганкой, смотрели на своих воображаемых существ, когда их заботы были под рукой, и говорили, что не собираются за них жечь и не приходить на другие фильмы. .1. Какой аспект фильмов разозлил население? 2. Почему жители Макондо решили больше не ходить в кино?
А. Они хотели развлечься, но им не нравилась живость и депрессивное настроение фильмов.
B. Цены на билеты были для них дорогими.
C. Они решили сохранить свои чувства для реальной жизни.
Д. Ожидали от фильмов эмоционального воздействия, но фильмы оказались скучными.
3. Что подразумевается под «воображаемыми существами» в конце текста?
А. Призраки
Б. Изобретения
C. Герои кино
Д. Актеры
4. Согласны ли вы с мнением жителей Макондо о фильмах? Объясните свое мнение, сравнив свое мнение о фильмах и мнение жителей села.
ГРАМОТНОСТЬ ЧТЕНИЯ (образец теста по литературе)
Фильм
, основанный на произведении Абдуллы Кадири «Последние дни», имеет некоторые недостатки. Например, у Сильвербиби в левой руке сцена доставки чая. В другой сцене фильма пропущено только одно короткое слово. Если подумать глубже, то можно понять, что создатели фильма подорвали изобретательность нашего писателя. В спектакле есть сцена встречи Юсуфбека Хаджи с Кумушбиби, впервые приехавшей в Ташкент из Маргилана. Обратите внимание!В фильме: Юсуфбек Хаджи: У нас была такая невестка в Маргилане, но мы этого не знали.В спектакле: Юсуфбек Хаджи: Как вы думаете, какой смысл изменился в результате этой ошибки в фильме?
А. Нет изменений
Б. В спектакле Юсуфбек Хаджи хвалит Кумушбиби одним предложением, а также приветствует Зайнаб, что теряется в фильме.
C. В пьесе Юсуфбек Хаджи восхваляет Кумушбиби и восхваляет своего сына Отабека, но в фильме этот смысл теряется.
Д. В спектакле Юсуфбек хотел сказать Хаджи Кумушбиби, что у него тоже есть невеста в Ташкенте, а в фильме этот смысл потерялся.
2. Какой фактор мог привести к тому, что это слово попало в фильм? Отметьте все ответы, которые могут быть правильными.
А. Халатность директора
Б. Халатность сценариста
C. Режиссер изменил текст на шутку
D. Режиссер или сценарист не полностью владеет узбекским языком
Собственный совет Э. Абдуллы Кадири
(Примечание: На самом деле этот вопрос не полностью соответствует требованиям системы PISA. Мы хотели это сделать)
Автор: Рахмонберганов Отабек
Учитель информатики 1-й общеобразовательной школы Гурланского района Хорезмской области

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 16
  1. Doniyor Tilabov

    Yaxshi eka menga yoqdi

  2. Munisa Muhammadjonovna

    PISA dasturi testlar imkoniyatlari b.n tanishdim.
    Mning fikrimcha o‘quvchini jalb qilish bilimini oshirish uchun yaxshi yo‘l yoki tajriba

    1. OZODBEK

      SALOM ;-)

  3. Muxtasam Boratova

    Менга жуда ёкди. Мантикий саволлар айникса. Pisa testlar maktablar uchun juda yaxshi. OTM lar uchun tuzish kerak ekan.

  4. jasurbek yusufjonov

    shuni kitobi yo‘qmi

  5. 48-MAKTABDAN SALOM

    BAXTIYORJON YAHSHIMISIZ MENGA PIZA DA BIZ NIMANI O‘RGANISHIMIZ KERAK . NIMA ISHLARLKILISHIMIZ KERAK

  6. 68-maktab

    Ma’lumotdan ko‘ra reklamani zo‘r joylashtiribsiz. Erkin o‘qishga hech qo‘ymaskan. Ixtiroga «5». Lekin bu ma’lumotlarni boshqalar bemalol tanishishi uchun qo‘ygansiz shekilli?

  7. Rasulov Samandar

    men pisa testi bilan tanishib chiqdim menga yoqdi raxmat

  8. Аноним

    :cool:

  9. OZODBEK

    ;-)

  10. 96-maktab

    Barchaga salom ️

  11. Аноним

    :smile: :shock: :shock: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: :?:

  12. Amid

    Barchaga salom :lol: :smile:

  13. Muqaddas

    Juda zo‘r ma’lumotlar elan. Rahmat :idea: :idea:

  14. Muqaddas

    Zo‘r ma’lumotlar ekan. Rahmat

  15. Аноним

    :idea:аепнапрвччцыФЙЯЧВАРРПМГЕ,ДШГПНОТИПНЕВКЕАС

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: