5 yoshli bola bilan suhbat. (hikoya)

Bolaga shunday tarbiya berayotgan onalar bor ekan, millat o‘lmaydi, bolaga shunday ilm berayotgan ustozlar bor ekan millat gullaydi
5 yoshli bola bilan suhbat. (hikoya)

Mahallamiz atrofida bozorcha, umumiy ovqatlanish maskanlari, o‘quv markazlari, oziq-ovqat do‘konlari va poyafzal ustaxanolari bor. O‘tgan yili, Olmazor tuman xokimi buyrug‘i bilan, avtomashina yo‘l atrofida turgan ba’zi Akfadan qurilgan do‘konlar buzildi, shu orada 2 poyafzal ustaxonalari xam tekislanib tashlandi. Poyafzal ustalarining biri viloyatlik, qoraqozoni shu ish orqasidan qaynaydi. Mijoz xam shu yerga o‘rgangan, qariyb bir yildirki, buzilgan ustaxona o‘rnida, tikuv mashinasi va ustalik anjomlari bilan amallab ishlab kelmoqda. Kuzda izg‘irinda, Qishda qor ustida, Baxorda yomg‘ir ostida, yozda oftob tagida mexnat qilayapti. Orada ayoli va kichik bolasi yordamga chiqadi, hullas axvol tang. O‘sha yerdan o‘tayotib bir 5 yoshlar atrofidagi bolakay va onasi oyoq kiyim tiktirayotganini ko‘rdim. Usta ishini tugatgach, ayol ish haqini so‘radi, usta 3000 so‘m ko‘p emasmi dedi, ayol saxiy ekan 5000 berib Allox rozi bo‘lsin dedi. Ona-bola bilan yo‘limiz bir tamonga ekan, ular ortidan manzilim tomon ketaverdim, bolaning baland ovozda gapirayotgani butun ko‘chaga eshtilardi.
— Oyi, 10000 so‘m bersak bo‘lardi.
— Nega, chunki bolasi nimadir so‘radi, pulim kamroq deb javob berdilar. Menimcha o‘yinchoq so‘radi, qo‘lidagi avtomat o‘yinchoq daraxt, shoxlaridan yasalgan ekan, pastdagi o‘yinchoqlariyam kichik taxtachalardan yasalgan, men ko‘rdim.
— Bo‘lmasa ertaga yana chiqamiz, tikilishi kerak shippak bor, tiktirib ko‘proq pul beramiz.
— Unda, o‘zim yoqtirgan o‘yinchoq mashinamni o‘sha bolaga sovg‘a qilsam maylinmi? Pulti yo‘qolganu, lekin chiroqlari yonadi, rosa yaxshi ko‘raman, o‘sha bolaga beraqolay. O‘ziz aytgansiz, ustozim aytgan, birovga yaxshi ko‘rgan narsasini berish savob….

Bolaga shunday tarbiya berayotgan onalar bor ekan, millat o‘lmaydi, bolaga shunday ilm berayotgan ustozlar bor ekan millat gullaydi, bunday tarbiya olayotgan bolalar bor ekan, davlat aslo qulamaydi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: