Sertifikat malaka toifasidan ustunmi?

Sertifikat malaka toifasidan ustunmi?

Savol: O‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha qanaqadir xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa-yu, ammo toifasi bo‘lmasa, bunda toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchiga ko‘roq dars beriladimi yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchigami?

Javob: “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi belgilab berilgan.

Ushbu ko‘rsatgichlarning uchinchisida chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, vazirlik tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar) turibdi.

Malaka toifalar esa sakkizinchi ko‘rsatgichdan joy olgan. Ya’ni, o‘qituvchi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sertifikatlardan biriga ega bo‘lsa, malaka toifasi bo‘lmasa ham toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchidan ko‘ra ko‘proq dars olish huquqiga ega bo‘ladi.

Mavzuga doir:
Sertifikat ustamasi faqat 1 stavka uchun to‘lanadimi?

Ustama beriladigan sertifikatlar ro‘yhati

Sertifikat haqida hazil maqollar (o‘qituvchilar uchun)

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: