Oddiy dehqon yaratgan super o‘zbekcha android dasturlar

O‘zbekcha android dasturlar

“Qishloqdan dexqon” taxallusli dasturchi yaratgan super o‘zbekcha android dasturlar, mobil ilovalar va qiziqarli o‘yinlar – qoyil va rahmat!

Dasturchi shaxan menga tanish emas. Uning Telegramm tarmog‘ida @dasturlar2018 kanalini va Google playdagi Dehqon Developer hisoblarini qiziqish bilan kuzatib boraman. Dasturchi barcha uchun o‘zbek tilidagi android dasturga bo‘lgan ehtiyojlarni qamrab olishga harakat qilgan. Uning ishini faqat professional deb baholash mumkin. Mobil dasturlar deysizmi, android o‘yinlar deysizmi, android kitoblar va programmalar deysizmi barchasidan eng keraklilari bor. Ulardan talabalar, abiturentlar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va hatto bolajonlar ham foydalanishi mumkin. Gapni ham cho‘zib yubordim, dasturlar bilan tanishtirishni boshlay.

1- “Mobil Agranom” dasturi

Tomorqadan unumli foydalanishni istaydigan kishilar uchun.
Mobil agranom dasturi
Ushbu offlayn ilova quyidagi qulayliklarga ega:

Dehqonchilik uchun yerni tayyorlash;

Donli ekinlar hamda ularni parvarishi;

Mevalarni parvarishlash sirlari;

Poliz ekinlarini yetishtirish;

Chorvachilik, mol, qo‘y boqish sir-sinoatlari;

Sabzavotlarni ekish va parvarishlash, kasallikka qarshi kurashish;

Gullarni ekish va parvarishlash.

Mobil Agranom dasturi
Dasturni yuklab olish: Mobil Agranom — Yangi uzbekcha programma 2019

2- “Biznesmen 2019” dasturi

Boy bo‘lishni istaysizmi? Qanday qilib milliarder bo‘lish mumkin? Ushbu android dasturda boy bo‘lish sirlari, milliarder odamlardan aforizmlar, yo‘l-yo‘riqlar mujassam.
Biznesmen 2019 dasturi
Ushbu o‘zbekcha programma quyidagi qulayliklarga ega:

Boy bo‘lish sirlari;

Biznes rejalar;

Ayollar uchun biznes g‘oyalar;

Koreyaga boorish haqida;

Pul toppish sirlari;

Internetda pul toppish;

Motivatsiya beruvchi biznes qonun-qoidalar.

Biznesmen 2019 dasturi
Dasturni yuklab olish: Biznesmen 2019 — Boy bo‘lish sirlari yangi kitob

3- “Test tuzish” dasturi

Abiturentlar, talabalar, til o‘rganayotganlar va o‘quvchilar uchun universal dastur.
Test tuzish dasturi
Yodlayotgan nom, lug‘at, formula, kimyoviy jadval va boshqa atamalarni savol va javob tarzida dasturga kiritib borasiz. Ma’lumotlar har 10 tadan oshganda dastur kiritilgan ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda test tuzib beradi. Ushbu testlarni yechish barobarida siz ham o‘sha ma’lumotlarni takrorlab, bilimingizni mustahkamlab borasiz. Shu bilan birga siz dasturda ma’lum bir vaqtni belgilab qo‘ysangiz o‘sha vaqt kelganida dastur jiringlab sizga “Ushbu lug‘atni takrorla” mazmunida xabar yuboradi. Muallif dasturga misol tariqasida ingliz tilidan 10 dona so‘z lug‘atini joylab qo‘ygan. Testlar bo‘limida ushbu lug‘atlardan tuzilgan testlar bor.
Test tuzish dasturi
Dasturni yuklab olish: Test tuzish — abiturient 2019

4- “Ayollar kundaligi” dasturi

Go‘zal ayollar va qizlar uchun hamma narsa: soch parvarishlari va turmaklari, turli kiyim kechaklar modalari, go‘zallik sirlari, yuz parvarishi, pardoz-andoz, farzand tarbiyasi, hamda oila bo‘sag‘asida turgan yosh kelinlar uchun maslahatlar o‘rin olgan. Ayollar kundaligi dasturi
Dasturda shuningdek quyidagi foydali ma’lumotlar ham joylangan:

Tirnoq, kiprik, lab parvarishi;

Bichish-tikish

Ayollar psixologiyasi;

1000 dan ortiq taom va salat tayyorlash ritsepti videosi bilan;

Yuz uchun niqoblar;

Ayollar kalendari;

Soch prichoskasi;

Ayollar salomatligi bo‘limida ayollarni bezovta qiladigan barcha kasalliklar uchun davo choralari.

Bu opa-singillarimiz uchun mutlaqo bepul yangi kitob. Eslatib o‘taman, dastur internet yordamida ishlaydi.
Ayollar kundaligi dasturi
Dasturni yuklab olish: Ayollar-Kundaligi-Gozallik-Pishiriqlar-

5- “Chekishni tashlash” aqlli dastur

O‘zbekcha dasturlar ichida eng foydali dasturlardan biri.
Chekishni tashlash aqlli dastur
Bu programma orqali sigaret chekishni tashlash ehtimoli yuqori. Dastur kishining sabr-matonatini o‘lchab kashandalikdan halos bo‘lishga undaydi.
Chekishni tashlash aqlli dastur
Dasturni Play Marketdan yuklab olish: Chekishni tashlash — aqlli uzbekcha programma

6- “Odamlar psixologiyasi” dasturi

Bu mobil dastur odamlarni yurish-turishi, yuz tuzilishi, mimikasiga qarab xarakterini ochib beruvchi o‘zbekcha programma.
Odamlar psixologiyasi dasturi
Ushbu antiqa programma biroz qo‘pollashtirib yuborilgan bo‘lsada, qadimiy ishonchli psixologik kitob asosida tayyorlangan.
Odamlar psixologiyasi dasturi
Dasturni yuklab olish: Odamlar psixologiyasi

7- “Sog‘lom hayot” dasturi

Ortiqcha vazn yoki aksincha vazn yetishmasligidan aziyat chekayotgan kishilar uchun foydali ilova.
Sog‘lom hayot dasturi
Dastur har kuni 7 daqiqalik mashqlar, taymer, mashq qilish qoidalari, mashqlar vaqti va kunini belgilab qo‘yish, o‘sha vaqtda eslatishni yoqish, to‘g‘ri ovqatlanish, qorinni yo‘qotish va parxez qilish sirlari kabi funksiyalarga ega. Har kuni ushbu dasturdagi mashqlarga amal qiling va sog‘lom hayot kechiring!
Sog‘lom hayot dasturi
Dasturni yuklab olish: Sog‘lom Hayot — Ozish va badan tarbiya mashqlar

8- “Telefon tozalash” dasturi

Ushbu android dastur telefondagi umuman keraksiz chiqindi keshlarni, viruslarni, faravon ishlashi uchun halal beradigan barcha yomonliklarni daf etadi.
Telefon tozalash dasturi
Bu dastur telefon qizishi, sekin ishlashi va qotib qolishini oldini olish, batareykani tejash, internet mb larni sababsiz ko‘p ketib qolishini oldini olish kabi xususiyatlarga ega yagona o‘zbekcha programmadir. Yuklab oling va baho bering.
Telefon tozalash dasturi
Dasturni yuklab olish: Telefon Tozalash- batareykani tejash programmasi

9- “Namoz kitobi” dasturi

Namoz o‘qishni o‘rganish uchun mukammal dastur.
Namoz kitob dasturi
Namoz kitobda quyidagilarni o‘rganish mumkin:

Taxorat qilish video darslik;

Taxorat buzilish sabablari;

Taxoratning barcha turlari, jumladan g‘usl;

5 vaqt namoz o‘qish bo‘yicha darslik;

Qur’on oyatlari mp3 tarzda;

Va ko‘plab namoz haqida kitoblar.

Ushbu programma O‘zbekiston Respublikasining diniy qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan “Men ham namoz o‘qiyman” kitoblari asosida tuzilgan.
Namoz kitob dasturi
Dasturni yuklab olish: Namoz kitobi va taxorat qillish haqida kitob

10- “Zikr ahlidan so‘rang” dasturi

Ushbu android programmada siz o‘zingizni qiynayotgan islomiy, diniy savollaringizga to‘liq va xolis javob olishingiz mumkin.
Zikr va ilm ahlidan so‘rang dasturi
Ilova “Dinda savolim bor” va “1001” kitoblari asosida yaratilgan. Ushbu offlayn dasturda 600 dan ortiq zikr va ilm ahlidan so‘ralgan savol-javoblar hamda 600 dan ortiq hujjatlar asosida yig‘ilgan fatvolar lotin va kirill yozuvlarida keltirilgan.
Zikr va ilm ahlidan so‘rang dasturi
Dasturni yuklab olish: Zikr va Ilm ahlidan sorang — yangi kitob 2019

11- “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dasturi

Ona tili va adabiyoti o‘qituvchilari, shu yo‘nalishdagi talabalar va o‘quvchilar uchun eng kerakli mobil dastur.
O‘zbek tili izohli lug‘ati dasturi
Ushbu programmada o‘zbek tilidagi 32000 dan ortiq so‘zlarning izohi keltirilgan. Qoyil qolish kerak, juda foydali dastur.
O‘zbek tili izohli lug‘ati dasturi
Dasturni yuklab olish: O‘zbek tili izohli lug‘ati

12- “O‘zbek tilining morfem lug‘ati” dasturi

Ona tilimiz yuksalishi yo‘lidagi katta qadam.
O‘zbek tili morfem lug‘ati dasturi
Ushbu android dasturda 26000 dan ortiq so‘zlarning yasalishi o‘rin olgan. Muallif ushbu dasturni TATU talabalarining stikkerlariga javob sifatida tayyorlaganligini aytar ekan, ularni ham xalqimiz uchun foydali dasturlar yaratishga undagan. Ta’rifga til ojiz.
O‘zbek tili morfem lug‘ati dasturi
Dasturni yuklab olish: O‘zbek tili Morfem lug‘ati

13- “Internet tezligi” dasturi

Ushbu ajoyib programma internet tezligini o‘lchash, sarf-harajatlarni kuzatish va antenna chiqmay qolganda setni topishga yordam beradi.
Internet tezligi dasturi
Internet o‘lchashda juda qo‘l keladi, boshqacha aytganda sarf-harajatlar kitobi desa ham bo‘ladi. Internetingizni nazorat qiling.
Internet tezligi dasturi
Dasturni Play Marketdan yuklab olish: Internet tezligi — O‘zbekcha programma 2019

14- “Adabiyot ensiklopediyasi” dasturi

Ushbu android ilovada 5-,6-,7-,8-,9-,10-,11 sinflarning adabiyot kitoblari, hamda kollej, litseylarning adabiyot darsliklari o‘rin olgan.
Adabiyot ensiklopediyasi dasturi
Shu bilan birga adabiy lug‘atlar, ko‘plab shoir va yozuvchilar biografiyasi, barcha o‘zbek adabiyoti vakillarining ijod namunalari kiritilgan.
Adabiyot ensiklopediyasi dasturi
Dasturni Play Marketdan yuklab olish: Barcha sinf va litsey adabiyot kitobi — Offlayn

15- “Soch parvarishi va Turmaklari” dasturi

Go‘zal ayollar va qizlar uchun yana bir ajoyib mobil dastur.
Soch parvarishi va Turmaklari dasturi
Bu yerda soch turmaklari, soch parvarishi, quruq va yog‘li sochlar uchun niqoblar, kasallikka qarshi davo choralari keltirilgan. Ushbu dastur bilan xotin-qizlar yanada maftunkor ko‘rinishga ega bo‘ladilar.
Soch parvarishi va Turmaklari dasturi
Dasturni yuklab olish: Soch parvarishi va Turmaklari

16- “Aql jangi” dasturi

Yangi intellectual o‘yin, o‘z ism familiyangiz va rasmingiz bilan ro‘yhatdan o‘ting va siz kabi ro‘yhatdan o‘tgan real insonlar bilan jonli ravishda test savollari orqali jang qiling.
Aql jangi dasturi
Ishtirokchi raqibingizni va mavzu yo‘nalishni tanlang, shundan so‘ng aql jangiga kirishing. Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha savollar mavjud:

Oson savollar;

Sportga oid savollar;

Diniy islomiy testlar;

Biologiya, fizika, matematika, ona tili adabiyot, tarix, ingliz tili, kimyo va boshqa fanlardan OTM, DTM test savollari.

Dasturda o‘yinda ishtirok etishdan tashqari qiziqarli faktlar bilan tanishish, bilimga chanqoq yoshlar bilan do‘stlashish, ingliz tili va rus tili honalarida inglizcha va ruscha suhbat qurish imkoniyatlari ham bor. Hoziroq sinab ko‘ring.
Aql jangi dasturi
Dasturni yuklab olish: AQL JANGI — test savollar ijtimoiy dastur

17- “Super matematika” dasturi

Matematikaga oid aqlni charxlaydigan super o‘zbekcha o‘yin.
Super matematika dasturi
Ushbu fandan oson va murakkab masalalar taqdim etiladi. Savollarni keyingi misol chiqquncha yechish kerak. Savollar test ko‘rinishda emas, undanda qiziqarliroq ko‘rinishga ega. Matematikaga qiziqasizmi?
Super matematika dasturi
Dasturni yuklab olish: Super matematika — Boshqotirma uzbekcha

18- “Ahad Qayum she’rlari” dasturi

Yosh shoir Ahad Qayumning muxlislari uchun tuhfa.
Ahad Qayum she’rlari dasturi
Ilovada shoirning vatanga sadoqat, erkaklik, do‘stlik, armon bo‘lgan sevgi va boshqa muhabbat mavzularidagi she’rlari o‘rin olgan.
Ahad Qayum she’rlari dasturi
Dasturni yuklab olish: Ahad Qayum — barcha sherlari

19- “Rasmlar va aforizmlar” dasturi

Rasmlar va aforizmlar olami.
Rasmlar va aforizmlar dasturi
Dasturda nimalar bor?

O‘zbekcha rasmlar;

Kulgili prikollar;

Statuslar;

Aforizmli rasmlar;

She’rli rasmlar.

Dastur internet orqali ishlaydi va xohlagan rasmni ko‘chirib olish mumkin.
Rasmlar va aforizmlar dasturi
Dasturni yuklab olish: Rasmlar va Aforizmlar

20- “Osonsavdo vodiy bo‘limi” dasturi

Mahsulotlarni sotish va sotib olish bo‘yicha qulay bo‘lgan android ilova.
Osonsavdo vodiy bo‘limi dasturi
Ushbu ilovada quyidagilarni amalgam oshirish mumkin:

Sotish, sotib olish va almashish;

Ijaraga berish va ijaraga olish;

Avtobozor avtomobillar sotish O‘zbekistonda;

Turli xizmatlarni O‘zbekiston bo‘ylab taqdim etish yoki xizmatchilar yollash;

Yaqin atrofdagi e’lonlarni ko‘rish;

Chat orqali xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasida suhbat;

Mahsulot tagida fikr izoh qoldirish imkoniyati.

Bu faqat vodiy viloyatlari uchun (Andijon, Farg‘ona, Namangan) maxsus programma.
Osonsavdo vodiy bo‘limi dasturi
Dasturni yuklab olish: OsonSavdo — Vodiy bo‘limi

Hozircha shular. Eslatib o‘taman, barcha tavsiflar dasturning Play Marketda keltirilgan sifatlari asosida tayyorlandi. Kamtar dasturchidan bundanda dahshatli zo‘r programmalarni kutib qolamiz.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Mardon

    Salom test tuzish dasturini o‘rnatib kordim, menga juda yoqdi dasturlar uchun raxmat.

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Barcha rahmatlar dasturchiga

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: