Shodmon Otabek haqida ma’lumotlar

Shodmon Otabek haqida ma'lumotlar
Telegramda o'qish

Shodmon Otabek haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Shodmon Otabek 1946 yili Andijon viloyatining Shirmonbuloq qishlogʻida tugʻildi. 1969 yili hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetini bitirgach, respublika radiosida ish boshladi.
Madaniyat institutida xorijiy adabiyotdan dars berdi. “Xabar” gazetasida bosh muharrir, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida adabiy xodim boʻlib xizmat qildi. Oʻsha yillari “Til ‒ xalq qalbi”, “Kuy avjida uzilmasin tor” kabi dolzarb ijtimoiy, maʼnaviy-axloqiy mavzularda salmoqli maqolalar yozdi.
Shodmon Otabek ustozi M. Ismoiliyning hayoti va ijodiy faoliyatini jiddiy oʻrganishga kirishgan, bu mavzuda qator maqolalar, xususan, “Mirzakalon Ismoiliy ‒ yozuvchi va tarjimon” degan risola ham eʼlon qilgan edi. Ilmiy izlanishlarini davom ettirib, “Mirzakalon Ismoiliy” (1979) kitobini chop ettirdi. M. Ismoiliyning tarjimonlik faoliyatiga oid “Ikki olam zahmati” maqolasi adabiy jamoatchilik tomonidan eʼtirof etildi.
Adib “Yaproqdagi nur” (1979) nomli birinchi hikoyalar toʻplami bilan nazarga tushdi. Shundan soʻng “Odamiylik sinovlari”, “Eng baxtli kun”, “Shaxmat abadiydir”, “Shirmonbuloq oqshomlari”, “Kuyovbola”, “Qorboʻron” kabi kitoblari, “Yaxshi kunlarda koʻrishaylik”, “Bir kam dunyo” qissalarini va shoir-yozuvchilar, sanʼatkorlar hayotidagi hangomalar, ibratli voqealar haqida hikoya qiluvchi “Doʻrmon hangomalari”ni eʼlon qildi. “Doʻrmon hangomalari” muttasil toʻldirib boriladigan, muxlislar hamisha orziqib kutadigan, suyib oʻqiladigan kitoblardan biriga aylandi.
Adibning “Ketmang, otajon” pyesasi sahnalashtirildi.
Shodmon Otabek badiiy tarjima bilan ham jiddiy shugʻullanib, L. Tolstoy, M. Zoshchenko, V. Shukshin, B. Sarnov, Ye. Gik, A. Nesin asarlarini ona tilimizga oʻgirdi. Oʻzining asarlari ham rus, ukrain, qozoq, qoraqalpoq, turk tillariga tarjima qilindi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


О Шодмоне Отабеке: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробности

Шодмон Отабек родился в 1946 году в селе Ширмонбулак Андижанской области. После окончания в 1969 году Национального университета Узбекистана начал работать на Республиканском радио.
Преподавал иностранную литературу в Институте культуры. Был главным редактором газеты «Хабар» и литературным работником газеты «Узбекистан адабияти ва санъати». В эти годы им были написаны важные статьи на злободневные социальные и духовно-нравственные темы, такие как «Язык — сердце народа», «Пусть музыка не прерывается».
Шодмон Отабек начал серьезное изучение жизни и творчества своего учителя М.Исмаили и опубликовал ряд статей на эту тему, в частности, брошюру «Мирзакалон Исмаили – писатель и переводчик». Продолжая свои научные исследования, он издал книгу «Мирзакалон исмаилитов» (1979 г.). Статья М. Исмаили о переводческой работе «Труд двух миров» получила признание литературной общественности.
Автор наиболее известен своим первым сборником рассказов «Свет в листве» (1979). После этого им были написаны такие книги, как «Испытания человечества», «Самый счастливый день», «Шахматы вечны», «Вечера в Ширмонбулаке», «Жених», «Снежок», «В хорошие дни посмотрим», « Маленький мир» и поэтов и писателей. Он издал «Дормон Хангомалари», рассказывающий о событиях в жизни художников и показательных событиях. «Дормон Хангомалари» стала одной из книг, которая постоянно пополняется и с нетерпением ждет поклонников.
Была поставлена ​​авторская пьеса «Не уходи, батюшка».
Шодмон Отабек также серьезно занимается художественным переводом, Л. Толстой, М. Зощенко, В. Шукшин, Б. Сарнов, Е. Гик переводил произведения А. Несина на наш родной язык. Его произведения также переведены на русский, украинский, казахский, каракалпакский и турецкий языки.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: