Yaxshi odam kim?

Ibratli ota-ona
Вы также можете подписаться на нас по телеграмме Подпишитесь на канал

Yaxshi odam haqida qisqacha mulohazalar va ota-onalarga tavsiyalar.

E’tiboringizga @xalq_talimi_xodimi kanalida keltirilgan yaxshi odam haqidagi fikrlarni keltirmoqdaman.
Yaxshi odam bu:
1. Qarz so’rab borganingda qarz bergan odam emas, holingdan xabardor bo’lib o’zi yordam taklif qilgan odamdir.
2. Hajga bordim deb, hojilikka da’vo qilgan odam emas, yon atrofidagi beva – bechoralarga ozgina bo’lsa ham ehson qilgan odamdir
3. Qurbonlikka qo’y so’yib, badavlat do’stlariga ulashgan odam emas, 1 kilodan bo’lsa ham, imkoni boricha miskinlarga tarqatgan odamdir.
4. Oilasiga qo’sha – qo’sha qasrlar qurib bergan odam emas. Kulbada yashasa ham ayolini ko’zida yoshi yo’q odam – yaxshi odamdir.
5. Farzandlarini chiroyli kiyintirib qo’ygan yaxshi odam emas, chiroyli tarbiya bergan odam – yaxshi odamdir.
6. O’nta qizni ko’nglini ovlagan odam emas. Bitta qizni qalbiga joylagan odam – yaxshi odamdir.
7. To’qchilikda mazza qilib yashagan odam emas, yo’qchilikda SABR qilib yashagan odam – yaxshi odamdir.
8. Omading kelganda hamisha sen bilan bo’lgan odam emas. Omading ketganda yoningda turgan odam – yaxshi odamdir.

Farzandingiz maktabga ketayotganida uning qo’liga ikki shirinlik (pirojniy) berib:” Bittasi o’zingga, bittasi yaxshi ko’rgan o’rtog’ingga”, deb ayting, shunda bola yaxshi ko’rish va ehson ulashishni o’rganadi.

Farzandingiz sumkasiga ortiqcha ruchka solib: “Agar biror talaba ruchka olib kelishni esidan chiqargan bo’lsa, yordam tariqasida ruchkani o’sha bolaga ber”, deb ayting. Farzandingiz bu narsadan mas’uliyatni his qilishni o’rganadi.

Agar farzandingiz uyga qaytib kelsa, sen kelishing bilan uyimizda shodlik hukm surmoqda, deb aytsangiz, farzand o’z qadri va qiymatini his qiladi.

Agar farzandingiz uyga qaytib kelsa, bugun qanday oliyjanob ishni amalga oshirding? Deb so’rang, farzand bu bilan yomonlik va yaxshilikni orasini ajratishni ta’lim oladi. Keyingi safar so’ramasangiz ham o’zi javob beraveradi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: