La’nati propaganda! O‘z uyimizda o‘z tilimizni himoya qila olmaymizmi?

Bilingki, ularning maqsadi yurtimizda millatlararo notinchlikni keltirib chiqarishga harakat qilish bo‘lishi mumkin.
La’nati propaganda! O‘z uyimizda o‘z tilimizni himoya qila olmaymizmi?

Kuni-kecha Adliya vazirligi tomonidan bir qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Undagi qoida juda oddiy va tushunarli edi, — deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegramdagi sahifasida. Huquqshunosning fikricha: Agarda birorta davlat tashkiloti ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmasa, o‘sha tashkilotning mansabdor shaxsiga ma’muriy jarima solinadi (446 ming so‘mdan 1 mln 115 ming so‘mgacha)

Birinchidan, bu yerda gap faqat davlat tashkilotlari (!) haqida ketmoqda. Va jarima ham faqat davlat tashkilotining mansabdor shaxsiga (!), ya’ni vazir, hokim, qo‘mita raislari va h.k.larga qo‘llanadi;

Ikkinchidan, oddiy aholi haqida bir og‘iz ham gap yo‘q. YA’ni O‘zbekiston fuqarolari istalgan tilida gapirishi, istalgan tilida davlat organlariga murojaat yo‘llashi, istalgan tilida odamlar bilan muloqot qilishi mumkin. Bu ularning to‘la konstitusion huquqi va bunga hech qanaqa to‘siq yoki jarima qo‘llanmaydi.

Uchinchidan, davlat tashkilotlarida ishlayotgan boshqa millatdagi va boshqa tilda so‘zlashuvchi xodimlarga ham bu o‘zgarish taalluqli emas. Ular istagancha o‘ziga ma’qul tilda gaplashaveradi, o‘z faoliyatini olib boraveradi. Bunga hech qanaqa to‘siq yoki qarshilik qilinmaydi.

To‘rtinchidan, davlat tashkilotlarining rasmiy hujjatlari boshqa tillarda bo‘lishiga ham to‘sqinlik qilinmayapti. Masalan, bitta tashkilot ham o‘zbek, ham rus tilida hujjat tayyorladi. Marhamat, bemalol. Bunga hech qanaqa qarshilik yo‘q. Lekin agar mabodo o‘sha tashkilot qarorlarini faqat rus tilida qabul qilsayu, uning o‘zbekchasi bo‘lmasa, ana shundagina jarima kelib chiqishi mumkin. «Ey, hurmatli kattakon, sen O‘zbekistonda yashayapsanmi o‘zi yoki boshqa davlatdami, nega o‘zbekchasi yo‘q?» degan savol qo‘yiladi uning oldiga.

Menimcha, Sizga ham taklif etilayotgan loyiha mazmuni tushunarli bo‘ldi, degan umiddaman.

Ana endi, shunday vaziyatda rus propaganda saytlari provokasiya qilishni boshlab yubordi. Rossiyaning Regnum nashri «O‘zbekistonda davlat organlarida rus tilidan foydalanganlik uchun jarima belgilanadi» deb yozgan bo‘lsa, o‘zimizda faoliyat yuritadigan Vesti.uz sayti esa «O‘zbekistonda Pushkin tili uchun jarima qo‘llashmoqchi» deb e’lon qildi. Farqini sezyapsizmi?

Hukumat buyoqda davlat tashkilotlari «o‘zbek tilini hurmat qilsin» (!), demoqda, propagandachilar uyoqda “rus tiliga jarima solishmoqchi” demoqda.

SHunaqa ham jirkanch provokator bo‘ladimi? O‘quvchilarga ma’lumotni oyog‘ini osmondan qilib, mutlaqo noto‘g‘ri yetkazish orqali manipulyasiya qiladiganlarga yana nima deyish mumkin?

Tovba qildim, nima endi ularga qolsa o‘z uyimizda o‘zimizning tilimizni ham himoya qila olmaymizmi? O‘zbekiston mustaqil davlat, o‘z tili, o‘z qadriyatlari, o‘z qonunlari va o‘zining tutgan yo‘liga ega. Davlat tashkilotlari va ularning mansabdorlari O‘zbekistonda yashar ekan, o‘zbek tilini hurmat qilishga majbur va hurmat qilmaganlik uchun kerak bo‘lsa jarimaga tortish kerak, bu juda to‘g‘ri qaror.

Ammo shu bilan birga Hukumatimiz o‘zbek xalqini millatidan, tilidan, dinidan qat’i nazar O‘zbekiston fuqarolari tashkil etishini ham hech qachon unutmaydi, boshqa tillarda so‘zlashuvchi fuqarolarini hech qachon jarimaga tortmaydi, ularga qarshilik qilmaydi.

Shu sababli, turli gij-gijlovchi va aholi o‘rtasiga nifoq solishga qaratilgan xabarlardan ehtiyot bo‘ling. Bilingki, ularning maqsadi yurtimizda millatlararo notinchlikni keltirib chiqarishga harakat qilish bo‘lishi mumkin.


Вчера Минюст вынес законопроект на обсуждение. Правило было очень простым и понятным, — написал Хушнудбек Худойбердиев на своей странице в Telegram. По словам юриста: При несоблюдении какой-либо государственной организацией требований законодательства о государственном языке должностное лицо этой организации будет оштрафовано (от 446 тысяч сумов до 1 миллиона 115 тысяч сумов).

В первую очередь речь идет только о госструктурах (!). И штраф распространяется также только на должностное лицо государственной организации (!), т. е. министров, губернаторов, председателей комитетов и т. д.;

Во-вторых, нет ни слова о простом народе. Граждане Узбекистана могут говорить на любом языке, обращаться в государственные органы на любом языке, общаться с людьми на любом языке. Это их полное конституционное право и никаких препятствий или штрафов.

В-третьих, это изменение не распространяется на сотрудников других национальностей и языков, которые работают в государственных органах. Они могут говорить на любом языке, который хотят, они могут делать все, что хотят. Для этого нет препятствий или сопротивления.

В-четвертых, официальные документы государственных органов не исключаются из наличия на других языках. Например, одна организация подготовила документ и на узбекском, и на русском языках. Пожалуйста, бемалол. Сопротивления этому нет. Однако, если организация принимает свои решения только на русском языке и не говорит по-узбекски, то может быть наложен штраф. «Уважаемый сановник, вы живете в Узбекистане или в другой стране, почему не говорите по-узбекски?» его спрашивают.

Надеюсь, вы поняли содержание предлагаемого проекта.

И вот в такой ситуации российские пропагандистские сайты начали провоцировать. Российская газета Regnum сообщила, что «Узбекистан будет вводить штрафы за использование русского языка в государственных органах», а ее собственный сайт Vesti.uz сообщил, что «Узбекистан намерен вводить штрафы за использование пушкинского языка». Вы чувствуете разницу?

Правительство заявляет, что госорганы должны «уважать узбекский язык» (!), а пропагандисты говорят, что хотят «штрафовать русский язык».

Будет ли это отвратительным провокатором? Что еще можно сказать о тех, кто манипулирует информацией, вводя студентов с неба в заблуждение?

Извините, что мы можем сделать, чтобы защитить наш язык в нашем собственном доме? Узбекистан – независимое государство, имеет свой язык, свои ценности, свои законы и свой образ жизни. Пока государственные организации и их должностные лица живут в Узбекистане, они вынуждены уважать узбекский язык и в случае необходимости должны быть оштрафованы, что является очень хорошим решением.

Но в то же время наше Правительство никогда не забудет, что узбекский народ, независимо от национальности, языка или религии, является гражданином Узбекистана, и никогда не будет штрафовать или препятствовать гражданам, говорящим на других языках.

Поэтому остерегайтесь сообщений, призванных спровоцировать рознь между различными провокаторами и населением. Знайте, что их целью может быть попытка спровоцировать межэтнические волнения в нашей стране.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: