Voyaga yetmaganlar tarbiyasida inspektor-psixologlarning oʻrni qanday?

Voyaga yetmaganlar tarbiyasida inspektor-psixologlarning oʻrni qanday?

Taniqli maʼrifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir” deb aytgan chuqur maʼnoli iborasi bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmasdan, aksincha yosh avlod tarbiyasining dolzarb masala ekanligi avvalgidan muhimroq ekanligini hayotning oʻzi koʻrsatib turibdi. Zero, farzandning oiladagi tarbiyasi, uning maktabdagi taʼlimi hamda kelajakda oʻz yoʻlini topib ketishiga panja orasidan qarab, faqatgina ularning moddiy taʼminoti bilan ovora boʻlib qolayotgan ota-onalar, tarbiya masalalariga eʼtiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan koʻngilsizliklar, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar hanuzgacha uchrab turibdi.

Bizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida” hamda “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlari bilan davlatimiz vakolatli idoralari tomonidan Ichki ishlar organlariga voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi — voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan, yakka tartibdagi profilaktika ishi bilan birgalikda amalga oshiriladigan ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi. Yuqoridagi qonunlar talablari ijrosini taʼminlash maqsadida, ichki ishlar organlari bir necha yoʻnalishda voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy choratadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida “Xavfsiz taʼlim muassasasi” tamoyili asosida voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixolog lavozimlari joriy etildi va ularning bevosita xizmat oʻtash joyi etib umumiy oʻrta taʼlim muassasalari sifatida belgilandi.
Shuningdek, yangi joriy qilingan tizim asosida, inspektor-psixologlar zimmasiga har bir oʻquvchi kesimida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida psixologik muhitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida qonunbuzilishlarga murosasiz munosabatda boʻlish hissini shakllantirish, muammoli oʻquvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash vazifalarini yuklash belgilandi. Buning isboti oʻlaroq olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida birgina tuman markazida joylashgan “Charmgaron” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 12 nafar voyaga yetmaganlar toʻgʻri yoʻlga oʻtdi. Ayniqsa oʻtgan 2 oy davomida inspektor-psixologlar tomonidan voyaga yetmaganlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida taʼlim, madaniy-koʻngilochar va sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida 15 dan ortiq turli toʻgaraklar tashkil etildi.
Yusuf NASULLAYEV,
Vobkent tumani ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixolog, leytenant

Manba: xs.uz


Глубокая фраза известного просветителя Абдуллы Авлони: «Воспитание для нас — дело либо жизни, либо смерти, либо спасения, либо погибели, либо счастья, либо бедствия» не утратила своего значения и в наши дни, наоборот, более важно, чем прежде, что воспитание подрастающего поколения является насущным вопросом жизни, он проявляет себя. Ведь родители, озабоченные только своим материальным обеспечением, глядя на воспитание ребенка в семье, на его воспитание в школе, на поиски своего пути в будущем, разочарования, возникающие в ситуации пренебрежения вопросами воспитания, и вредные последствия, которые он вызывает, все еще встречаются.

Как известно, законами Республики Узбекистан «Об органах внутренних дел», «О профилактике правонарушений» и «О профилактике проступков и правонарушений среди несовершеннолетних» на компетентные органы нашего государства возложена задача предупреждения правонарушений среди несовершеннолетних в органы внутренних дел.
Профилактика бесконтрольности и правонарушений среди несовершеннолетних — социальная, правовая, направленная на выявление и устранение причин и условий, допускающих бесконтрольность несовершеннолетних, безнадзорность, совершение правонарушений или иного антиобщественного поведения, проводимая совместно с индивидуально-профилактической работой, системой медицинских и другие меры. В целях обеспечения реализации требований вышеуказанных законов органами внутренних дел осуществляется профилактика правонарушений среди несовершеннолетних по нескольким направлениям.
Принято постановление Президента Республики Узбекистан от 2 апреля 2021 года «О дополнительных организационных мерах по дальнейшему совершенствованию деятельности органов внутренних дел в сфере обеспечения общественной безопасности и борьбы с преступностью». На основании этого документа в целях предупреждения правонарушений среди несовершеннолетних на основе принципа «Безопасное образовательное учреждение» были введены должности инспектора-психолога по делам несовершеннолетних и их непосредственное место службы определено как общеобразовательные средние образовательные учреждения.
Также на основе вновь вводимой системы перед инспекторами-психологами были поставлены задачи по оздоровлению психологической среды в общеобразовательных средних учебных заведениях по каждому студенческому отделению, формированию у несовершеннолетних чувства бескомпромиссного отношения к правонарушениям, работе с проблемными учащихся по месту жительства с участием родителей. В доказательство этого, в результате проведенных профилактических мероприятий 12 несовершеннолетних на территории микрорайона «Чармгарон», что находится в центре района, встали на правильный путь.Специально для содержательной организации досуга несовершеннолетних инспекторами-психологами за последние 2 месяца организовано более 15 различных кружков в образовательных, культурно-развлекательных и спортивно-оздоровительных учреждениях.
Юсуф НАСУЛЛАЕВ,
Инспектор-психолог по делам несовершеннолетних отдела профилактики правонарушений Вобкентского РОВД, лейтенант

Источник: xs.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: