Ayollarga maslahatlar. Menopauza haqida nimalarni bilamiz?

Ayollarga maslahatlar. Menopauza haqida nimalarni bilamiz

Menopauza holati uyatli hisoblangani uchun ko‘p ayollar bu boradagi savollarini berishdan o‘zini tiyadi. Ammo doktorlar bu narsani e’tiborsiz qoldirmaslikni tavsiya qiladi.

Ko‘plab o‘zbek ayollari aziyat chekadigan va bee’tibor qoldiradigan menopauzaning belgilari, sabablari va bu holat qanday tashxislanishi, davolash usullari haqida “Daryo” kolumnisti, tibbiyot talabasi Sarvar G‘aniyev so‘z yuritadi.

Menopauza — ayol nasl qoldirish xususiyatini yo‘qotadigan va menstrual sikllar to‘xtashi yuz beradigan jarayon hisoblanadi. Menopauza hayot davomida tabiiy ravishda ro‘y beradi va kasallik hisoblanmaydi. Tabiiy jarayon bo‘lishiga qaramay, e’tiborsiz qoldirilsa, bir qancha asoratlarga olib keladi.

 

Menopauza haqida qisqacha faktlar

Menopauza ayol kishining reproduktiv hayoti nihoyasiga yetganini ko‘rsatib beradi.

Menopauza simptomlariga kiradi: issiqlikning birdan quyilib kelishi, tunggi terlashlar, kayfiyatning tushib ketishi va bir qancha kognitiv o‘zgarishlar.

Menopauza simptomlari qondagi ayollik gormonlaring miqdori kamayib ketgani tufayli yuzaga keladi.

Menopauzaga qarshi kurashda o‘rin bosuvchi gormonal terapiya, o‘zini boshqarish texnikalari, uy sharoitida davo choralari yordam beradi.

Menopauza turlari

Asosan ikki turga bo‘linadi: tabiiy va sun’iy. Tabiiy menopauza yoshga bog‘liq holda tuxumdonlardagi follikulalar zaxirasi tugashiga bog‘liq. Agar ayolda tezda jinsiy gormonlar sintezini to‘xtatish zaruriyati payo bo‘lsa, sun’iy menopauza hosil qilinadi. Bunday patologiyalarga kiradi:

— Fibromalar

— Bachadon miomalari

— Endometrioz

— Turli kelib chiqishga ega bachadondan qon ketishlari

— Yomon sifatli o‘smalar

Sun’iy hosil qilingan menopauzanig afzallik tomoni shundaki, u patologik to‘qimalar o‘sishini to‘xtatadi va atrofiyasiga olib keladi.

Sun’iy menopauza quyidagi yo‘llar bilan chaqiriladi:

Jarrohlik amaliyoti — tuxumdonlarni kesib olib tashlash, ovariektomiya. Bu operatsiyaga ko‘rsatmalar: ko‘krak bezi, bachadon va tuxumdonlardagi o‘smalar.

Dori vositalarini qabul qilish. Biroz yengilroq usul hisoblanib menstrual sikllarni maxsus preparatlar yordamida vaqtincha to‘xtatib turiladi.

Tuxumdonlarga rentgen nurlari bilan ta’sir ko‘rsatish. Bu usul yomon sifatli o‘smalarda qo‘llaniladi.

Menopauza qachon boshlanadi?

Ko‘plab ayollarda menopauza 47 yoshdan 52 yosh oralig‘ida boshlanadi. Bu holatning yuzaga kelishi juda erta boshlanishi yoki bir necha yilga surilishi mumkin. 40 yoshda boshlangan menopauza erta menopauza, kechkisi esa 56-65 yosh oralig‘ida bo‘ladi. Menopauza yuzaga kelishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

Genetik. Tuxumdonlardagi estrogenlarni sintezlovchi follikulalar soni gen darajasida dasturlashtirilgan bo‘ladi. Bu menstrual sikllarnin boshqarib turuvchi gipotalamus va gipofizga ham taalluqli.

Geografik. Quyosh nuri menstrual sikllarning erta yoki kech to‘xtashiga ta’sir ko‘rsatadi.

Ayolning fe’l-atvoriga. Faol jinsiy hayot olib boradigan va seksual xohishlari qondiriladigan ayollarda klimaks kech boshlanadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy. Uzoq muddatli psixik bosimni his qilmaydigan, yaxshi oylik oladigan va og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘illanmaydigan ayollarda klimaks kech boshlanadi.

Psixologik. Tez-tez ro‘y beradigan stresslar va uzoq davom etadigan psixoemotsional zo‘riqishlar klimaksni yaqinlashtiradi.

Menopauza belgilari va simptomlari

Menopauza kasallik hisoblanmaydi, lekin organizmda chuqur o‘zgarishlarga olib keladi. Bu holat oxirgi mentruatsiyadan o‘n ikki oy o‘tgandan so‘ng yuzaga keladi. Biroq menopauza simptomlari bu muddatdan avvalroq boshlanadi.

Menstrual sikllarning buzilishi

Menstrual sikllardagi o‘zganishlar — menopauzaning eng birinchi belgisi. Ayrim ayollarda har 2-3 haftada menstruatsiya kuzatilishi, boshqalarida esa bir necha oylab kuzatilmasligi mumkin.

Fertillikning pasayishi

Perimenopauza — menopauza boshlanishidan 3-5 yil avval keladigan davr. Bu davrda estrogenlar miqdori sezilarli ravishda kamayadi. Estrogen miqdoring kamiyishi homilador bo‘lish imkoniyatini kamaytiradi.

Qinning quruqligi

Perimenopauza davrida qin quruqlashadi, qichishish va diskomfort paydo bo‘ladi. Natijada ayollar jinsiy yaqinlik paytida og‘riqni his qiladi. Og‘riq sababi — estrogenlar miqdori kamayganligi tufayli kelib chiqadigan atrofik vaginit.

Atrofik vaginit — qinning to‘qima hajmi kamayishi va tabiiy lubrikant bo‘lgan shilliqning kam ajratib chiqarilishi natijasida kelib chiqadigan yallig‘lanishi.

Issiqlikning quyilib kelishi

Tananing yuqori qismlariga birdaniga intensiv issiqlikning quyilish hissi. Bu hissiyot yuzdan boshlanib, bo‘yin, ko‘krak va tananing pastki qismlariga tarqalishi mumkin. Teri bu vaqtda qizarib, dog‘lar ko‘rinishi mumkin. Yurak qisqarish tezlashadi, kuchayadi yoki nomuntazam urishni boshlaydi. Bu hissiyot ayolni so‘nggi menstruatsiyasidan keyin yil davomida bezovta qiladi.

Uyquning buzilishi

Menopauzani boshidan o‘tkazayotgan ayollar uxlash qiyinligi yoki bir necha soat chuqur uyquga ketolmasliklaridan shikoyat qiladi. Uyqu bilan bog‘liq muammolarning sababi tungi terlashlar va psixoemotsional buzilishlar bo‘lishi ham mumkin.

Siydik tuta olmaslik

Tungi ixtiyorsiz siydik ajralishlar, siydik tuta olmaslik, qorin bo‘shlig‘ida bosim oshgan vaqtda siydikning chiqib ketishi, siydik pufagidagi tez-tez qaytalanib turadigan yallig‘lanish jarayonlari estrogenlar miqdorining kamayishi sababli siydik chiqarish kanali skfinteri hujayralari va biriktiruvchi to‘qimasining degeneratsiyasi bilan bog‘liq.

Osteoporoz

Gormonal fonning buzilishi natijasida suyaklardagi kalsiy yuvilib ketadi va ular nozik va oson sinuvchan bo‘lib qoladi.

Moddalar almashinuvining buzilishi

Metabolik sindrom tufayli yog‘lar va uglevodlar almashinuvi buzulishi tana massasing ortishi, semirishga olib keladi.

Bundan tashqari, sochlar to‘kilishi, bosh og‘rishi, holsizlikm xotira susayishi, diqqatning buzilishi, hansirash, arterial qon bosimning ko‘tarilishi yoki tushishi, agressivlik, libidoning pasayishi va ko‘krak sohasida og‘irlik kabi belgilari bor.

Asoratlari

Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari. Estrogen miqdoring kamayishi har doim yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga chalinish xavfini oshiradi.

Menopauzaning dastlabki yillarida suyak to‘qimasining zichligi kamayadi. Suyak zichliging kamayishi osteoporoz rivojlanish xavfini bir necha barobar oshirib yuboradi.

Siydik tuta olmaslik. Menopauzada qin va siydik kanali o‘zing elastikligini yo‘qotadi. Bu esa kutilmagan, qaytarib bo‘lmas siydik chiqarish aktlariga olib keladi. Ayol yo‘tal vaqtida, aksirganda, kulganda yoki og‘ir predmetlarni ko‘targanda siyib qo‘yishi mumkin.

Ko‘krak saratoni. Menopauzadan keyin ko‘krak saratoni bilan kasallanish xavfi ortadi.

Tashxislash

Mutaxassis uchun menopauzani aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Kasallik simptomlariga qarab tashxis qo‘yish mumkin. Patsiyentlar orasidagi farq jinsiy gormonlarning miqdorida bo‘ladi va analizlarda quyidagi faktlar aniqlanadi:

Testesteron miqdori ortishi

Qon zardobida estrodiol miqdori 30 ng/nl dan kamayganligi

Follikulastimullovchi garmon (FSG) ortgan

Estrodiolning estronga nisbati 1 dan kam

Ingibin miqdori kamayishi

Lyuteinlovchi garmonning FSG ga nisbati 1 dan kam

Laborator analizlardan tashqari quyidagi tekshiruvlar o‘tkaziladi:

Kichik chanoq a’zolarining ultratovush tekshiruvi(UZI)

Osteodensitometriya. Rentgenologik tekshiruv bo‘lib, osteoporozni erta tashxislash uchun suyak zichligini aniqlab beradi.

Papanikolau bo‘yicha surtma olish — bachadon bo‘ynining sitologik tekshiruvi. Tekshiruv atrofiya darajasini aniqlab beradi.

Davolash

Ayollardagi menopauza davri — patologik holat emas, aksincha hayot davomida o‘tkaziladigan normal fizologik bosqich. Bu davrdagi davodan maqsad — klimaksning yoqimsiz simptomlarini kamaytirish, ateroskleroz va osteoporoz singari noxush asoratlarning oldini olish. Asosiy e’tibor tuxumdonlar funksiyasini korreksiyalashga qaratiladi. Buning uchun o‘rin bosuvchi gormonal terapiya qo‘llaniladi. Ushbu terapiyadan progesteron va estrogen asosidagi preparatlar qo‘llaniladi.

O‘rin bosuvchi gormonal terapiyani qo‘llashga ko‘rsatmalar:

erta menopauza

sun’iy klimaks

jinsiy a’zolardagi atrofik o‘zgarishlar

osteoporoz

yaqqol klimaterik buzilishlar

Ayolda yuqoridagi patologiyalar aniqlansa vrach adekvat o‘rin bosuvchi terapiya sxemasini tuzib beradi. Bundan tashqari, antidepressantlar kursi ham tayinlanadi.

Seuldagi Koryo universtiteti qoshidagi tibbiy kollej tadqiqotchilarining xabar berishicha, o‘rin bosuvchi gormonal terapiya postmenopauza yoshdagi ayollarda gonartroz rivojlanishini sezilarli darajada kamaytiradi.

Erta menopauzaning profilaktikasi

Klimaksni to‘xtatishning iloji yoq, lekin uning kelish muddatini uzaytirish mumkin. Menopauza vaqti ko‘p jihatdan irsiyatga bog‘liq: agar onada u erta yuzaga kelgan bo‘lsa, qizini ham shu kutib turadi. Bu holatda uning erta yuzaga kelishini bartaraf qilish uchun quyidagilarga amal qilish zarur:

to‘g‘ri ovqatlanish

regulyar jinsiy hayotni olib borish

stresslardan qochish

doimiy ravishda ginekolog ko‘rigida bo‘lib turish

vitaminlar va mineral komplekslarni qabul qilish

sport bilan shug‘illanish, faol hayot tarzini olib borish

zararli odatlardan voz kechish

shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, jinsiy a’zolarni to‘g‘ri parvarish qilish.


Многие женщины не хотят задавать вопросы о менопаузе, потому что это считается смущающим. Но врачи советуют не игнорировать это.
Сарвар Ганиев, студент-медик и обозреватель Daryo, рассказывает о симптомах, причинах и лечении менопаузы, от которой страдают и которой пренебрегают многие узбекские женщины.
Менопауза — это процесс, при котором женщина теряет фертильность и менструальный цикл прекращается. Менопауза возникает естественным образом на протяжении всей жизни и не считается болезнью. Хотя это естественный процесс, если его не остановить, он может привести ко многим осложнениям.

Краткие факты о менопаузе
1Менопауза — это конец репродуктивной жизни женщины.
Типы менопаузы
Различают два основных вида: натуральный и искусственный. Естественная менопауза – это истощение запасов фолликулов яичников с возрастом. Если женщине необходимо немедленно остановить синтез половых гормонов, у нее наступит искусственная менопауза. К таким патологиям относятся:
— Фибромы
— Миома матки
— Эндометриоз
— маточные кровотечения различного генеза
— Злокачественные опухоли
Преимущество искусственного климакса в том, что он останавливает рост патологических тканей и приводит к их атрофии.
Искусственный климакс вызывается следующими способами:
1Хирургическая практика — разрез яичника, овариэктомия. Показания к этой операции: опухоли молочной железы, матки и яичников.
Когда начинается менопауза?
У большинства женщин менопауза наступает в возрасте от 47 до 52 лет. Начало этого состояния может начаться очень рано или затянуться на несколько лет. Менопауза, которая начинается в возрасте 40 лет, приходится на раннюю менопаузу и на вечер в возрасте 56-65 лет. На наступление менопаузы влияют следующие факторы:
1Генетический. Количество фолликулов, синтезирующих эстроген в яичниках, запрограммировано на генном уровне. Это также относится к гипоталамусу и гипофизу, которые контролируют менструальные циклы.
Признаки и симптомы менопаузы
Менопауза не является болезнью, но может привести к глубоким изменениям в организме. Это состояние возникает через двенадцать месяцев после последней менструации. Однако симптомы менопаузы начинаются раньше этого периода.
Нарушения менструального цикла
Изменения менструального цикла являются первым признаком менопаузы. У одних женщин менструация может наблюдаться каждые 2-3 недели, а у других может не наблюдаться в течение нескольких месяцев.
Снижение фертильности
Перименопауза – это период, который наступает за 3-5 лет до наступления менопаузы. В этот период количество эстрогенов значительно снижается. Снижение уровня эстрогена снижает шансы забеременеть.
Сухость влагалища
Во время перименопаузы влагалище становится сухим, зудящим и неприятным.В результате женщины испытывают боль во время полового акта. Причиной болей является атрофический вагинит, вызванный снижением уровня эстрогенов.
Атрофический вагинит – это воспаление влагалища, вызванное уменьшением объема тканей и выделением слизи, которая является естественной смазкой.
Теплопередача
Ощущение внезапного интенсивного прилива тепла к верхним частям тела. Это ощущение может начаться на лице и распространиться на шею, грудь и нижнюю часть тела. В это время кожа может покраснеть и покраснеть. Сердцебиение ускоряется, усиливается или начинает биться нерегулярно. Это чувство беспокоит женщину в течение года после последней менструации.
Нарушения сна
Женщины в климактерическом периоде жалуются на трудности со сном или невозможность заснуть в течение нескольких часов. Проблемы со сном могут быть вызваны ночной потливостью и психоэмоциональными расстройствами.
Неспособность мочиться
Непроизвольное мочеиспускание в ночное время, недержание мочи, недержание мочи с повышением давления в брюшной полости, частые рецидивирующие воспалительные процессы в мочевом пузыре связаны с дегенерацией клеток сфинктеров мочевыводящих путей и соединительной ткани за счет снижения уровня эстрогенов ‘liq.
Остеопороз
В результате нарушения гормонального фона в костях вымывается кальций, они истончаются и легко ломаются.
Метаболические нарушения
Нарушение обмена жиров и углеводов вследствие метаболического синдрома приводит к увеличению массы тела и ожирению.
Другие симптомы включают выпадение волос, головные боли, усталость, потерю памяти, дефицит внимания, одышку, высокое или низкое кровяное давление, агрессию, снижение либидо и тяжесть в области груди.
Осложнения
Заболевания сердечно-сосудистой системы. Снижение уровня эстрогена всегда увеличивает риск сердечно-сосудистых заболеваний.
В первые годы менопаузы плотность костной ткани снижается. Снижение плотности костной ткани увеличивает риск развития остеопороза в несколько раз.
Неспособность мочиться. Во время менопаузы влагалище и уретра теряют свою эластичность. Это может привести к неожиданному, необратимому мочеиспусканию. Женщина может мочиться при кашле, чихании, смехе или поднятии тяжестей.
Рак молочной железы. Риск рака молочной железы увеличивается после наступления менопаузы.
Диагноз
Для специалиста не составляет труда диагностировать менопаузу. Диагноз можно поставить на основании симптомов. Разница между больными заключается в количестве половых гормонов, и анализ выявляет следующие факты:Повышение уровня тестостерона
Снижение уровня эстрогенов в сыворотке ниже 30 нг/нл
Повышение фолликулостимулирующего гормона (ФСГ)
Отношение эстрадиола к эстрону меньше 1.
Снижение количества ингибина
Отношение лютеинизирующего гормона к ФСГ менее 1
Помимо лабораторных исследований, проводятся следующие исследования:
1УЗИ органов малого таза (УЗИ)
Уход
Менопауза у женщин – это не патологическое состояние, а нормальный физиологический этап, длящийся на протяжении всей жизни. Целью лечения в этот период является уменьшение неприятных симптомов менопаузы и предотвращение неприятных осложнений, таких как атеросклероз и остеопороз. Основное внимание уделяется коррекции функции яичников. Это делается с помощью заместительной гормональной терапии. В этой терапии используются препараты на основе прогестерона и эстрогена.
Инструкция по применению заместительной гормональной терапии:
ранняя менопауза
искусственный климакс
атрофические изменения половых органов
остеопороз
явные климатические нарушения
Если у женщины диагностированы вышеперечисленные патологии, врач назначит адекватную заместительную терапию. Также назначают курс антидепрессантов.
Исследователи из Медицинского колледжа Университета Корё в Сеуле сообщают, что заместительная гормональная терапия значительно снижает развитие гонартроза у женщин в постменопаузе.
Профилактика ранней менопаузы
Остановить менопаузу невозможно, но можно ее продлить. Сроки менопаузы во многом наследственны: если у матери она наступила раньше, она дождется дочери. В этом случае для предотвращения его раннего возникновения необходимо сделать следующее:
питайся правильно
ведет регулярную половую жизнь
избегать стрессов
регулярные гинекологические осмотры
прием витаминно-минеральных комплексов
занимаюсь спортом, веду активный образ жизни
отказ от вредных привычек
личная гигиена, правильный уход за половыми органами.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: