“Temur tuzuklari”: hikmatlar va haqiqatlar

“Temur tuzuklari” hikmatlar va haqiqatlar

Manbalardan maʼlumki, Amir Temur davlatni boshqarishda, avvalo, mamlakatning osoyishtaligi, raʼiyatning ijtimoiy ahvoli, shuning barobarida saltanatning sobitligi uni boshqaruvchilar donoligiga bogʻliqligini yaxshi anglagan.

Shundan kelib chiqqan holda davlatni boshqarishda kengashlarning ahamiyatiga alohida eʼtibor bergan va piri Zayniddin Toybodiyning quyidagi purhikmat soʻzlariga doimo amal qilgan: “Kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari notoʻgʻri boʻlgan johil odamga qiyos qilish mumkin; uning aytgan soʻzlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgay. Shunday ekan saltanat boshqarishda mashvarat-u maslahat va tadbirkorlik bilan ish yurgizgin, toki oqibatda nadomat chekib pushaymon boʻlmagaysan”. Sohibqiron oʻz “Tuzuklar”ida ham bu maslahatlarga rioya qilganini bildirib, “Bu maktub menga yoʻl boshlovchi yangligʻ rahnamolik qildi. U menga saltanat ishlarining toʻqqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirishni anglatadi”, deya ifoda etadi. Shuni nazarda tutgan holda “Tuzuklar”da yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir toʻgʻri kengash bilan amalga oshirish mumkinligi alohida taʼkidlanadi.
Buyuk Sohibqiron saltanatni barpo etish va mustahkamlash ishlarini qurultoy chaqirishdan boshlaydi. Ahamiyatlisi, bu kabi tadbirlarda bobokalonimiz har bir jihatga alohida eʼtibor bergan. Xususan, “Tuzuklar”da aytilishicha, maxsus saltanat saroyida oʻtirish tuzugi ham mavjud boʻlgan va unda barcha mansabdor shaxslar va tabaqalarning majlis vaqtida oʻtirish joyi belgilab qoʻyilgan.
Ushbu qoidaga koʻra sayidlar, qozilar, ulamo, fuzalo, mashoyix va boshqa oliy tabaqaga mansub kishilar amir taxtining oʻng tomonidan, amirul umaro, beklar begi, amirlar, sardorlar, shuningdek, oʻnboshi, yuzboshi va mingboshilar mansab darajalariga qarab taxtning soʻl tomonidan, devonbegi, vazirlar va ularning ortidan bahodirlar – taxt orqasidan oʻrin olishgan. Bunday tartib-intizomni toʻrt amir nazorat qilgan. Ularni “saltanat qoʻrgʻonlari” deb atashgan.
Yana bir eʼtiborli jihati, Amir Temur oʻziga xayrixoh beklar, amirlar, ulus boshliqlari bilan birga dushman koʻzi bilan qaragan amirlarni ham qurultoyga chorlaydi. Sohibqiron shu tariqa kuchdan koʻra aql va tadbir bilan ish koʻrishni, murosa-yu madora orqali dushmanni doʻstga aylantirishni maʼqul koʻradi. Bu haqda “Tuzuklar”da shunday deyiladi:
Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin boʻlsa ham aqli raso va hushyor kishilardan kengash-u tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir”.
Sohibqiron harbiy yurishlarni ham kengash bilan boshlagan, avval sulh yoʻllarini izlagan, bu borada diplomatik aloqalardan unumli foydalangan, maslahatchilarining gaplariga quloq tutgan. “Tuzuklar”da aytilishicha, “Amirlarim agar yarashdan soʻz ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga solishtirib koʻrardim, agar urushga moyil boʻlsalar, uning naf va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab koʻrardim, qaysi biri foydaliroq boʻlsa, shuni ixtiyor qilardim. Sipohni ikkilantiradigan (turumsiz) kengashni eshitishdan saqlanardim. Qaysi kishi aqlga sigʻgan bir ishni kuyinib gapirsa, suyib eshitar edim. Kimki oqilona gaplarni erlarcha keskinlik bilan soʻzlasa, unga ham quloq solardim. Har kimdan soʻz olib kengash soʻrar edim. Lekin aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon tomonlari haqida oʻylab koʻrgach, toʻgʻri va savoblirogʻini tanlab olardim”.
Bu soʻzlardan ulugʻ Sohibqironning naqadar kuchli shaxs, donishmand, oqil sarkarda, yetuk davlat arbobi ekanini anglash qiyin emas. Eʼtiborlisi, bu hikmatli soʻzlar bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan, yana ming yillar dunyoning barcha davlatlari yetakchilari uchun dasturilamal boʻlishga arzigulik.
Manbalarda aytilishicha, Amir Temur oʻz saltanatini asosiy toʻrt vazir va sarhadlarda ushbu vazifalarni bajarish uchun tayinlangan uch vazir, jami yetti vazir orqali boshqargan. Har bir vazirning vazifasi aniq koʻrsatib berilgan.
Vazirlar tizimining oʻziga xos tomonlaridan biri shu ediki, vazirlardan ikkitasiga oʻta masʼuliyatli vazifalar yuklatilgan boʻlib, ular har qanday sharoitda ham Sohibqironning xatti-harakatlarini kuzatib borishi, uni doim toʻgʻrilikka daʼvat etishi, har qanday sharoitda ham adolat mezonlaridan chetga chiqishiga yoʻl qoʻymasligi lozim edi. Ular Temur faoliyatini muttasil ravishda sinchkovlik bilan kuzatib, unga haq gapni aytishdan aslo choʻchimas edilar. Chunki Amir Temur dono vazirlarni eng toʻgʻri chora-tadbirlar qoʻllab, davlatni tartib-intizomga keltiruvchi shaxs sifatida qadrlardi.
Sohibqiron faoliyatiga nazar tashlarkansiz, u koʻz oldingizda yetuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olimu fuzalolar homiysi, bunyodkor, adolat va tinchlik tarafdori, dunyo tamadduni rivojiga ulkan hissa qoʻshgan yirik shaxs sifatida gavdalanadi. Uning “Tuzuklar”ga jo boʻlgan hikmatlari esa har qanday odamga yoʻlchi yulduz yangligʻ taʼsir qiladi, insonni yuksaltiradi, ulugʻ ishlarga undaydi…

Manba: Saviya.uz


Из источников известно, что Амир Темур прекрасно осознавал, что при управлении государством, в первую очередь, от мудрости его правителей зависели мир в стране, социальное положение народа, а также устойчивость царства. .

Поэтому он уделял особое внимание значению советов в управлении государством и всегда следовал мудрым словам святого Зайниддина Тойбоди: Пусть его слова и дела принесут раскаяние и сожаление другим. Поэтому в управлении королевством делай дело советом и предприимчивостью, чтобы потом не пожалеть». Сахибкиран сказал, что следовал этим советам и в своем «Тузукларе». Это означает для меня, что девять частей дел королевства совершаются путем совещаний, действий и советов, а остальные — мечом». С учетом этого подчеркивается, что тузуклары могут сделать то, чего не смогли бы сделать сто тысяч кавалеристов одним советом.
Великий Сахибкиран начинает работу по строительству и укреплению королевства с созыва конгресса. Примечательно, что в подобных мероприятиях наш предок уделял особое внимание каждому аспекту. В частности, Статуты гласят, что в царском дворце было особое место, на котором во время заседания сидели все чиновники и сословия.
По этому правилу к правой стороне трона принадлежат сайиды, судьи, улемы, фузало, машаики и др., к левой – амирул умаро, беки беги, амиры, сардары, а также десять министров, сотников и вождей. стороне трона, а за ними воины, восседающие на троне. За такой дисциплиной следили четыре эмира. Их называли «царскими крепостями».
Примечательно, что Амир Темур вместе с благожелательными беями, эмирами и главами нации пригласил на съезд эмиров, которые смотрели на него враждебно. Таким образом, Сахибкиран предпочитает действовать с умом и благоразумием, а не с силой, и путем компромисса сделать врага другом. Об этом говорится в «Регламенте»:
Хотя исход дела и скрыт за завесой судьбы, необходимо обратиться за советом и советом к здравомыслящим и бдительным людям».
Сахибкиран также начал свои военные кампании с совета, сначала добиваясь перемирия, эффективно используя дипломатические отношения и прислушиваясь к своим советникам. Согласно Конституции, «если бы мои эмиры говорили о примирении, я бы сравнил его пользу с вредом войны, а если бы они были склонны к войне, я бы сравнил ее пользу с вредом примирения».Я бы предпочел это. Я бы не стал слышать, как совет колеблется (не вставая). Я был бы рад услышать, если бы кто-нибудь сказал что-то разумное. Я бы слушал любого, кто говорит мудро и с острым языком. Прошу совета и совета у всех. Но, подумав о плюсах и минусах каждого совета, я бы выбрал правильный и лучший».
Из этих слов нетрудно понять, насколько сильным был великий Сахибкиран, насколько он был мудрым, мудрым полководцем, зрелым государственным деятелем. Примечательно, что эти мудрые слова не утратили своей актуальности и сегодня, и на тысячелетия будут программой для руководителей всех стран.
Согласно источникам, Амир Темур правил своим царством через четырех главных министров и трех министров, назначенных для выполнения этих функций на границах, всего семь министров. Обязанности каждого министра четко определены.
Одной из особенностей министерской системы было то, что на двух министров возлагались очень важные задачи, которые заключались в том, чтобы следить за действиями Сахибкирана при любых обстоятельствах, побуждать его поступать правильно и не позволять ему отклоняться от стандартов. справедливости ни при каких обстоятельствах. Они постоянно следили за деятельностью Тимура и не боялись говорить ему правду. Потому что Амир Темур ценил мудрых министров как людей, которые принимали правильные меры и наводили порядок в государстве.
Когда смотришь на творчество Сахибкирана, видишь в нем великого государственного деятеля, умелого полководца, покровителя ученых, созидателя, сторонника справедливости и мира, великого человека, внесшего большой вклад в развитие мировой цивилизации. Его мудрость в «Тузукларе» действует на любого человека как путеводная звезда, возвышает человека и побуждает его на великие дела…

Источник: Saviya.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. ASAL

    Omad

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: