DTM Harbiy imtiyoz to‘g‘risidagi maqolalarga munosabat bildirdi

DTM Harbiy imtiyoz to‘g‘risidagi maqolalarga munosabat bildirdi
Telegramda o'qish

Joriy yilda Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlari jarayonlariga oid holatlar ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa, internet nashrlarida keng muhokama qilindi.

Bu davrda ularning xizmatlari, hamkorligi, shubhasiz, Davlat test markazi uchun katta bo‘ldi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda va internet nashrlarida harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar huquqlari hamda harbiy imtiyozni tasdiqlash mavzularini muhokama qilish davom etmoqda.

Bu borada jamoatchilikka quyidagilarni ma’lum qilamiz:

👉 joriy yilda onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi (harbiy imtiyoz) to‘g‘risidagi ma’lumotlar abitur.dtm.uz tizimiga abituriyentlar tomonidan kiritilgan;

👉 ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng, ularning ma’lumotlari mas’ul vakolatli organlarga yuborilib, ular tomonidan tekshirilgan va tasdiqlangan;

👉 bugungi kunda dastlab imtiyozi tasdiqlanmagan abituriyentlarning ma’lumotlarini mas’ul vakolatli organlar tomonidan qayta tekshirish va tasdiqlash ishlari yakunlangan;

👉 Davlat test markazi tomonidan harbiy tavsiyanomasi tasdiqlangan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballari asosida tanlov natijalari Davlat komissiyasiga taqdim etilgan;

👉 Davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng, bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi hamda abituriyentlar shaxsiy kabinetlari orqali natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazi barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlik qilish va haqiqatga asoslangan ma’lumotlarning e’lon qilinishidan manfaatdor ekanligini eslatib o‘tadi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: