Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

Juda ko‘p xotin-qizlar «tavsiyanoma oldim, endi aniq o‘qishga kiraman» deb o‘ylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan tashqari ular yuqori ball ham to‘plash kerak, ya’ni bilim ham muhim.

Bu masalani huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev quyidagicha izohladi:

Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika bo‘ylab kunduzgi ta’limga davlat granti asosida jami 940 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan. Sirtqi va kechki ta’limda imtiyoz berilmaydi.

Kvotalar hududlar kesimida bo‘lib chiqilgan. Batafsil kvota mana bu yerda.

Hisoblash tartibi

Keling, Samarqand misolida ko‘rib chiqamiz. Samarqand viloyatida yashaydigan va tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun jami 104ta qo‘shimcha kvota ajratilgan. Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Imtiyoz qanday qo‘llanadi?

Buning tartibi quyidagicha:

➖ tushunish osonroq bo‘lishi uchun Samarqand viloyatiga 5ta kvota berilgan deb, tasavvur qilamiz;

➖ aytaylik Samarqand viloyatida jami 40 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi;

➖ pastdagi 1-rasmga qarasangiz, tavsiyanoma olgan 40 nafar xotin-qizlar respublikaning istalgan OTMlariga hujjat topshirgan (bu yerda osonroq tushunarli bo‘lishi uchun OTMlar nomlarini oldim, yo‘nalishlarga bo‘lib o‘tirmadim);

➖ abiturientlar turlicha ball to‘plashdi;

➖ Samarqanddan tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar orasida eng yuqori ball olgan 5 nafar abiturientlar grant asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda yashil rang bilan berilgan);

➖ rasmga qarasangiz, grantga kirgan xotin-qizlar turli hududlardagi OTMlarni tanlaganini ko‘rish mumkin.

➖ qolgan xotin-qizlar o‘zining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda ishtirok etadi, ya’ni bali yetsa kiradi, yetmasa kirolmaydi.

Qissadan hissa shuki, Samarqand viloyatida jami aytaylik ming nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan bo‘lsa, ular orasidan eng ko‘p ball to‘plagan 104 kishi grant asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi.

‼️Beshta yo‘nalishni tanlaganda, tavsiyanoma faqat 1-yo‘nalishga o‘tadi. 2 va undan keyingi yo‘nalishlarda qo‘shimcha kvota berilmaydi, umumiy tartibda tanlovda qatnashiladi.



Многие женщины думают: «У меня есть рекомендация, я буду усердно учиться». Но это ошибка. Помимо рекомендации, им также необходимо получить высокие баллы, а значит, важны и знания.

Юрист Хушнудбек Худойбердиев прокомментировал этот вопрос:

Всего по стране за счет государственных грантов выделено 940 дополнительных квот для женщин на очное обучение. На заочное и вечернее обучение скидка не распространяется.

Квоты разделены по регионам. Здесь больше квот.

Порядок расчета

Посмотрим на примере Самарканда. Всего женщинам, проживающим в Самаркандской области, получившим рекомендацию, выделено 104 дополнительные квоты. Так что это значит? Как применяется привилегия?

Процедура следующая:

➖ Для облегчения понимания предположим, что Самаркандской области выделено 5 квот;

➖ Например, в Самаркандской области было рекомендовано всего 40 женщин;

➖ Если посмотреть на рисунок 1 ниже, то 40 женщин, получивших рекомендацию, обратились в любой вуз страны (здесь я взяла названия вузов, чтобы было проще понять, в направлениях не сидела);

➖ Кандидаты набрали разные баллы;

➖ 5 абитуриентов, набравших наибольшее количество баллов среди всех женщин из Самарканда, будут допущены к дополнительной квоте на безвозмездной основе (показаны зеленым на Рисунке 2);

Если посмотреть на картинку, то видно, что женщины, подавшие заявку на грант, выбирали вузы в разных регионах.

➖ Остальные женщины участвуют в общем соревновании со своим баллом, то есть если набрали, то могут участвовать, если нет, то не могут.

Вклад истории в том, что в Самаркандской области всего было рекомендовано, скажем, тысяча женщин, и 104 из них с наивысшими баллами будут приняты в дополнительную квоту на безвозмездной основе.

‼️При выборе пяти направлений рекомендация идет только к 1-му направлению. Как правило, для маршрутов 2 и далее дополнительная квота не предоставляется.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 7
  1. Zaripova Muhabbat Raxmombergan qizi

    baxtiyor.uz

  2. Bobojonova surayyo

    Men 53.7 ball oldim imtiyozim bor men endi talabalikga tavsiya qilinamanki yòqmi javobizni kutaman

  3. Xaydarova Gulchiroy

    Men 68bal oldim 4foizli tavsiyanomam bor oʻqishga kiroldimmi yoqmi :?:

  4. Qurbonova Xurshida

    5ish stajiga ega pedagog xodimlarga berilgan imtiyozga egaman ballim 81,90 boldi talabalikka qabul qilinamanmi?

  5. Abdullayeva Dilnozaxon

    Men xotin qizlar uchun ajratilgan imtiyozga egaman 90,3 ball to‘pladim lekin kirolmadim imtiyozim ham o‘tmadimi bilolmadim iltimos aniqlik kiritib berilar?

  6. Tolipova Sadoqat Abdurahmonovna

    Xotin qizlar tavsiyanomasiga nega ball qoshilmadi tavsiyanomaga bal qoshilmasa nega berildi befoyda hujjatmidi bu?

  7. Tolipova Sadoqat Abdurahmonovna

    :evil: :cry:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: