Emlangan odam boshqalarga koronavirusni yuqtirishi mumkinmi?

Emlangan odam boshqalarga koronavirusni yuqtirishi mumkinmi?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Botir Qurbonovning taʼkidlashicha, vaksina olganlar kasallik tashuvchisi boʻlmaydi.

Aholining aksariyat qatlamini majburiy vaksinatsiya qilish haqida qaror qabul qilindi.
Oʻzbekistonda vaksinatsiya jarayonlariga bugungi kunda alohida eʼtibor berilgan boʻlib, mamlakatda vaksinatsiya jarayoni 1-apreldan boshlangan boʻlsa, hozirgacha kasallanganlar orasida vaksina olgan-tashuvchilar yoki boʻlmasa vaksina olgandan soʻng darhol kasal boʻlib qolganlar mavjud emas.
Odam vaksina olganidan keyin tashuvchiga aylanmaydi. Lekin vaksina olgandan keyin kasallanganlar bor, bu toʻgʻri. Bundaylarning asosiy qismi vaksina jarayonlarini toʻliq oʻtamagan – yaʼni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini uchta dozada har 28 kun oraligʻida qabul qilish koʻrsatilgan boʻlsa, bugungi kungacha kasallik qayd etilib, kasalxonaga tushganlarning aksariyati birinchi va ikkinchi dozasini olishga ulgurgan, hali antitanachalar shakllanmagan bemorlardir. Bunda vaksina olmaganlar ancha oldin infeksiyani yuqtirib, soʻngra vaksina olganlarga ham kasallik oʻtganligi kuzatilmoqda.
Shu bois, emlanganlar boshqalarga kasallikni yuqtirmoqda, degan tushunchadan juda ham yiroq boʻlishimiz kerak. Emlanmaganlar emlanganlar uchun xavf tugʻdirishi ehtimoli esa yuqori. Shu bois barchaga ijtimoiy masofani saqlash va niqob rejimiga amal qilishni tavsiya etib qolaman.
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti barchaga – hatto, kovidga chalinganlar hamda infeksiyani yuqtirmaganlarga ham koronavirusga qarshi emlanishni tavsiya etmoqda.
Taʼkidlash joizki aksariyat rivojlangan mamlakatlarda ommaviy emlash jarayonidan soʻng vaziyat yaxshi tomonga oʻzgarganini guvohi boʻlib turibmiz. Masalan, Isroil davlatida aholining 80 foizi ommaviy emlangach, noxush epidemik vaziyat qisqa muddat ichida bartaraf etildi va u qulay tus oldi.
Oʻzbekiston Respublikasida ishlatilayotgan 3 ta vaksinadan kasallik aktiv kechayotgan vaqtdagina foydalanish mumkin emas.
Bundan tashqari, autoimmun kasalligi bor bemorlar va surunkali bemorlarning kasallik avj olgan yoki xuruj qilgan vaqtlarida ham vaksina qoʻllash man etiladi.
Ammo kasallikni boshdan kechirganlar, «antitanachalarim shakllanganku» degan oʻyda, vaksina olish-olmaslik borasida ikkilanishadi. Shuni qayd etish kerakki, kasallikdan keyin shakllanadigan immunitet – antitanachalar darajasi – har bir odamda individual shakllanadi. Bu kasallikni qay darajada oʻtkazganiga bogʻliq. Ammo biz kasal boʻlib tuzalgan odamlarga emlanishni tavsiya etamiz. Chunki kasal boʻlib tuzalganlar emlansa, ularning organizmida uzoq muddatga yetadigan immunitet shakllanadi
Epidemiya vaqtida virusga, shu jumladan, yangi shtammlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida ommaviy emlanish tavsiya etiladi.
Oʻzbekiston hududida ishlatilayotgan barcha vaksinalar rekombinant vaksinalar boʻlib, mutatsiyaga uchrashidan qatʼiy nazar barcha turdagi koronavirus infeksiyalariga ishlaydigan tizimda yaratilgan.
#коронавирус#вакцина


По словам заместителя начальника Службы санитарно-эпидемиологического надзора и общественного здоровья Ботира Курбанова, вакцинированные не будут носителями заболевания.

Было принято решение о принудительной вакцинации большей части населения.
В Узбекистане вакцинации сегодня уделяется особое внимание, и хотя вакцинация началась с 1 апреля, до сих пор нет носителей вакцины среди инфицированных или заболевших сразу после получения вакцины.
Человек не становится носителем после получения вакцины. Но есть люди, которые заболевают после вакцинации, и это правильно. Большинство из них еще не завершили процесс вакцинации — ZF-UZ-VAC2001 был назначен в трех дозах каждые 28 дней, но на сегодняшний день большинство поступивших в больницу получили первую и вторую дозы и еще не развились. антитела. Замечено, что те, кто не был вакцинирован, давно заразились, а затем заразились те, кто был вакцинирован.
Поэтому нам нужно держаться подальше от идеи, что вакцинированные люди заражают других. Те, кто не вакцинирован, больше подвержены риску для тех, кто вакцинирован. Поэтому я бы рекомендовал всем соблюдать социальную дистанцию ​​и соблюдать масочный режим.
Всемирная организация здравоохранения рекомендует делать прививки от коронавируса всем, даже тем, кто инфицирован или не инфицирован.
Следует отметить, что в большинстве развитых стран ситуация изменилась в лучшую сторону после процесса массовой вакцинации. В Государстве Израиль, например, после массовой вакцинации 80 процентов населения неблагополучная эпидемическая ситуация была быстро устранена и приняла положительный оборот.
3 вакцины, применяемые в Республике Узбекистан, нельзя применять только в период активной фазы заболевания.
Кроме того, нельзя вакцинировать больных с аутоиммунными заболеваниями и хронических больных во время вспышки или вспышки.
Однако те, кто переболел этим заболеванием, не решаются сделать прививку, думая, что у них выработались антитела. Следует отметить, что иммунитет, формирующийся после болезни – уровень антител – формируется индивидуально у каждого человека. Это зависит от тяжести заболевания. Тем не менее, мы рекомендуем, чтобы люди, которые выздоравливают от болезни, были вакцинированы. Это связано с тем, что если больные вакцинированы, у них выработается стойкий иммунитет.
Массовая вакцинация рекомендуется во время эпидемий для повышения эффективности борьбы с вирусом, в том числе с новыми штаммами.
Все вакцины, используемые в Узбекистане, являются рекомбинантными вакцинами, разработанными в системе, которая работает для всех типов коронавирусных инфекций, независимо от мутаций.
#коронавирус вакцина

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: