Yangi yil tabriklari, 2023-yil uchun eng sara bayram tabriklari

Yangi yil tabriklari, 2023-yil uchun eng sara bayram tabriklari

Yangi yil uchun tabriklar, yangi 2023-yil uchun tabrik va tilaklar, turli soha vakillari uchun tabriklar, yangi yil bayramona qo’shiq va musiqalari,, eng yaxshi bayram tabrigi kutib oling.

Hamkasblar uchun yangi yil tabrigi

Assalomu alaykum, aziz Hamkasblar!
Mana, 2022 yilning xam oxirgi kunlari, daqiqalari, soniyalari o‘tib bormoqda….
Bu yilda ushalmagan eng ezgu orzu niyatlarimizga kelayotgan yilda erishib yuraylik! 
Har doim martabangiz bundanda ulug‘ bo‘lsin, oling-u oldirmang, izzatda, hurmatda, obro‘da bo‘ling! 
Hamisha oilangizda mehr-oqibat, sevgi muhabbat, baxt saodat hukm sursin! 
Farzandlaringiz har doim sizga fakat rahmat, hurmat, obro‘-e’tibor olib keladigan bo‘lishsin!!! 
Ota — onangizni umrlariga ollohim umr , sog‘liklariga sog‘lik qo‘shsin !!! 
Bundan yuqori cho‘qqilarni zabt etib , olg‘a qadam tashlab yuring!!!  
Olloxim  beraridan qoldirmasin. 
Kelayotgan yangi yil oilalarimizga baxt, omad, tinchlik, xotirjamlik olib kelsin !!! 
YANGI YILINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ USTOZLAR!!!
☃️❄️☃️☃️❄️☃️☃️❄️☃️☃️❄️☃️

Yangi yil bayrami tarixi haqida

Barcha uchun yangi yil tabrigi

Barcha uchun yangi yil tabriklari, yangi 2023-yil muborak!
Hurmatli va aziz qadrdonim !!!
2023 yilda shunday baxtli bo‘linki, baxtdan qochib omadga qoqiling. Quvonchga suyanib turib shodlik suqmoqlaridan yuring, charchaganda mehr chashmasidan, omad ariqlaridan suv ichib hayot yo‘llarida xushnud davom eting.
2023 yilda qadringiz nondak aziz, qalbingiz qordak nafis bo‘lsin, hayotda shunday yashangki, hamma Sizga havas bilan boqsin. 2020 yilda ulgurmay qolgan yaxshi niyatlaringizga 2021 yilda erishing.

KIRIB KELAYOTGAN YANGI 2023 YIL MUBORAK BO’LSIN !!!

YANGI YILINGIZ BILAN!
🍃☃️🍃🌹🍃☃️🍃🌹🍃☃️🍃

Ustozlar uchun yangi 2023-yil tabrigi

🎄Assalomu alaykum, qadrdonlarim! Ta’lim fidoiylari, aziz ustozlar!

🌲Siz azizlarni tobora yaqinlashib kelayotgan yangi 2023 yil bilan samimiy tabriklayman!
🎄Aziz ustozlar! O‘tib borayotgan 2022 yil biz uchun ham sinovli bo‘ldi…
🌲Azizlarim! Mana 2023 yil ostonasida turibmiz, Ollohga ming shukurlar bo‘lsinki, siz bilan biz bir-birimizni g‘oyibona tabriklash baxtiga muyassar bo‘ldik. Yangi yilimiz qutlug‘ kelsin! 2022 yilda erishmagan orzu-niyatlaringizga 2023 yilda erishing.
🎄Qadrli ustozlar! Yangi yilda siz azizlarni, baxt, omad, sog‘lik, tinchlik, xotirjamlik, boylik aslo tark etmasin!
🌿Barchangizga farzandlar kamoli, shogirdlar yutug‘i qo‘shaloq kelsin!

Ustoz haqida she’rlar

Ona tilichilar nomidan YANGI YIL TABRIGI☃️☃️☃️

Mirzaxmedova Oygul
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️ Kirib kelar yangi yil bugun
Dillarga quvonchlar ulashar butun.
Yaxshi tilak bildirish azaliy odat,
Senda juda ham ko’p orzu va omad.

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️ Kesim kabi bo’ling gaplarda hokim,
Ishingizda doimo bo’lsin ko’p sifat.
Aniqlovchi sizga aniqlik bilan,
Keltirsin sizga bir olam hurmat.

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️ Olam o’zi turfa xil hikmatlarga boy,
Ziyo tarqatish qalblarga eng ulug’ saroy.
Nisbat bordir faqat fe’lda bilamiz,
Go’zal shakllarga ega bo’lgan siz muallimsiz!

Til haqida she’r, qo’shiq, topishmoq va boshqa barcha ma’lumotlar

Adabiyotchilardan tabrik!!!

Shirindek go’zal, Layli misol vafodor , Kumush yanglig’ oqila qizlar -u Otabekdek ziyoli,Majnundek sadoqatda tengsiz , Anvardek o’ktam yigitlar!!
Yangi yilingiz muborak bo’lsin!!
Olloh sizga «Avesto» umrini, «Qutadg’u bilig» nurini ato etsin. Qadringiz
» Shohnoma» misol baland, martabangiz «Xamsa»dek buyuk bo’lsin.Navoiydek uluglik, Boburdek jasorat , Nodiradek go»zallik, Mashrabdek qalbi poklik, Yassaviydek kamtarinlik umringuzni bezasin!!
Tanosubdek ajdodlarga loyiq bo»ling,ta’did misol yutuqlarga erishing, talmeh misol chaqnab yuring!
«Daftar hoshiyangizdagi 2023 — yil bitiklar» I ‘ Ikki eshik orasidagi» ma’nili umringizni bezasin! Mashaqqat bilan «O’t gan kunlar» ingizning «Kecha va kunduz»i shodlik lahzalariga aylansin!!
Bayram muborak bo’lsin!!🌺🌺🌺

Yangi yil tabrigi – turli sohalar uchun juda qiziq tabrik va tilaklar

MATEMATIK lar tabrigi

YANGI YIL MUBORAK BO’LSIN!

Sizga tilaklarim:

Ortib boraversin yuzga biringiz,
X bo’lib qolsin doim siringiz.
Sonli to’plam bo’lsin o’g’il-qizingiz,
Ularga nur bo’ling doim o’zingiz.

Bugun bayram ekan bir kulishaylik,
Shodliklarni qoldiqsiz, teng bo’lishaylik.
Og’ir kasbingizda sizga ming omad,
Modul belgisidek bo’ling tik qomad.

Tekislikday tilay cheksiz omonlik,
Kasr mahrajidek ko’rmang yomonlik.
Integraldek egilmasin belingiz,
Intervalga sig’mas bo’lsin fe’lingiz.

Natural sonlardek beg’ubor yashang,
Qalbdagi g’amlarni ayirib tashlang.
Plyusdek charaqlab tursin ko’zingiz,
Hosilasiz hosil bersin ko’zingiz! Kelayotgan Yangi yilingiz bilan
➕➖➗✖️♾🟣🔺🔶🟥
2⃣0⃣2⃣1⃣

👏👏👏

Tarixchilarcha tabrik yangi yil tabrigi 2023-yil

Kirib kelayotgan 2023-yilda sog’ligingiz Misr ehromlariday mustahkam,Umringiz Buyuk Xitoy devoridan ham uzun va koranavirusdan himoyada bo’lsin (xunnlardan himoya qilgani kabi),qadringiz Eyfel minorasidan ham baland,har bir o’tgan lahzangiz Tojmahal va Parfenon kabi go’zal va har xil tusda tovlanadigan,eng asosiysi Sin Shi Xuandi maqbarasidek joningiz yer ostidan ham but-butun chiqadigan bo’lsin.Shuningdek baxt va omad giyohingizni Gilgamishnikidek o’g’irlab ketishmasin. Ilmingiz Behistun yozuvlaridek toshga bitilganidek xotirangizga bitilsin.
Yangi yilingiz muborak bo’lsin 😊

Qor va qorparchalar haqida she’rlar to‘plami

Filologcha tabrik🥳 yangi 2023-yil uchun

Yangi yil uchun eng sara tabriklar, yangi 2023-yil tilaklari
Assalomu alaykum aziz antroponimlar☺️ kirib kelayotgan yangi yil barcha kishilik va o’zlik olmoshlariga qutlug’ kelsin. 2023-yil «Kim?» so’rog’iga javob bo’luvchi hamma «Ism»larga baxtning uyushgani, omadning murakkab qo’shma gap shakli, sog’lik-salomatlik uch nuqta shaklida, quvonch-shodliklar undov gap bo’lib hayot kundaligingizga muhrlansin! Labingizni tabassum-la bezaguvchi mazmunli xabar mayli omonim, sinonim, paronim tarzida kirib kelsin umr eshigingizdan☺️ Barchaga umidli 2023-yil MUBORAK!

Do’stlar uchun yangi 2023-yil uchun samimiy tabrik

Do'stlar uchun yangi yil tabrigi
Mana bir yil o‘tib yana bir yangi yilni qarshilamoqdamiz. 2023 yil xammamiz uchun eng esda qolarli quvonchlarga boy yil bo‘lishini istardim. Kimning nima orzu niyatlari bo‘lsa xammasi 2023 yilda ijobat bo‘lishini tilab qolaman. Yangi yilni yangi rejalar, maqsadlar bilan qarshi olaylik shunda xamma orzu niyatlarimiz ijobat bo‘ladi. Eng asosiysi tinchlik va sog‘lik tilayman. Alloh barchamizni o‘z panohida asrasin, oilalarimizni tinch totuv, xonadonlarimizni o‘zining fayz va barakotlari bilan limmo lim qilsin. Alloh xech birimizni iymondan yiroq qilmasin. Doimo omadimizni o‘zimiz bilan birga qilsin. Do‘stga zor, dushmanga xor, nomardga umuman muhtoj qilmasin. Kirib kelayotgan yangi yil bayramida sizlar bilan jismonan birga bir dasturxon atrofida o‘tirib nishonlash nasib etmasa-da lekin biz qalban birgamiz.
Yana bir bor barchangizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan tabriklayman. Sizlarga uzoq umr, sihat salomatlik tilayman. Omad, baxt va asosiysi yuqori kayfiyat sizlarni hech qachon tark etmasin. O‘qish va ishlaringizga rivoj, topganlaringizga baraka, oilaviy xotirjamlik, tinchlik, totuvlik tilayman. Bu bayramni shunday xursandchilik va yuqori kayfiyatda o‘tkazingki, shu xursandchilik, shu yuqori kayfiyat sizni keyingi bayramgacha aslo tark etmasin.
YANGI YILda yaxshi tilak bildirmoq odat,
Yil bo‘yi boshingizga yog‘sin shafoat,
Tark etmasin «o‘n ikki oy» baxtu saodat,
Tark etmasin «ellik ikki hafta» xalovat!
Ishq o‘tida «sakkiz mingu yetti yuz soat»,
«Uch yuz oltmish besh kun» ko‘ring rohat-farog‘at,
Kulib «besh million ikki yuz ming soniya» omad,
Yaratganning panohida yuring salomat !!
Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo‘lsin! Umringiz uzun, Qalbingiz xamisha butun chexrangiz porloq bo‘lsin.
BARCHANGIZNI YANGI YIL BAYRAMI BILAN TABRIKLAYMAN!🌹🙏😍🌹💃🎁💵🎁🎈🎊🎉

Qorbobo haqida she’rlar to‘plami

Pedagoglar uchun yangi yil 2023-yil tabrigi

Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Betakror diyorimizga yangi – 2023 yil ham kirib kelishiga sanoqli damlar qolmoqda.
Siz, muhtaram va jonkuyar o‘qituvchilar, pedagoglar va murabbiylar, navqiron o‘quvchi yoshlarimiz, qolaversa butun xalqimizni yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va quvonch tilayman!

Poyoniga yetayotgan 2022 yilda yurtimiz hayotida yaxshi kunlar, ulkan yutuq va marralar ko‘p bo‘ldi. Shu bilan birga, afsuski, pandemiya tufayli boshimizga og‘ir tashvishli kunlar ham keldi. Ana shunday sinovli damlarda ham Siz aziz o‘qituvchilar shijoat bilan o‘quvchi yoshlarimizga ta’lim va tarbiyangizni kanda qilmaganingiz, albatta tahsinga sazovordir.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda jonajon vatanimizda uchinchi Renesansning poydevorini barpo etilishida Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanar ekan, demakki kelgusida marralar ulkan, maqsad esa aniq. Ana shunday marralarni zabt etishda Ollohdan sizlarga kuch-quvvat, g‘ayrat va shijoat, qanoat va zakovat, bitmas va tuganmas bilim so‘rab qolaman.

Aziz vatandoshlar, qadrdon murabbiylar!
Mana shu quvonchli damlarda barchangizni Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Yurtimizdagi har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, baxt va omad hamda farovonlik tilayman.

Yangi – 2023 yilning qadami jonajon Vatanimizga qutlug‘ va barakali kelsin!

YANGI YIL BARCHAMIZGA MUBORAK BO‘LSIN!

Yangi yil bayrami uchun she’rlar to’plami

Shukronalik

Bir-birini quvlab yillar o‘tmoqda. Tong ortidan kun botib, ko‘z ochib yumguncha yana bir yilni tarix sahifalarida qoldiramiz. Inson-unutuvchi. Yaxshi kunlarni-da, ko‘ngilsiz damlarni ham esidan chiqarib, yana olg‘a qadam tashlab ketaveradi.

O‘tgan yilimiz qaysidir ma’noda butun insoniyat uchun sinov yili bo‘ldi deya olamiz. Ehtimol, yo‘qotishlar ham bo‘lgandir. Allohning qadariga rozimiz.

Yangi kirib kelayotgan yil olam-olam orzular hadya etmoqda. Qalbingizdagi eng ezgu tilaklaringiz amalga oshsin.

Oramizda yaxshi insonlar ko‘p. Ular borligi uchun ham hayot go‘zal, yashash zavqli. Atrofimizdagi yaxshilarning qadriga yetaylik. Dunyoning omonatligini tobora his etib boryapmiz!

Ko‘nglimizga hamisha bayramlar sig‘sin! Topganlarimiz yaxshiliklarga buyursin. Ezgu amallar qilishga o‘zi qodir qilsin.

2022-yildan rozimiz, 2023-yilni xursandchilik bilan kutib olaylik!

Yangi yil — yaxshiliklar yili bo‘lsin!
Yangi yil bayram tabrigi, 2023-yil xush kelibsan

Yangi yil uchun maslahat

1 yanvarda 365 varaqli kitobning birinchi varag‘i yozila boshlaydi, uni yaxshi yozing.

Bred Peysli

Yangi yil tilak

Yangi yil haqida qiziqarli faktlar… 
❄️❄️YANGI YILDA❄️❄️

Yangi yilda mening ezgu,
Tilaklarim ziyoda,
Mashinalar olsin hamma,
Yurmasin hech piyoda.

Ushalsinda har bandaning,
Orzu, istak,o‘ylari,
Poydevori baxtdan bo‘lsin,
Hayot, umr uylari.

Sahovatga to‘lsin qalbi,
Baraka tuz,oshida,
Humo qushi sayrab tursin,
Har kimsaning boshida.

Quvonchlarga to‘lsin dillar,
Ko‘rmasin hech ozorlar,
Unutilib alam, dardlar,
Shifo topsin bemorlar.

Yangi yilda zo‘r tilaklar,
Jo‘sh uradi dilimda,
Baxtga yetsin sevishganlar,
To‘ylar bo‘lsin elimda.

Qayg‘u, g‘amning tishi sinib,
Hech kimsani qopmasin,
Hamma inson kamol topsin,
Hech ham zavol topmasin.

Yopiq bo‘lsin,ochilmasin,
Omadsizlik eshigi,
Farzandsizga farzand bersin,
To‘lsin mehr — beshigi.

Ezguliklar gullab unsin,
Ko‘ngillarda qatma -qat,
G‘iybat,hasad qurib,bitib,
Kulsin mehr -muhabbat.

Yangi yilda baxtu, omad,
Hamroh bo‘lsin har onda,
Hullas hamma baxtli bo‘lsin,
Go‘zal O‘ZBЕKISTONDA.

Yangi yil qo’shiqlari, bayram qo’shiqlari

Yangi yil bayrami uchun qo’shiqlar to’plami
Abba happy new year — yangi yilga inglizcha qo’shiq.mp3

Barcha xonandalar – Yangi yil oqshomi.mp3

Farhod va shirindan yangi yil bazmi.mp3

Qor parchasi qo’shig’i.mp3

Yangi yil haqidagi barcha qo’shiqlarni mana bu sahifada yuklab olishingiz mumkin: Yangi yil bayrami uchun qo’shiqlar to’plami

Yangi yil musiqalari

Jingle Bells musiqasi o’zbekcha talqinda

Jingle Bells Yangi yil musiqasi

Yangi yil archa bayrami musiqasi

Yangi yil ertagi musiqasi

Barcha yangi yil musiqalarini saytimizning mana bu sahifasida oson yuklab olishingiz mumkin: Yangi yil musiqalari, Jingle Bells kuylari, qo’shiqlar

Oddiy tabrik

Yangi yilingiz qutlug’ bo’lsin,
Nomingiz bundanda ulug’ bo’lsin.
Nimaki niyat qilgan bo’lsangiz,
Ilohim barchasi amalga oshsin!
Qish haqida she’rlar to‘plami
Qish haqida she’rlar to‘plami

Ushalsin tilaklar

🎄Ushalsin ushbu kun ezgu tilaklar!
Chorlasin bu kecha quvnoq ertaklar!
Mo‘’jiza ro’y berib xonadoningizga!
Yangi yil olib kelsin mangu baxt sizga!
Yangi yil muborak aziz yurtdoshim!!!

🎄Yangi Yilingiz Bilan!🎄

YANGI YILNI BIZ BILAN KUTIB OLING!!!

Yangi yil qisqa tabrik

🎄Tabassumga burkansin dunyo 🎄
🎄Qordek oppoq bo’lsin dilingiz 🎄
🎄Bo’lsin qordek tozа, musaffo 🎄
🎄Qadam qo’ygan Yangi yilingiz 🎄

2023-yil uchun tilak

2023-yil uchun tilak
2023-yil uchun tilak

Yangi yil keltirsin baxt,omad quvonch
Hech qachon do’stlardan ketmasin ishonch
Samimiy bo’lsin suhbatda so’zlar.
Yoshlansa quvonchdan yoshlansin ko’zlar
Yaxshi so’z maqtovlar yangrasin doim
Omad yaqin do’stingiz bo’lsin ilohim!

Yangi yil muborak!

Kelayotgan yangi 2023-yilda ALLOX uyingizga nur, 
Qalbingizga huzur, 
Oilangizga baxt, 
O’rningizga taxt,
Ishingizga omad, 
Qo’lingizga daromad, 
Yaqinlaringizga quvonch, 
Bir-birimizga ishonch ato etsin Yangi yilingiz bilan!
Yuradigan archa va Meri Poppins: Yulduzlarning eng ahmoqona Yangi yil liboslari

Yangi yil she’riy tabrik

Turibman qo’limda qadah shu palla,
Demak jom so’zimni aytmasam bòlmas.
Sizga baxt tilashim mumkin baralla,
Lekin baxtli qilish qólimdan kelmas.

Tilayman albatta soģliq va umr,
Tuhfa qilolmasman lekin ularni.
Tilayman hech sònmas ilhom va surur,
Garchand berolmasman bu tuyģularni.

Men faqat siz uchun orttirib alam,
Yòlingiz tòsmasman devorga òxshab.
G’alvali dunyoda shuning ózi ham,
Mening nazarimda juda katta gap.
(Abdulla Oripov

Yangi 2023-yil muborak

☃☃☃☃☃☃☃☃☃☃☃☃☃
Yangi yilda baxt bo’lsin
Omad shodlik naqd bo‘lsin.
Hayotimiz qand bo’lsin
Orzu niyat taxt bo’lsin!

Yangi yilda ko‘rishguncha😘😘

Yangi yilda kimga qanday sovg’a bersa bo’ladi?

Yangi yil tabriknoma

​​❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
❄️ TABRIKNOMA❄️
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
🎄 Y-angi yil sizga
🎄 A-rmonsiz hayot
🎄 N-iyatlar ro’yobi
🎄 G-o’zal xotiralar
🎄 I-shlariz rivoji
🎄 Y-akuni yo’q baxt
🎄 I-lohiy mo’jiza va
🎄 L-atif damlarni olib kelsin!
❄️❄️❄️❄️❄️❄️
☃ Kirib kelayotgan YANGI YILda Omad va Baxt hamisha hamrohingiz bo’lsin!..
❄️❄️❄️❄️❄️❄️
⏳ YANGI YILNI YAXSHI TILAKLAR BILAN OILA DAVRASIDA KUTIB OLISH HAMMAGA NASIB QILSIN.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️
🌲 YANGI 2023 YILDA KO‘RISHGUNCHA DEB QOLAMIZ!!!!

Ustozlar uchun yangi yil tilaklari

Assalomu alaykum qadrdonlarim, aziz ustozlar! . Elimizning ardoqli kasb egalari!
Siz azizlarni yangi kirib kelayotgan 2023-yil bilan tabriklashga ruxsat bergaysizlar. Azizlarim, yangi yil barchangizga omad, baxt, sihat -salomatlik, xotirjamlik olib kelsin. O‘tayotgan yilimizda amalga oshmay qolgan rejalaringiz ro‘yobga chiqsin.
Siz azizlarni yana bir bora bayram bilan samimiy tabriklayman.

Yurtdoshlarimiz uchun yangi yil tabrigi

Assalomu aleykum, Azizlar!

Mana 2022 yilning so‘nggi kuniga xam yetib keldik. O‘tgan yilimizning yaxshi kunlari, yaxshiliklari uchun shukronalar aytib yangi yilni kutib olmoqdamiz! Kirib kelayotgan Yangi 2023-yil barcha yurtdoshlarimizga omad va zafarlar olib kelsin! Oilaviy baxt, tinchlik va xotirjamlik xonadoningizdan arimasin! Ko‘tarinki a’lo kayfiyat yil bo‘yi xamroxingiz bo‘lsin! Kirib kelayotgan yangi yilingiz muborak bo‘lsin, Azizlar!

Yangi yil qutluq bo’lsin!

Yangi yil qutluq bo'lsin
🎄☃️⛄🎄

Yangi yilda barcha hayrli ishlaringizda sizga omad yor bo’lsin. Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut -baraka va oilangizdan shodu hurramlik aslo arimasin. Yangi yil qutlug’ bo’lsin! 

🌲 Yangi – 2023-yil sizga baxt, omad, tinchlik va unutilmas damlarni olib kelsin. Soat qurantlari bong urgan onda tilagan barcha niyatlaringizga yeting. Siz va yaqinlaringizga baxt va omad hamisha hamroh boʻlishini tilab qolamiz.

2023-yil muborak!

Yangi 2023 yilda Olloh barchamizga sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt, ishlarimizga muvaffaqiyat ato etsin.
Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin 😊😊😊

Qorqiz haqida she’rlar to‘plami

YANGI YIL muborak do’stlar

Tarixga teng erur,o‘tgan kunlaring,
Orzu havas pinhon,tutgan yo‘llaring.
Yildan yilga ko‘char,sinov sirlaring,
Yangi yil,yangi kun,muborak do‘stlar!

Yo‘limiz yoritar,nurafshon damlar,
Yulduzi charog‘on,chamanzor bog‘lar.
Dong‘i dunyo quchgan,Vatanim tog‘lar,
Yangi yil,yangi kun,muborak do‘stlar!

Ko‘kdan kutar ahling,pag‘a-pag‘a qor,
Ayozli qishning ham,salobati bor.
Yurtim uzra kezar,yangi yil bahor,
Yangi yil,yangi kun,muborak do‘stlar!

Yangi yilda do‘stlar,so‘roqlab yurar,
Vatan bolam deya,ardoqlab turar.
Kelajak orzular,peshvozing bo‘lar,
Yangi yil,yangi kun,muborak do‘stlar!

Shundayin hur diyor,tavfofing bo‘lay,
Ona xalqim senga,mehrimni beray.
Baxtiyor kunlarga,shukrona bitay,
Yangi yil,yangi kun,muborak do‘stlar!

Shaxodat Ziyo.

yangi yil qutlov

Pok qalbli insonni qutlab-e’zozlab,
Baxtli tong otmoqda – YANGI YIL tongi.
Kelajak mexri-la dillarni sozlab,
Xusunkor yangraydi hayot ohangi

yangi 2023-yil uchun eng yaxshi tabriklar

yangi 2023-yil uchun eng yaxshi tabriklar
🍃IKKI MING YIGIRMA UCHINCHI YILDA🌺

Yetsin murodiga xar yoshu qari,
Uzilgar rishtalar ulansin bari.
Xar qanday kasalga topilsin dori,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.

Intilgan insonning omadi chopsin,
Kimda kridit bor qiynalmay yopsin.
Bu yil topganidan ko‘pini topsin,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.

Aytsam yuragimda ming bitta nido,
Xech kimsa baxtidan bo‘lmasin judo.
Farzand so‘raganga farzand ber Xudo,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.

Kimningdir niyati Xajga bormoqlik,
Kimdir uy qurmoqlik istagi dilda,
Yetsin niyatiga but bo‘lib sog‘lik,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.

Armonlar ko‘ngilga soya solmasin,
G‘am, qayg‘u xech yaqin kela olmasin.
Orzuga yetmagan inson qolmasin,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

Filolog tabrigi

«Azizim», «Yillar va yoʻllar» ni ortda qoldirib Yangi yil «Ostona»sida turibmiz. «Vaqt»atalmish «Karvon qoʻngʻirogʻi» 2022-yilning «Soʻnggi sabogʻ»ini bermoqda. «Oʻtgan kunlar»imizga nazar tashlasak, «Kecha va kunduz»imizni nurafshon qilib turgan «Ishonch koʻpriklari» eʼtiborimizni tortadi. Alloh taolo sahifalagan «Hayot varaqlari»da «Tugʻilish» bor: qanchalab yangi chaqaloqlarni kutib oldik. «Ayriliq» bor: koʻplab yaqinlarimiz «Jannatga yoʻl» olishdi. Bariga shukur qilgan holda «Munavvar tong» ni kutaveramiz.
Qadrdonlarim, «Topganlarim va yoʻqotganlarim» deya oʻkinmang: Yaratgan Sizga eng goʻzalini, xayrlisini atagan.
Birodarim, umrimiz Nuh paygʻambar umriday uzun, boyligimiz Sulaymon paygʻambarnikiday moʻl, husnimiz Yusuf paygʻambarnikiday goʻzal, sabrimiz Ayyub paygʻambarnikiday boʻlmasa ham , Alloh sevibdiki,INSONmiz!
«Koʻngil deydiki»: «Baxt tongotari»ni kutib yasha. «Zulmat ichra nur»ni top. «Mehrobdan chayon»larni yoʻqot. Sen Majnunsan: Layling ,Allohga intil. Farhodsan: qoʻlingni mehnatdan uzma. Sen «Sabbaʼi sayyor»dagi Bahromsan: gʻaflatda qolishga haqqing yoʻq. Sen «Inson»san. Hayotingni»Gulzor»-u «Guliston»ga aylantir».
Zamondoshim,bizni «Nurli choʻqqilar» kutib turibdi. Kelayotgan Yangi yil «Haj daftari»ni ochadigan, oʻz «Qobusnoma» mizni gʻurur bilan davom ettiradigan, «Qiyomat qarz»larimizdan xalos qiladigan, «Garov»dagi jonimizni omon saqlaydigan yil boʻlsin!
Barchangizga bayram muborak boʻlsin!

Ona tilichasiga bayram tabrigi❣❣❣

Assalomu alaykum qadri baland qadrdonlarim.🤗🤗🤗🤗
Mana yana bir yil ham ko’z ochib yumguncha o’tib ketibdi🙂🙂🙂🙂. Kelayotgan 2023-yilda 2022-yilda erishmagan va erishishni maqsad qilib qo’ygan barcha niyatlaringizga yeting.🥰🥰🥰🥰🥰 Bajara olmay qolgan ishlaringizni kelasi yildagi bajarishni rejalashtirgan ishlaringizga qo’shib a‘lo darajada uddalab tashlang.🤘💪👌✌️ Kelayotgan yangi yilda oxiri yo‘q ona tilining grammatik qoidalari kabi son- sanoqsiz syurprizlarga duch keling,🎁🎁🎁🎁 umringizga eng chiroyli sifatlar hamroh bo’lsin.🏵🏵🏵🏵 Hayotingizda aniq otlar kabi real voqealar mavhum otlarning eng saralari bilan birgalikda sizga uchrasin.💞💞💞💞 Fe’ldan fe’l yasalmagani kabi siz ham hech o’zgarmang,🤜🤛🤜🤛 o’z holingizcha qoling(axir siz eng zo’risiz)💪💪💪💪. Yordamchi so’zlar kabi o’zgalarga doimo yordam bering,🧑‍🏫👨‍🏫 orttirma darajadagi so’zlar kabi ko’p-ko’p savoblar yomg’iri ostida qoling.🤲🤲🤲🤲🤲 Oraliqdagi so’zlar kabi ikki orada qolmang,😐😐😐 mustaqil so’zlar kabi doimo mustaqil va kuchli bo’ling.☝️☝️☝️☝️☝️ Jarangli undosh tovushlar kabi jaranglab🎺🎺🎺🎺🎺🎺🎺, jarangsizlarning hayotiga jaranglab quvonch olib kiring.🎷🎷🎷🎷🎷🎼🎼🎼🎼🎼🎼 Portlovchi undoshlar kabi doimo portlab yuring(yaxshi ma‘noda),🥁🥁🥁🥁🥁🥁 sirg’aluvchilar kabi sekin harakat qilmang🪕🪕🪕, doimo yonib turing.🎸🎸🎸🎸🎸🎸 Hayotingiz murakkab qo’shma gaplardek uzun bo’lsin.😃😃😃😃😃😃 Ko’p ma’noli so’zlar kabi doimo yangi jihatlaringizni kashf eting.🎇🎇🎇🎇🎇 Hayotda antonimlarga duch kelib qoqilmang,🩹🩹🩹🩹🩹 yo’lingiz egadek to’g’ri va bexavotir bo’lsin.🛤🛤🛤🛤🛤🛤🛤🛤🛤 Umringiz tartib sonlardek tartibli bo’lsin,📆📆📆📆📆 ammo sanoq sonlardek sanalmasin.📅📅📅📅📅📅 Siz fonema bo‘lmang, morfema ham bo’lmang, hayotingizning so’z qoliplariga solinishiga ham yo’l qo’ymang❌❌❌❌❌, siz yaxlit o’zgacha bir leksema bo’ling❕❕❕❕ o’zingiz mustaqil holda gap bo’lib shakllana oling.📌📌📌📌📌📌 Bir-biriga oshiq qalblar uchun esa o’z aniqlovchisining yonida ajoyib aniqlanmishidek👩‍❤️‍👨👩‍❤️‍👨👩‍❤️‍👨👩‍❤️‍👨 yarashib turishiga tilakdoshman👫👫👫👫👫, ular ega kesimning moslashgani kabi bir- biriga hamohang bo’lsin👨❤️👩!!! Barcha barchangiz imloviy xatolarga yo’l qo’yasiz ,albatta🙃🙃🙃🙃🙃 va mana shu imloviy xatolaringizni orfografiya qoidalariga binoan to’g’rilay bila olishingizga ishonaman😊😊😊😊😊.
Kirib kelayotgan Yangi yilingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman🎉🎉🎉🎉🎉🎉. Yangi yilni oila davrasida xursandchilikda kutib olishingizga tilakdoshman.🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊 Kirib kelayotgan yangi 2032-yilingiz hech ham tasavvur qila olmaydigan yangiliklarga, baxt va quvonchli lahzalarga boy bo’lsin.🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲💐🥰❤️🌹 Yangi yilingiz bilan ,azizlarim🎆🎆🎆🎆🎆🎆🎆🎆🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🌠🌠🌠🌠🌠🌠🌠🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🧸🧸🧸🧸🧸🧸🛍🛍🛍🛍🛍🛍🛍🎁🎁
🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎂🎂🎂🎂🎂🎂🎂❣❣❣❣❣

Hurmat bilan onasining qizi

Men sizlarni yaxshi ko’raman!😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘

Mavzuga doir:

Yangi yil bayrami uchun qo’shiqlar to’plami

Yangi yil tabrigi – turli sohalar uchun juda qiziq tabrik va tilaklar

Yangi yil uchun tabriklar va tilaklar to’plami

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Shaxzoda

    ;-) :oops: :mrgreen: :lol:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: