Xurshid Doʻstmuhammad haqida ma’lumot

Xurshid Doʻstmuhammad haqida ma'lumot

Xurshid Doʻstmuhammad haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Xurshid Doʻstmuhammad 1951 yili Toshkentda tugʻildi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1968–1973). Mehnat faoliyatini Oʻzbekiston “Fan” nashriyotida boshladi. “Fan va turmush” jurnalida, “Qishloq hayoti” gazetasida ishladi. 1986 yildan “Yosh kuch” jurnalida boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir, “Hurriyat” gazetasida bosh muharrir, “Oʻzbekiston matbuoti” jurnalida bosh muharrir, Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlash va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasida hamrais sifatida faoliyat koʻrsatdi. Hozirda filologiya fanlari doktori Xurshid Doʻstmuhammad Oʻzbekiston Jahon tillari universitetida kafedra mudiri.
Adibning dastlabki hikoyasi 1981 yili “Guliston” jurnalida, “Nigoh” nomli birinchi qissasi esa 1987 yili “Yoshlik” jurnalida eʼlon qilindi. “Hovli etagidagi uy” nomli birinchi kitobi 1989 yili nashr etildi. Shundan soʻng uning “Panoh”, “Oromkursi”, “Soʻroq”, “Sof oʻzbekcha qotillik” qissalari, “Bozor” romani va oʻnlab hikoyalari chop etildi. Adibning “Jajman” kitobidan bir necha qissalari qatori “Mahzuna”, “Jajman”, “Ibn Mugʻanniy”, “Koʻz qorachigʻidagi uy” singari hikoyalar ham joy olgan. Adib “Bozor” romani, “Hijronim mingdir mening” va “Ozod iztirob quvonchlari” kitoblari uchun 2000 yilning “Eng yaxshi yozuvchisi” yoʻnalishi boʻyicha “Ofarin” mukofotiga sazovor boʻldi. “Chayongul” badiiy filmi (2000) tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. “Jimjitxonaga yoʻl”, “Nusxakashning merosxoʻri”, “Beozor qushning qargʻishi”, “Jim oʻtirgan odam” va “Qichqiriq” hikoyalari adibning keyinggi yillar ijodida yangi sahifa ochdi.
Adibning “Qazo boʻlgan namoz” (1996), “Ozod iztirob quvonchlari” (2000), “Bozor” (2000), “Hamid Aʼlamovning aytolmagan gaplari” (2002), “Beozor qushning qargʻishi” (2005), “Qissalar” (2011), kitoblariga uning qalamiga mansub turli janrdagi asarlar jamlangan. Tarjimon sifatida yapon adibi Akutagava Ryunoskening “Rasyomon darvozasi” hikoyasini, Temur Poʻlatovning “Yetti huzur-halovat va qirq qaygʻu-alam” romanini oʻzbekchaga oʻgirdi. Shuningdek, Ignasio Aldekoa, Ales Juk, Boris Sachenko, Andrius Riuk asarlarini tarjima qildi.
U adabiyotshunos sifatida ham koʻplab tahliliy maqolalar yaratdi.
Xurshid Doʻstmuhammad 1997 yilda “Shuhrat” medali, 1998 yilda “Oʻzbekiston faxri” koʻkrak nishoni, 2007 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


О Хуршиде Достмухаммаде: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробная информация

Хуршид Достмухаммад родился в 1951 году в Ташкенте. Изучал журналистику в Ташкентском государственном университете (ныне Национальный университет Узбекистана) (1968–1973). Трудовую деятельность начал в узбекском издательстве «Фан». Работал в журнале «Наука и жизнь», газете «Деревенская жизнь». С 1986 года — заведующий отделом, заместитель главного редактора и главный редактор журнала «Ёш Куч», главный редактор газеты «Хуррият», главный редактор журнала «Узбекистан матбуоти» и со- председатель Общественно-политического фонда демократизации и поддержки СМИ Узбекистана. В настоящее время доктор филологических наук Хуршид Достмухаммад является заведующим кафедрой Узбекского университета мировых языков.
Первый рассказ автора был опубликован в 1981 году в журнале «Гулистон», а первый рассказ «Нигох» — в 1987 году в журнале «Ёшлик». Его первая книга «Дом у подножия двора» вышла в 1989 году. После этого были опубликованы его рассказы «Панох», «Оромкурси», «Вопрос», «Чистое узбекское убийство», роман «Базар» и десятки рассказов. В авторскую книгу «Джаджман» вошли ряд рассказов, таких как «Махзуна», «Джаджман», «Ибн Муганни», «Дом в зрачке глаза». Он получил премию «Лучший писатель» 2000 года за романы «Базар», «Мои тысячи хиджр» и «Радости свободного страдания». Художественный фильм «Чайонгуль» (2000) был тепло встречен зрителями. Рассказы «Дорога к безмолвию», «Наследник копирайтера», «Проклятие бедной птицы», «Молчаливый человек» и «Крик» открыли новую страницу в творчестве автора в последующие годы.
Авторские «Молитва об умерших» (1996), «Радости вольных страданий» (2000), «Базар» (2000), «Несказанные слова Хамида Аламова» (2002), «Проклятие бедной птицы» (2005). ), «Рассказы» (2011)), в его книгах собраны произведения различных жанров, принадлежащие его перу. В качестве переводчика японский писатель Акутагава перевел на узбекский язык повесть Рюноскэ «Врата Расёмона» и роман Темура Пулатова «Семь счастья и сорок печалей». Он также переводил произведения Игнасио Альдекоа, Алеся Жука, Бориса Саченко, Андрюса Рюка.
Как литературный критик, он также написал много аналитических статей.
Хуршид Достмухаммад награжден Медалью Славы в 1997 году, Знаком Почета Узбекистана в 1998 году, Орденом Дружбы в 2007 году.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: