Otauli haqida ma’lumot

Otauli haqida ma’lumot

Otauli haqida ma’lumot: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil

Otauli (Rahimjon Otayev) 1949 yilning 3 aprelida Janubiy Qozogʻistonning Turkiston tumani Chipon qishlogʻida tugʻildi. Mirzo Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti kechki boʻlimida tahsil oldi (1967–1973). Ayni choqda Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining xalq ogʻzaki ijodi boʻlimida ishladi. Soʻngra oʻrta maktablarda oʻqituvchi (1973–1976,1979–1981), Oʻzbekiston xalq taʼlimi vazirligida uslubchi (1976–1979), Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligida maslahatchi-muharrir (1981–1983), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1983–2010) va masʼul kotib (1992–2009) vazifalarida xizmat qildi.
Otaulining “Murodxon” dostoni badiiyatiga bagʻishlangan dastlaki ilmiy maqolasi 1973 yilda “Fozil Yoʻldosh oʻgʻli” jamoaviy toʻplamda, “Sirli olam” nomli ilk badiasi 1977 yilda “Guliston” jurnalida bosildi, keyin “Osmon toʻla yulduzlar (Tuygʻular haqida suhbat)” (1983), “Qalb darchasi” (1988), “Surnay navolari” (1991), “Elchi (Afandi oʻlmaydigan boʻldi)” (1999), “Ruhiyat ehromi” (2006), “Zamona zayli” (2006), “Tilsim (Turkiston dostoni)” (2009), “Otning qashqasi” (2010), “Soʻz sanʼatidan saboqlar” (2012), “Koʻzlarga toʻtiyo soʻzlar” (2013), “Bilga xoqon dostoni” kabi qissalar, badialar, hikoyalar, nasriy doston va adabiy-tanqidiy maqolalar kitoblari bosilib chiqdi. Uning “Bilga xoqon” va “Ulus” nasriy dostonlari, “Nuh kemasi”, “Zanjirband sher”, “Yoʻriq”, “Amu nasimi”, “Tavba”, “Poyon”, “Qorasuv”, “Bir qamar siymo”, “Vido” “Dasturxon” kabi tarixiy hikoyalarida Bilga xoqon, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Koshgʻariy, Mahmud Zamahshariy, Mahmud Gʻaznaviy, Pahlavon Mahmud, Nosiruddin Burhonuddin Rabgʻuziy, shuningdek, Furqat, Behbudiy, Choʻlpon kabi buyuklar hayotining ibratli jihatlari taʼsirchan qalamga olingan.
Otauli tarjima sohasida ham barakali ijod qilib, eron adibi Muhammad Ali Jamolzodaning “Shoʻrobod” asarini, italyan adibi Dino Butssatining sara hikoyalari, abxaz adibi Fozil Iskandarning “Quyonlar va boʻgʻma ilonlar” falsafiy ertagi va bir qancha sara hikoyalarini, qozoq adibi Muxtor Magʻavinning “Tiriklik qoʻshigʻi”, shuningdek, Oʻzbekiston Qahramoni, atoqli qoraqalpoq adibi Toʻlepbergen Qaipbergenovning “Qoraqalpoqnoma” roman-essesi, “Bobomga xatlar” badiasi, “Sahro bulbuli” va “Oydoʻs bobo” dramalarini, Ollonazar Abdiyevning “Eran saxiy” qissasini, jahon xalqlari afandi latifalari jamlangan “Yigirma toʻrt Nasriddin” toʻplamini ona tilimizga oʻgirdi.
Otauli rus tilida ham ijod qiladi. Uning maqolalari, badia va hikoyalari “Zvezda vostoka”, “Vostok sviʼshe” jurnallarida, “Narodnoye slovo” gazetasi va jamoaviy toʻplamlarda eʼlon qilindi.
Adibning “Tilsim (Turkiston dostoni)” asari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi mukofotiga (1995) sazovor boʻldi.
Yozuvchi “Mehnat veterani” (1989) hamda “Shuhrat” (2000) medallari bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Сведения об Отаули: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробности.

Отаули (Рахимжон Отаев) родился 3 апреля 1949 года в селе Чипон Туркестанского района Южно-Казахстанской области. Мирзо учился на вечернем отделении филфака Ташкентского государственного университета (1967–1973). Параллельно работал в отделе фольклора Института языка и литературы имени Алишера Навои. Позже он стал учителем средней школы (1973–1976, 1979–1981), методистом Министерства народного образования Узбекистана (1976–1979), консультантом-редактором Узбекского агентства печати и информации (1981–1983) и литературный консультант Союза писателей Узбекистана (1983–2010 гг.), ответственный секретарь (1992–2009 гг.).
Первая научная статья Отаули по искусству эпоса «Муродхан» была опубликована в 1973 году в коллективном сборнике «Фозил Юлдош оглы», его первое стихотворение «Таинственный мир» было опубликовано в 1977 году в журнале «Гулистон», затем «Небо, полное звезды (Разговор эмоций)» (1983), «Окно сердца» (1988), «Сурнай наволари» (1991), «Элчи (Эфенди олмаин болди)» (1999), «Рухыят ихрами» (2006), « Замона зайли» (2006 г.), «Тильсим (Туркистон достони)» (2009 г.), «Конская узда» (2010 г.), «Уроки искусства слова» (2012 г.), «Попугайские слова в глаза» (2013 г.), «Эпос Бильга кагана», издавались художественная литература, рассказы, проза и литературно-критические книги. Его прозаические эпосы «Бильга Хаккан» и «Улус», «Ноев ковчег», «Прикованный лев», «Ёрик», «Аму Насими», «Тавба», «Поён», «Карасув», «Бир Камар Симо», «Исторические на такие рассказы, как «Видо» и «Дастурхан», повлияли образцовые аспекты жизни таких великих писателей, как Бильга Каган, Абу Наср Фароби, Махмуд Кашгари, Махмуд Замахшари, Махмуд Газнави, Пахлавон Махмуд, Носируддин Бурхонуддин Рабгузи, а также Фуркат, Бехбуди, Чолпон.
Отаули также является плодовитым переводчиком иранского писателя Мухаммеда Али Джамолзода «Шурабад», рассказов итальянского писателя Дино Буцати, философской повести абхазского писателя Фозила Искандара «Кролики и змеи» и ряда рассказов. Героя Узбекистана, известного каракалпакского писателя Толепбергена Каипбергенова, поэма «Письма к деду», драмы «Сахро бюльбули» и «Айдос бобо», повесть Оллоназара Абдиева «Щедрый Еран» и народы мира Двадцать четыре Насриддина» была переведена на наш родной язык.
Отаули тоже пишет по-русски. Его статьи, романы и рассказы публиковались в журналах «Звезда Востока», «Восток Свіше», «Народное слово» и в сборниках.
Авторское произведение «Тильсим (Туркестанский эпос)» удостоено премии Союза писателей Узбекистана (1995).
Писатель награжден медалями «Ветеран труда» (1989 г.) и «Слава» (2000 г.).

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: