Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan mobil ilova taqdim etildi

Telegramda o'qish

6-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-marifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.


«Navoiy yodi-la yashaymiz mudom» nomli tadbirda xorijlik mehmonlar, Prezident va ijod maktablari o‘quvchilari, professor o‘qituvchilari, OAV vakillari qatnashdi. Tadbir Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va ma’sul tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tomonidan yaratilgan Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan mobil ilova taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ilovada buyuk mutafakkirning ijodi o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, nemis, fors va arab tillarida jamlangan. Ilovaning yutuqlaridan biri sifatida Navoiy asarlarining audio shaklida ham taqdim etilgani qayd etildi. Ilovada har bir foydalanuvchining o‘z shaxsiy kabineti bo‘lib, o‘quvchi o‘zi istagan g‘azal yoki ruboiyni oflayn ko‘rinishda foydalanishi mumkin. Ilova tashabbuskorlaridan birining ta’kidlashicha, hozirda unda 100 ga yaqin ijod namunalari jamlangan, yaqin kelajakda bu sonni oshirish rejalashtirilmoqda.
Ilova tez kunda «App Story» va «Play Market» platformalariga joylashtiriladi va barcha uchun bepul yuklab olish imkoniyati bo‘ladi.

Bundan tashqari, 1-2-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan «Alisher Navoiy o‘quvchisi» nomli mobil o‘yini ham ushbu maktab o‘quvchilari tomonidan yaratildi.
Tadbirning badiiy qismida san’atimiz namoyondalari ishtirok etishdi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: