Yangi 2023-yil tabrik she’rlar, eng sara bayramona she’rlar

SALOM, YANGI YILYangi 2023-yil tabrik she’rlar, eng sara bayramona she’rlar

Yangi yil haqida she’rlar, yangi 2023-yil tabrik she’rlari, she’riy tabrik va qutlovlar, yangi yil haqida eng sara bayramona qiziq she’rlar to‘plami.

2023-yil uchun eng yaxshi tabriklar va tilaklar to‘plamini ushbu sahifadan olishingiz mumkin: Yangi yil tabriklari, 2023-yil uchun eng sara bayram tabriklari

YANGI YIL TABRIGI

(Ustozim Ulbosin opaga bayram tabrigi sifatida)
ZЕBO ZIYOXONOVNA

Qalbingiz ziyosi jonimga malham,
Sizdan saboq oldim, ulg‘aydim bekam,
Madhingizda asli mingta doston kam,
Ustozim, yangi yil muborak bo‘lsin!

“Ziyoli ustozlar” ziyosi bo‘lak,
Ilmu ma’rifatda turibsiz tirgak,
Zebodan armug‘on sizga bu tilak,
Ustozim, yangi yil muborak bo‘lsin!

Baxtlar quchog‘ida yashang doimo,
Qalbingiz baxsh etsin barchaga ziyo,
Sizni ham qo‘llasin yaratgan xudo,
Ustozim, yangi yil muborak bo‘lsin!

Yangi 2023-yil uchun tabrik she’r

Yangi 2023-yil uchun tabrik she’r
Hisobli umrdan yil o‘tdi yana,
Qorlar yog‘ib o‘tdi yurak ustiga.
Qachondir dilini og‘ritgandim, lek,
Uzr so‘ramadim eski do‘stimdan.

Hisobli umrdan yil o‘tdi yana,
Bir paysa pasaydi umr – yongan sham.
Men Uni ko‘rdim va qaramay o‘tdim,
Qaramasdan o‘tdi eski do‘stim ham.

Shundoq, ginalarda o‘tmoqda umr,
Garchi mehr edi hayot matlabi.
Yangi yildek kutib bir-birimizni,
So‘ngra jim unutdek eski yil kabi.

Do‘stlarim davraga osmonni chorlang,
Davralar go‘zaldir tilaklar bilan.
Keling, yangi yilga kirib boraylik,
Arazsiz, ginasiz yuraklar bilan!

Yaqinroq o‘tirib bir-birimizga,
Omonmisiz deylik, ahvol so‘raylik.
Keling, gap-so‘znimas, mish-mishlarnimas,
Yurak ovozini tinglab ko‘raylik!

Do‘stlarim, ming shukr, quyoshni ko‘rib,
Har kuni oftobga yorligingizga.
Rahmat shu davralar va diydor uchun,
Ming bora tashakkur borligingizga.

Do‘stlar ruhingizni baland ko‘taring,
Bugun sevmoq fasli, sevilmoq fasli.
Yangi yil – qalblarni qorlarda yuvib,
Yurakni tozalab olmoqdir asli!

Yangi yil tabrigi – turli sohalar uchun juda qiziq tabrik va tilaklar

yangi 2023-yil uchun eng yaxshi tabriklar

🍃IKKI MING YIGIRMA UCHINCHI YILDA🌺

Yetsin murodiga xar yoshu qari,
Uzilgar rishtalar ulansin bari.
Xar qanday kasalga topilsin dori,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.

Intilgan insonning omadi chopsin,
Kimda kridit bor qiynalmay yopsin.
Bu yil topganidan ko‘pini topsin,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.

Aytsam yuragimda ming bitta nido,
Xech kimsa baxtidan bo‘lmasin judo.
Farzand so‘raganga farzand ber Xudo,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.

Kimningdir niyati Xajga bormoqlik,
Kimdir uy qurmoqlik istagi dilda,
Yetsin niyatiga but bo‘lib sog‘lik,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.

Armonlar ko‘ngilga soya solmasin,
G‘am, qayg‘u xech yaqin kela olmasin.
Orzuga yetmagan inson qolmasin,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin
Tashvish tashlamasin yuzinga soya,
Quvonching topmasin aslo nihoya.
Men baxtiyor bo‘lay baxtingni ko‘rib,
Menga shunisi bas, menga kifoya.
Yangi Yiling muborak bolsin!!!

Sizga sog‘liq so‘ray xudodan,
Yaratgan asrasin balo qazodan.
Qo‘lingiz tushmasin aslo duodan,
Hayotingiz nurlarga to‘lsin,
Yangi Yilingiz muborak bo‘lsin!!!

Baxt iqbol doim yor bo‘lsin.
Yurgan yo‘llariz gullarga to‘lsin.
Omadingiz ko‘rib ko‘zlar quvonsin.
Yangi Yilingiz muborak bo‘lsin!

Yangi yil haqida qiziqarli faktlar… 

BARCHAGA BAROBAR BO‘LSIN YANGI YIL

Sarvara Eshonxonova

Mening tilaklarim ko‘pdir siz uchun,
Barchaga barobar bo‘lsin yangi yil.
Niyatim: baxtingiz bo‘lsin bus-butun,
Kemtiklik ko‘rmasin hayotdan hech dil.

Quvonch bilan kelsin, baxt bilan kelsin,
Ezgulik urug‘in sochib ko‘ngilga.
Qadr-qimmat uchun taxt bilan kelsin,
Yaxshilik maysasin undirsin dilga.

Omad nihollarin parvarish aylab,
Yutuqqa boy bo‘lsin bu yil yangi yil.
Mehr-muhabbatni qalblarga joylab,
Shodliklarga to‘lsin bu yil yangi yil.

Ko‘ngilni ko‘ngilga mehr-la boylab,
Armug‘on aylasin go‘zal, turfa xil.
Taraqqiyot sari odimin shaylab,
Faqat tinchlik bilan kelsin yangi yil.

❄️❄️❄️❄️☃️☃️☃️❄️❄️❄️

2023-yil muborak! tabrik she’r

2023-yil muborak! tabrik she’r
Muborak ayyomning tiniq tongiday,
Musaffo ranglarga to‘lganda borliq.
Xushbo‘y tabiatning yetti rangiday,
Osmon gardishida qolganda yorliq.
Eng porloq tuyg‘ularni tilayman sizga,
Eng shirin orzularni tilayman sizga.
Yangi Yilingiz bo‘lsin muborak!

Yangi yil bayrami uchun she’rlar to‘plami

yangi yil qutlov

Pok qalbli insonni qutlab-e’zozlab,
Baxtli tong otmoqda – YANGI YIL tongi.
Kelajak mexri-la dillarni sozlab,
Xusunkor yangraydi hayot ohangi

Yangi yil kelaqol (yangi yil tabrigi uchun she’r)

Yangi yil kelaqol,yurakkinamga,
Tanish hislarimni qilaqol ro‘yob..!
Izhor aylayqolgin tilakkinamga,
Ortiq berolmasman, sog‘inchlarga tob.!

Yangi yil kechasi o‘tar imillab,
Mast alast xaloyiq,kezarlar bedor.
Notanish hislarni menga shivirlab,
Ohista,siypalab mayin yog‘ar qor..!

Ko‘ksimda izillar,sovuq hissiyot,
Yolg‘izlik domidan keladi ketgim.
Yo‘llarim yagona,hayot yo momot,
Ko‘nglim zorlarini kelar unutgim..!

Barcha jufti bilan,kayfiyat a’lo,
Qo‘ltiqlab kezadi,bayram maydonin.
Osmonda oylarni gardishi qaro,
Xushnud kutgim kelar,Yangi yil onin..!

Lekin hushnudlikdan, begonaman kez,
Yiroqda shivirlar,sevgi hislari..!
Oh..bu jonim kuymoqdadir tez..,
Budir ayriliqning nohush izlari…!

Jonim sezayapman o‘zimni yakka,
Qo‘limdan ushlagin,boqay intiqib..!
Bu shahar yutmoqda umidlarimni,
O‘zimni tobora boryapman siqib,,!

Sog‘inching bunchalar bo‘lmasa shirin,
O‘tgan yil umidlar chiqdi puchakka..!
Aytolmay qolgandim ko‘ngilni sirin,
Aylanib bormoqda tanish cho‘pchakka..!

Qo‘limdan tutaqol,sezayin tafting..!
Lablaring ta’mini sezay yutoqib,,!
Sog‘inchim yukidan egilsin kafting.,
Yonib ketayapman,ishqimni yoqib..!

Muhabbat dardlarin yiroqqa otib,
Yurakka mehmonmi bugun Yangi yil..?!
O‘tgan yillarini pullagan sotib,
Azobin tatmoqda yutoqib bu dil..!

Yangi yil kelaqol,yurakkinamga,
Tanish hislarimni qilaqol ro‘yob..!
Izhor aylayqolgin tilakkinamga,
Ortiq berolmasman, sog‘inchlarga tob.!

Yangi yil baxtlarni etaqol tortiq..!
Zora umidlardan orom olsin jon🎅

Qor va qorparchalar haqida she’rlar to‘plami

YANGI YIL muborak do‘stlar

Tarixga teng erur,o‘tgan kunlaring,
Orzu havas pinhon,tutgan yo‘llaring.
Yildan yilga ko‘char,sinov sirlaring,
Yangi yil,yangi kun,muborak do‘stlar!

Yo‘limiz yoritar,nurafshon damlar,
Yulduzi charog‘on,chamanzor bog‘lar.
Dong‘i dunyo quchgan,Vatanim tog‘lar,
Yangi yil,yangi kun,muborak do‘stlar!

Ko‘kdan kutar ahling,pag‘a-pag‘a qor,
Ayozli qishning ham,salobati bor.
Yurtim uzra kezar,yangi yil bahor,
Yangi yil,yangi kun,muborak do‘stlar!

Yangi yilda do‘stlar,so‘roqlab yurar,
Vatan bolam deya,ardoqlab turar.
Kelajak orzular,peshvozing bo‘lar,
Yangi yil,yangi kun,muborak do‘stlar!

Shundayin hur diyor,tavfofing bo‘lay,
Ona xalqim senga,mehrimni beray.
Baxtiyor kunlarga,shukrona bitay,
Yangi yil,yangi kun,muborak do‘stlar!

Shaxodat Ziyo.

Yangi yil bayram shukuhi

Yangi yil bayram shukuhi
Qor yog‘ar osmondan — oppoq zar yog‘ar
Ezgu tilaklarning elchisi bo‘lib
Qor yog‘ar, oppoqki, mayin, sehrli-
Go‘yo halollikning belgisi bo‘lib…

Yil so‘nggi, odatiy yumush, tashvishlar
Ertalab ishga-yu, kech payt uy tomon,
Ro‘zg‘or, bola- chaqa tashvishlar bisyor,
Shukur, tiriklikdir, hammasi ishlar.

Gohida ish bilan tarang asablar
Kimgadir lutf bilan yo‘g‘on ovozlar
Ish bo‘lgan, bo‘ladi, ish-ku abadiy,
Do‘stim, mehr bunda juda kerakli…

Qish gashti, qor zavqi, bayram shukuhi
Yaqinlarning mehri, do‘st sadoqati,
Shunga qo‘shilsa-ku mehr lazzati,
Dunyolarga sig‘mas bu inson zoti!

Yuring, do‘stim, tabiat tomon
Miriqib siz bilan rosa zavqlanib,
Boladay irg‘ishlab, yayrab, entikib,
Qorbo‘ron o‘ynaylik, dilni yayratib.

Oppoq qor- orzular osmondan yog‘ar
Pokiza tuyg‘ular qalbda limmo- lim
Yangi yil muborak, omad, baxt bilan
Kirib kelsin yilim, aziz muallim!!!

Qorqiz haqida she’rlar to‘plami

ESKI YIL

Malika Salimova

Bugun so‘ngi kuning.
Oxirgi marta,
Sening tonging bo‘lib yorishdi falak.
Odamlar yangisin olqishlar payti,
Men seni ko‘nglingni ololmay halak.

Bugun oxirgi kun,
Ertadan boshlab,
Sening bir lahzanga sig‘maydi haddim.
Hamma yangi yilni tursa olqishlab,
Men seni kuzatib turib…
Yig‘ladim!

Tugab borayapsan,
Haqdir ibtido,
Yakun bor har neda bilolmam nega?
Hatto bor davlatim qilsam ham fido,
Olib qololmayman bir daqiqaga!

Xizmating o‘tading, muhlating bitti,
O‘rningga kelarni mushtoq kuturlar.
Sening kitobingni berkitib shartta,
Hotira yurtiga surgun eturlar.

Kimlar quvondilar sendan beqiyos,
Kimning hayotida qaro nuqtasan.
Boraqol, norizo bo‘lma,iltimos,
Endi iloji yo‘q bugun ketmasang!

Yangi 2023-yil muborak

☃☃☃☃☃☃☃☃☃☃☃☃☃
Yangi yilda baxt bo‘lsin
Omad shodlik naqd bo‘lsin.
Hayotimiz qand bo‘lsin
Orzu niyat taxt bo‘lsin!

Yangi yilda ko‘rishguncha😘😘

Yangi yil bayrami uchun qo‘shiqlar to‘plami

Yangi yil she’riy tabrik

Yangi yil she’riy tabrik
Turibman qo‘limda qadah shu palla,
Demak jom so‘zimni aytmasam bòlmas.
Sizga baxt tilashim mumkin baralla,
Lekin baxtli qilish qólimdan kelmas.

Tilayman albatta soģliq va umr,
Tuhfa qilolmasman lekin ularni.
Tilayman hech sònmas ilhom va surur,
Garchand berolmasman bu tuyģularni.

Men faqat siz uchun orttirib alam,
Yòlingiz tòsmasman devorga òxshab.
G‘alvali dunyoda shuning ózi ham,
Mening nazarimda juda katta gap.
(Abdulla Oripov

❄️ YANGI YIL ❄️

Tilaklarga quloq il,
Shamolday yel yangi yil,
Quvonchlarga to‘lsin dil,
Qor bilan kel yangi yil.

Esib mayin izg‘irin,
Sochsin iforin,sirin,
Oh bu,lahzalar shirin,
Qor bilan kel yangi yil.

Orzu, umidlar oppoq,
Oppoq -dur,oppoq -munchoq,
Oppoq bo‘lsin hamma yoq,
Qor bilan kel yangi yil.

Bosilib dardu, g‘ubor,
Qalblar bo‘lsin beg‘ubor,
Pag‘a-pag‘a yog‘sin qor,
Qor bilan kel yangi yil.

Ortda qolsin armonlar,
Sochimizda marjonlar,
Sevinsin bolajonlar,
Qor bilan kel yangi yil.

Ko‘zlarda sog‘inchu,zor,
Mayin mungli,beozor,
Yuraklarga sanchil qor,
Qor bilan kel yangi yil.

❄️ XURSHID KARIM.

Yangi yil bayrami tarixi haqida

YANGI YIL SOG‘INCHI

Yodingizda bormi azizam
Yo‘lingizni yolg‘iz kutganim
Qo‘lingizga gularni tutib
Sevganimni sizga aytganim

Mana yog‘di o‘shal opoq qor
o‘ylayabman yolg‘izgina jim
Baxtli edik qanday beg‘ubor
Meni sizdek sevar ayting kim

Unutmadim o‘n yil o‘tsa ham
Ismingizni vaslingizni ham
Bizga diydor kerak edi yu
Bugun dunyo siz siz menga kam

Sokinlikda yozdim qog‘ozga
Taqdir qilsa ko‘rarman sizni
Netay ayro tushgan bu yo‘lda
Baxt ham kutib olmadi bizni

Siz yig‘lamang yig‘lamang yorim
Yig‘lasangiz dunyo zor yig‘lar
Qalbimdasiz har bir har onim
Sog‘nganda yurakni tig‘lar

NAVRUZ ZIYO

Ertaga yangi yil ajoyib tabrik she’rlar

Yuradigan archa va Meri Poppins: Yulduzlarning eng ahmoqona Yangi yil liboslari
Shoshib,soat sayin,kelar yangi yil,
Eslasam kunlarin,o‘rtanadi dil
Mana yetib keldik,erta yangi yil,
Qutlug‘ qadam kelsin,bu yil yangi yil!

Istagan orzular,bitmagan reja,
Bu yilda bitishga, harakating qil.
Ko‘ngling yorda bo‘lsa,qo‘ling ishda bil,
Qutlug‘ qadam kelsin,bu yil yangi yil!

Omad kutganlarga,omad ber bu yil,
Baxtlar koshonasi,ishq ber ikki dil.
Muhabbat qovushib,sevdirishni bil,
Qutlug‘ qadam kelsin,bu yil yangi yil!.

Eski yildan qolgan,ginalar ketsin,
Dildagi yaralar,butunlay bitsin.
Farzandlar volida,qadrini bilsin,
Qutlug‘ qadam kelsin,bu yil yangi yil!

Tilayman barchaga,bo‘linglar baxtli,
Bosgan qadamingiz,yangrasin shaxdli.
Har so‘zingiz bo‘lsin,mehrli ahdli,
Qutlug‘ qadam kelsin,bu yil yangi yil!

«YANGI YIL TABRIGI 2023-yil uchun tabriklar

»
«YANGI YIL TABRIGI 2023-yil uchun tabriklar
O‘tib borar soat millari,
O‘n ikkiga urar asta bong,
O‘tib eski yilning tunlari,
Qarshilaydi bizni yangi tong.

Qutlug‘ bo‘lsin yangi yilingiz! Orzularga to‘lsin yuraklar,
Baxtga to‘lib xar bir kuningiz,
Ro‘yob bo‘lsin shirin tilaklar.

Ko‘tarinki a’lo kayfiyat, Xamrox bo‘lsin yil bo‘yi sizga, Ushalmagan orzu va niyatlar
Ro‘yob bo‘lsin shu yili bizga.

Shunday yurtga bayram yarashar,
Tinchbo‘lsin jon O‘zbekistonim
Qutlug‘ bo‘lsin yangi yilingiz!
Tabriklayman aziz insonim!
Qish haqida she’rlar to‘plami

Kelayotgan yangi yil

Kelayotgan Yangi yil,
Sizga keltirsin Omad,
Tinchlik totuvlik bilan
Uyingizga Barokat.

Keltirsin yana Sizga
Olam olam quvonch Baxt.
Yanagi yil diydorgacha,
Bo‘ling doim Salomat.

Tark etmasin yil bo‘yi
Sizni yaxshi Kayfiyat.
Amalga oshsin bunda
Qilingan har pok Niyat.

Yurtimiz tinchligini
Tilagan ey ulug‘ Zot.
Sizni asrasin Tangrim,
Umringiz bo‘lsin Ziyod.

Qadri baland Qadrli insonlarim..
Sizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan muborakbod etaman. Sizni yil bo‘yi oilaviy tinchlik xotirjamlik ,xayru baraka tark etmasin.
Boshlagan ezgu ishlaringizda ALLOXim madadkor, omad yor bo‘lsin! Yanagi yil, yanagi shu kunlarda ham diydorlashish baxti nasib etsin.
ALLOXim qatorimizdan xato qilmasin, deb duo qilaman.
Hamisha ALLOXIMning panohida bo‘ling.😘❤️😘❤️😘❤️😘

YANGI YIL KECHASI

Muhammad Yusuf

Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘ngida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..

Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…

Qorbobo haqida she’rlar to‘plami

🍃IKKI MING YIGIRMA UCHINCHI YILDA🌺

Yetsin murodiga xar yoshu qari,
Uzilgar rishtalar ulansin bari.
Xar qanday kasalga topilsin dori,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.

Intilgan insonning omadi chopsin,
Kimda kridit bor qiynalmay yopsin.
Bu yil topganidan ko‘pini topsin,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.

Aytsam yuragimda ming bitta nido,
Xech kimsa baxtidan bo‘lmasin judo.
Farzand so‘raganga farzand ber Xudo,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.

Kimningdir niyati Xajga bormoqlik,
Kimdir uy qurmoqlik istagi dilda,
Yetsin niyatiga but bo‘lib sog‘lik,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.

Armonlar ko‘ngilga soya solmasin,
G‘am, qayg‘u xech yaqin kela olmasin.
Orzuga yetmagan inson qolmasin,
Ikki ming yigirma uchinchi yilda.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

Yangi yil musiqalari, Jingle Bells kuylari, qo‘shiqlar

❄️YANGI YIL MUNOJOTI❄️

✍ O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov, 1992 yil.

Vaqtning chopqirligiga hayratim tugamasdir,
Yilning o‘tishi go‘yo chaqnagan chaqmoq misol.
Yil nadir, umr o‘zi aslida bir nafasdir,
Eshikdan kirib shu on darchadan chiqmoq misol.

Besh yuz yil yashar emish tog‘ ahli bir qabila,
Sabrni maslak bilib, qanoatni toat deb.
Uy tiklamas emishlar birgina sabab ila,
Shu ozgina umrga ranj chekmoq na hojat deb.

Bu-ku bir afsonadir,aslida ahli olam
Odamdek yashash istar shu besh kunlik dunyoda.
Jahondan umid uzmas umri o‘tib borsa ham,
Yoshi ulg‘aygan sari orzulari ziyoda.

Bolam deb nihol ekar, nabiram deb uy solar,
Mendan ham biror yodgor avlodimga qolsin, der.
Dil tubida umrbod yashar oydin xayollar,
Vatanim kamol topsin, millatim yuksalsin, der.

Insondek yashamoqning asli shudir ma’nosi,
Yurt sevgisi bizlarga yurakdagi qondandir,
Bu muqaddas tuyg‘uda ajdodlarning nidosi,
Hadis so‘zi — Vatanga muhabbat imondandir.

Imonimni butun qil, yurtimni nurafshon qil,
Pok, halol yo‘llaringga bizni yo‘lla, Ilohim.
Vatanim kemasini dolg‘alardan omon qil,
Bu poyonsiz ummonda O‘zing qo‘lla, Ilohim.

Yuraklarga mehr sol, adovatdan qil yiroq,
Bu kungi zahmatlarning oqibati qut bo‘lsin.
Erkka tashna elimning baxti bo‘lsin yarqiroq,
Osmoni yorug‘ bo‘lsin, nasibasi but bo‘lsin!..❄️❄️❄️

Yuradigan archa va Meri Poppins: Yulduzlarning eng ahmoqona Yangi yil liboslari

YANGI YILIM

Kumush qishim senda oppoq qor,
Yog‘diraver, tarqalsin g‘ubor,
Yangi yildan dunyo umidvor,
Yangi yilim xush kel, yurtimga!

Eski yilda qahrni ko‘rib,
Bir-biridan oqibat terib,
Ulash endi mehringni berib,
Yangi yilim xush kel, yurtimga!

Qorlar kabi musaffo tilak,
Kelajakka albatta kerak,
Har bir uyda tug‘ilsin go‘dak,
Yangi yilim xush kel, yurtimga!

Qolib ketdi qirq bosgan yo‘lim,
Yetarmanmi cho‘zsam gar qo‘lim,
Yog‘mas endi qaboqdan do‘lim,
Yangi yilim xush kel, yurtimga!

Buyuk iqbol nuri ziyoda,
Niyati pok bordir dunyoda,
Nuroniylar qo‘li duoda,
Yangi yilim xush kel, yurtimga!

Yangi yil yaxshi yil bo‘lib kel (2023-yil tabrik)

Yangi yil yaxshi yil bo‘lib kel (2023-yil tabrik)
Qor zarrasin tutib qololmas nigoh,
Goh zarra nigohdan bag‘rim tilindi.
Qor yog‘sin – yopilsin izlaring, gunoh.
Yangi yil, yaxshi yil bo‘lib kel endi.

Qormi – kul ostida miltiraydi cho‘g‘,
Ketganlar jon uzib ketmaganlar, yo‘q!
Senga yetganlar bor, yetmaganlar yo‘q,
Yangi yil, yaxshi yil bo‘lib kel endi.

Dehqonning uyini to‘ldir bug‘doyga,
Sabr ber miskinga, insof ber boyga.
Tinchlik, ko‘nglito‘qlik shohu gadoyga,
Yangi yil, yaxshi yil bo‘lib kel endi.

Qirq yilda bir yigit kelar olamga,
Yigit yuragimni ko‘mma alamga.
Yana qirq yil xizmat qilay onamga,
Yangi yil, yaxshi yil bo‘lib kel endi.

Archajon, yumshatgil ignalaringni,
Kel, tashla, arazu ginalaringni.
Ko‘kka chiqay bosib zinalaringni,
Yangi yil, yaxshi yil bo‘lib kel endi.

Ko‘k toqiga hilolchiroq ilindi,
Yorug‘ g‘ussalarga oshno dil endi.
Kipriklar ham oppoq atirgul endi,
Yangi yil, yaxshi yil bo‘lib kel endi.

Iqbol MIRZO

Yangi yilingiz bilan!!!

SALOM, YANGI YIL

SALOM, YANGI YILYangi 2023-yil tabrik she’rlar, eng sara bayramona she’rlar


So‘nggi varaq,yirtilishga shay,
To‘kiladi eng so‘nggi yaproq.
Yil ham o‘tdi goho soatbay,
Soatning milida jon titroq.

Tashqarida guvillar shamol,
Tashqarida suvlar muzlagan.
Ichkarida ozoda hayol,
Ichkarini olov sizlagan.

Kalendarning so‘nggi varog‘i,
Devor uzra turar osilib.
Ko‘ngilda ayriliq so‘rog‘i,
Orzular qolganday bosilib.

O‘tib borar yana bitta yil,
Bilmay o‘tgan bahor, yozini.
Kuz qadrini bilmagan sangdil,
Ko‘taradi qishning nozini.

Ayriliqlar ketar ko‘z yoshlab,
Vaslu- visol,aytadi kalom.
O‘zimizcha baxtni quchoqlab,
Qichqiramiz, Yangi yil salom!

Yangi yilda kimga qanday sovg‘a bersa bo‘ladi?

Xush kelibsan Yangi yil

Tursunoy Yo‘ldosheva

Xush kelibsan, yangi yil,
Dilga xush choq sola kel.
Qorboboning qopida
Baxt, bir quchoq, ola kel!

Xush kelibsan, yangi yil,
Tinchlik, iqbol yor bo‘lsin.
Senda ona yurtim boz
Go‘zal, betakror bo‘lsin.

Xush kelibsan, yangi yil,
Dil oynam qilma xira.
Qilma ma’sumiyatni
Qabohatga masxara.

Xush kelibsan, yangi yil
Ezgulikka och quchoq.
Qilma razil, nokasga
Pok hislarim o‘yinchoq.

Xush kelibsan, yangi yil,
Baxtu iqbol yili bo‘l.
Yuragimizga yaqin,
Saodat manzili bo‘l.

Xush kelibsan, yangi yil,
Zaminga qut yog‘ilsin.
El farzandi Xorazmiy,
Navoiylar tug‘ilsin!

Xush kelibsan, yangi yil,
Qadamingdan bog‘ unsin.
Farog‘atga qonib dil,
Har kim o‘zidan tinsin.

Xush kelibsan, yangi yil…

Mavzuga doir:
Yangi yil bayrami uchun she’rlar to‘plami

Yangi yil tabriklari, 2023-yil uchun eng sara bayram tabriklari

Yangi yil bayrami uchun qo‘shiqlar to‘plami

Yangi yil musiqalari, Jingle Bells kuylari, qo‘shiqlar

Yangi yil tabrigi – turli sohalar uchun juda qiziq tabrik va tilaklar


Стихи про Новый год, стихи поздравления с новым 2023 годом, стихотворные поздравления и поздравления, сборник лучших праздничных и интересных стихов про Новый год.

Вы можете получить лучшую коллекцию поздравлений и пожеланий на 2023 год на этой странице: Поздравления с Новым годом, Наилучшие праздничные пожелания на 2023 год.

НОВОГОДНИЕ ПОЗДРАВЛЕНИЯ

(В качестве праздничного поздравления сестре Улбосин)
КРАСИВЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ

Боль твоего сердца — бальзам для моей души,
Я извлек урок из тебя, я вырос,
В твоей музыке меньше тысячи эпиков,
Учитель, с Новым годом!

группа «Интеллектуальные педагоги»,
Ты столп знания и просветления,
Это пожелание от Зебодана тебе,
Учитель, с Новым годом!

Живи в объятиях счастья всегда,
Пусть твое сердце благословит всех,
Да поможет и вам Бог,
Учитель, с Новым годом!

Поздравительный стих на новый год 2023

Прошел еще год с расчетной жизни,
Снег упал на сердце.
Я однажды поранил язык, лек,
Я не извинился перед своим старым другом.

Прошел еще год с расчетной жизни,
Жизнь уменьшается на одну пайсу — зажженную свечу.
Я увидел Его и прошел мимо,
Мой старый друг тоже прошел мимо, не глядя.

Итак, жизнь проходит в обидах,
Хотя любовь была матлабом жизни.
Ждем друг друга, как новый год,
А тут как в старый год.

Позови небо вокруг моих друзей,
Кружочки красивые с пожеланиями.
Войдём в новый год,
С сердцем без обид, без обид!

Сидя ближе друг к другу,
Допустим, вы в безопасности, давайте спросим, ​​как вы.
Да ладно, без разговоров, без слухов,
Давайте послушаем звук сердца!

Друзья мои, спасибо, что увидели солнце,
К вашей вкладке на солнце каждый день.
Спасибо за эти туры и друзей,
Большое спасибо за то, что вы есть.

Поднимите настроение друзьям,
Сегодня пора любить, пора быть любимым.
Новый год — мыть сердца в снегу,
Это очистить сердце!

Поздравления с Новым годом — очень интересные поздравления и пожелания на разные темы

наилучшие пожелания на новый 2023 год

🍃В ДВЕ ТЫСЯЧИ ДВАДЦАТЬ ТРЕТЬЕМ ГОДУ🌺

Пусть ест, старый и молодой,
Давайте установим прочные связи.
Пусть лекарство найдется от любой болезни,
В две тысячи двадцать третьем году.

Удачи честолюбивому человеку,
Тот, у кого есть кредит, должен закрыть его без труда.
Пусть он найдет больше, чем он имеет в этом году,
В две тысячи двадцать третьем году.

Если я скажу, что тысяча и один плачет в моем сердце,
Пусть никто не будет счастлив.
Боже, дай детей тем, кто просит детей.
В две тысячи двадцать третьем году.

У кого-то намерение отправиться в хадж,
Кто-то хочет построить дом,
Будем есть здоровье, как идол,
В две тысячи двадцать третьем году.

Не позволяйте мечтам затмить ваше сердце.
Не позволяйте печали и печали когда-либо приблизиться.
Не оставляйте человека, который не достигает своей мечты.
В две тысячи двадцать третьем году.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

С Новым Годом!

Не волнуйся, затени свое лицо,
Пусть твоя радость никогда не кончается.
я буду рада видеть тебя счастливой
Этого достаточно для меня.
С Новым Годом!!!

Я молю Бога о твоем здоровье,
Спаси Господи от беды.Не опускай руки от молитвы,
Пусть жизнь твоя будет наполнена светом,
С Новым Годом!!!

Пусть счастье всегда будет с тобой.
Пусть твои пути будут усыпаны цветами.
Пусть ваши глаза будут счастливы видеть вашу удачу.
С Новым Годом!

Интересные факты о Новом году…

ВСЕХ С НОВЫМ ГОДОМ

Сарвара Эшонхонова

У меня много желаний для тебя,
Всех с новым годом.
Мое намерение: быть счастливым все время,
Не стыдись жизни.

Пусть он придет с радостью, пусть он придет со счастьем,
Посейте семена доброты в своем сердце.
Пусть он придет с троном для достоинства,
Пусть добро растет в вашем сердце.

Удача заботится о ростках,
Пусть этот новый год будет полон успехов.
В сердце любовь вложив,
Пусть этот новый год будет полон радости.

Наполни сердце любовью,
Арумугон красив и разнообразен.
Я иду к прогрессу,
Пусть новый год придет с миром.

❄️❄️❄️❄️☃️☃️☃️❄️❄️❄️

С 2023 годом! поздравительное стихотворение

Как ясное утро моих блаженных дней,
Наполняется чистыми красками.
Ароматный, как семь цветов природы,
Вкладка, оставаясь в небе фланцем.
Желаю самых ярких чувств,
Желаю самых сладких снов.
С Новым Годом!

Сборник стихов к новогоднему празднику

с Новым Годом

Приветствуя чистого сердцем человека,
Наступает счастливое утро — рассвет НОВОГО ГОДА.
Настрой сердца на будущее,
Мелодия жизни звучит сладко

С Новым годом (стихотворение для новогоднего поздравления)

С новым годом, сердце мое,
Осуществи мои знакомые чувства..!
Пожалуйста, выразите мое желание,
Я не могу дать больше, я скучаю по тебе!

Проходит новогодняя ночь,
Люди пьяны, люди не спят.
Шепча незнакомые мне чувства
Снег идет нежно и мягко..!

Следы в груди, чувство холода,
Я прихожу и ухожу из дома одиночества.
Мои пути только одни, жизнь или смерть,
Я забыл о своих проблемах..!

Со всеми парами настроение отличное,
Он идет рука об руку по территории фестиваля.
Посмотри на луны в небе,
Я желаю вам счастливого нового года!

Но когда я незнакомец,
Шепот вдалеке, чувство любви..!
О..моя душа быстро горит..
Это бессознательные следы разлуки…!

Моя душа чувствует себя одинокой
Держи меня за руку, я с нетерпением жду этого..!
Этот город завоевывает мои надежды,
Я сжимаю себя все больше и больше!

Это мило, если ты не скучаешь так много,
В прошлом году надежды рухнули..!
Я не мог сказать, мужайся
Он превращается в знакомый глава ..!

Держи меня за руку, почувствуй это..!
Чувствовать вкус твоих губ и побеждать!
Пусть твоя ладонь склонится от бремени моей тоски.
Я горю, горю своей любовью..!

Отбросив боли любви,
Новый год сегодня гость в сердце?!
Покупка и продажа прошлых лет
Это сердце побеждает и вкушает боль..!

С новым годом, сердце мое,
Осуществи мои знакомые чувства..!
Пожалуйста, выразите мое желание,
Я не могу дать больше, я скучаю по тебе!

Подарите счастье в Новом году..!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 3
  1. Аноним

    :???: :?: :?: :x :x :grin: :x :twisted: :smile: :smile: :cry: :cool: :cool: :cool: :cool: :cool: :cool: :o :o :mrgreen:

  2. Ibrohim
  3. Аноним

    :smile: :shock:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: