«Abru bahor» — qog‘ozni badiiy bezash usuli haqida

«Abru bahor» - qog‘ozni badiiy bezash usuli haqida

«Abru bahor» qogʻozni badiiy bezash usuli sanaladi. Fors tilidan olingan mazkur atama “Bahor bulutlari” maʼnosini bildiradi. Qadimiy kitoblarda bu sanʼatning ajoyib namunalarini uchratish mumkin.

— Ajdodlarimiz «Abru bahor» qogʻozini tayyorlashda suv boʻyoqdan foydalanishgan. Suyuqlik ustidagi ranglar jilosi bahor bulutlaridek musaffo, toza va rang – barang shakllar hosil qilgani uchun bu usulga qadimda shunday nom berilgan,- deydi Buxoro shahridagi «Abru bahor» tasviriy sanʼat markazi rahbari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi aʼzosi Rahim Hakimov. — U azal – azaldan kitobnavislik sanʼatida ishlatilgan va hozirgacha oʻz mohiyatini yoʻqotgan emas. Bu usul kitobni mazmunan boyitish, kitobxonni oʻziga jalb qilish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etgan.
Mutaxassislar «Abru bahor»ning vatani qayerda, degan masalada turli fikr – mulohazalar bildirishadi.Ular orasida «Abru bahor» Buxoroda tugʻilib, Eronda ravnaq topgan, Turkiyada yashab qolgan», degan taxminni ilgari surganlar ham oz emas. Agar Turkiyada u gullab – yashnayotgani inobatga olinsa, bu gapda jon bor, degan fikrga borasan, kishi.
«Abru bahor» qogʻozini tayyorlash oʻta sinchkovlik, nozik did va mahorat talab qiladigan jarayon sanaladi. Uning oʻziga xos texnologiyasi bor. Biz bu haqda batafsil toʻxtalish niyatida emasmiz. Eʼtiborni shu bilan bogʻliq boshqa bir jihatga qaratmoqchimiz.
Gap shundaki, yurtdoshimiz Rahim Hakimov «Abru bahor»ning tamoman yangi zamonaviy yoʻnalishini yaratgan ijodkor sanaladi.
— Ish jarayoni bir – biriga oʻxshash, — deydi rassom. — Ammo farqli jihatlari ham koʻp. Qadimiy usulda suvga kitra yaʼni butasimon oʻsimlik shirasi qoʻshilib yoki gulqogʻozni devorga yopishtirishda ishlatiladigan yelim aralashtirilib quyuq holatga keltiriladi. Biz taklif qilayotgan usulda suvga hech narsa qoʻshilmaydi. Birinchi usulda suvda eriydigan boʻyoqlar, ikkinchisida esa moy boʻyoqlar ishlatiladi. Ikkala usulda ham suv ustidagi ranglarga toza qogʻozlar bostirib olinadi. Keyin ular obdan quritiladi. Bizning usulda bosmadan chiqqan qogʻozlarda tasviriy sanʼat asarlari yaratish imkoniyati koʻproq.
Aytish joizki, Rahim Hakimov «Abru bahor»ning zamonaviy usulidan foydalanib, samarali ijod qilmoqda.Uning “Umar Xayyom”, “Tushdagi parvoz”, “Sirli uchrashuv”, “Pir”, “Moziydan sado” singari asarlari oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Buni Misr, Turkiya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Niderlandiya singari davlatlaridan kelgan sayyohu milliy sanʼatimiz ixlosmandlarining markaz estalik kitobiga bitgan soʻzlari ham tasdiqlaydi. Jumladan,Rossiya Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Bela Panayevaning “Noyob, betakror, oʻziga xos sanʼatingiz oldida taʼzimdaman”, deb yozib qoldirgani fikrimiz isbotidir.
Rahim aka Fransiyalik ikki rassomga mahorat sabogʻi ham oʻtadi. Dunyoning turli burchaklaridan maktublar olmoqda. Bularning barchasi «Abru bahor»ning ikkinchi bahori kelganidan nishonadir.
Izlanuvchan musavvir hozir 70 yoshda.Xitoy, Eron, Rossiyada koʻrgazmalari tashkil etilgan.Dunyoning koʻplab davlatlari muzeylari, shaxsiy kolleksiyalarda asarlari bor.Shogirdlari koʻp.Kasbini yaxshi koʻradi.Yoshlarimiz unut boʻlayozgan bu sanʼatni oʻrganishsin, xorijliklar «abru bahor»ning ildizlari qayerdaligini bilishsin, degan maqsadda uch tilda maxsus risola ham yozib nashr ettirdi.
Istam IBROHIMOV

Manba: Xs.uz


«Абру бахор» — способ художественного оформления бумаги. Термин происходит от персидского слова, означающего «весенние облака». Древние примеры этого искусства можно найти в старинных книгах.

— Наши предки использовали краски на водной основе для изготовления бумаги Абру бахор. Рахим Хакимов, член Союза художников Академии художеств Узбекистана и руководитель Центра изобразительных искусств «Абру Бахор» в Бухаре, сказал, что цвет был настолько древним, что был таким же ясным, чистым и красочным, как весенние облака. — Он издавна использовался в искусстве письма и не утратил своей сути. Этот метод был важен с точки зрения обогащения содержания книги и вовлечения читателя.
Мнения экспертов о местонахождении Абру Бахора расходятся, среди них Абру Бахор, который родился в Бухаре, вырос в Иране и жил в Турции. Если учесть, что в Турции она процветает, то подумаешь, что в ней есть жизнь.
Изготовление бумаги Абру Бахор — процесс, требующий большой осторожности, деликатности и мастерства. Есть своя технология. Мы не намерены подробно останавливаться на этом. Мы хотели бы обратить ваше внимание на другой аспект этого.
Дело в том, что наш соотечественник Рахим Хакимов является создателем совершенно нового современного направления «Абру бахор».
«Рабочий процесс похож, — говорит художник. — Но отличий много. Традиционным способом воду сгущают, добавляя в воду китру или сок, или смешивая клей, используемый для прикрепления обоев к стене. В предлагаемом нами методе в воду ничего не добавляется. В первом способе используются водорастворимые краски, во втором – масляные краски. В обоих методах на чистую бумагу вторгаются цвета на воде. Затем их сушат в воде. В нашем методе печатная бумага с большей вероятностью создаст произведения изобразительного искусства.
Следует отметить, что Рахим Хакимов использует современный метод «Абру бахор» и эффективно творит. Это подтверждают слова туристов из Египта, Турции, США, Франции, России и Нидерландов, внесенные в Центральную книгу памяти. В частности, Бела Панаева, член Союза журналистов России, написала: «Я преклоняюсь перед вашим неповторимым, неповторимым искусством».
Рахим ака также даст мастер-классы двум французским художникам. Он получает письма со всего мира. Все это является признаком прихода второй весны Весны Абру.
Начинающему художнику сейчас 70 лет, он выставлялся в Китае, Иране и России.Он опубликовал работы в музеях и частных коллекциях многих стран, у него много учеников, он любит свою профессию.
Истам ИБРОГИМОВ

Источник: Xs.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: