Olimjon Xoldor haqida ma’lumot

Olimjon Xoldor haqida ma'lumot
Telegramda o'qish

Olimjon Xoldor hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Olimjon Xoldor 1932 yil 18 sentyabrda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi Kulla qishlogʻida tugʻildi. Andijon pedagogika bilim yurtida, Fargʻona Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Maktabda oʻqituvchi, Andijon viloyat radiosida muharrir, jurnal va gazetalarda muxbir boʻlib ishladi. 1968–1983 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyat boʻlimiga rahbarlik qildi.
Olimjon Xoldorning “Argʻuvon tagida” nomli birinchi sheʼrlar kitobi ustoz Mirtemir tahriri ostida (1965) chop etildi. Shundan soʻng uning “Andijon suluvi” (1968), “Oshiqona” (1970), “Kaftimdagi tuproq” (1972), “Andijon bahori” (1976), “Subhidam qoʻshiqlari” (1977), “Kumush kosa” (1979), “Toʻyona-toʻyona” (1982), “Yer farzandi” (1986), “Senga intilaman” (1986), “Davrani kengroq oling” (1990), “Koʻngil”, “Armon”, “Koʻz tegmasin” (1992) kabi kitoblari, “Men ‒ Andijonman”, “Andijon samosi”, “Kelajakdan bir sado”, “Subhidam qoʻshiqlari”, “Gulruxsor”, “Kumush kosa”, “Karvon qoʻshigʻi”, “Roz” nomli liro-epik asarlari ham eʼlon qilindi.
Olimjon Xoldorning koʻplab gʻazallari qoʻshiq qilib aytiladi, “Qotil kim?”, “Sevgi afsonasi”, “Lola”, “Boboruh” kabi pyesalari sahnalashtirilgan.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Olimjon Xoldor mustaqillik yillarida yanada barakali ijod qilib, “Koʻngil” qissasi, uch kitobdan iborat “Arosat” romani va “Moʻjiza” kabi asarlarini yaratdi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: