Ikrom Otamurod haqida ma’lumot

Ikrom Otamurod haqida ma'lumot

Ikrom Otamurod haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Ikrom Otamurod 1951 yili Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Kasbi qishlogʻida tavallud topdi. Oʻrta maktabni tugatgach, 1969–1974 yillarda hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetning jurnalistika fakultetida tahsil koʻrdi.
1974–1975 yillarda Oʻzbekiston ensiklopediyasi nashriyotida muharrirlik qildi. 1975 yildan to shu kunga qadar “Sharq yulduzi” jurnalida avval adabiy xodim, soʻng sheʼriyat boʻlimining mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Ikrom Otamurod tengdoshlari orasida falsafiy mushohadasining kengligi bilan ajralib turadi. Uning sheʼr va dostonlarida ustoz Maqsud Shayxzoda nafasi ufurib turadi. Shoirning “Vaqt ranglari” (1982), “Janub qushlari” (1984), “Toʻrgʻayli manzillar” (1985), “Ufqlar orti bepoyon” (1987), “Uzoqlashayotgan ogʻriq” (1987) sheʼriy kitoblari chop etilgan. Uning falastinlik shoir Muin Bsisuga bagʻishlangan “Yarador umid otlari” (1986) dostoni 80-yillar oʻzbek sheʼriyatida sezilarli voqea boʻldi. Dostonda xorijlik ijodkor obrazi orqali inson qalbining toʻlqinlari, mustaqillik haqidagi orzulari, ona yurt obrazi kuchli his-hayajon bilan ifodalangan.
Shoir falsafiy mushohada bilan yoʻgʻrilgan uslubiga sodiq qolib, 1990 yili “Uzoqlashayotgan ogʻriq” dostonini yaratdi. Bu asarda odamlarni tobora tark etib borayotgan eʼtiqod, burch, insoniylik tushunchalari qalb tugʻyoni, vijdon azobi, yurak qoni bilan badiiy tadqiq etilgan.
Soʻnggi yillarda shoirning “Sopol siniqlari” (1994), “Sen” (1996), “Ichkari va tashqari” (1997), “Istarim”, “Yobondagi yolgʻiz daraxt”, “Qush”, “Huviyyat” kabi kitob va dostonlari nashr etildi. “Ruhimning qaygʻusi” (1996), “Koʻnglim oʻzing” (2004), “Tavr” (2005), “Tanazzul” (2008), “Xaritaga tushmagan joy” (2011), “Muqaddar” (2012) majmualari shoirga katta shuhrat olib keldi.
Ikrom Otamurod taniqli tarjimon hamdir. U Uolt Uitmen, Pablo Neruda, Yevgeniy Yevtushenko, Oʻljas Sulaymon kabi shoirlarning sheʼr va dostonlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Ayni paytda shoirning asarlari turk, arab, bulgʻor, rus, moldavan, ozarbayjon, qozoq, qirgʻiz, tojik, gruzin tillariga tarjima qilingan. Ikrom Otamurod 1999 yili “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Об Икроме Отамуроде: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробная информация

Икром Отамурод родился в 1951 году в селе Касби Касбинского района Кашкадарьинской области. После окончания средней школы в 1969-1974 годах изучал журналистику в Национальном университете Узбекистана.
С 1974 по 1975 год был редактором Энциклопедии Узбекистана. С 1975 года по настоящее время работает в журнале «Шарк Йулдузи», сначала литературным работником, а затем заведующим отделом поэзии.
Икрам Отамурод выделяется среди сверстников широтой своих философских наблюдений. В его стихах и эпосах дышит учитель Максуд Шайхзода. Книги стихов поэта «Краски времени» (1982 г.), «Птицы юга» (1984 г.), «Тургайлы манзилляр» (1985 г.), «За горизонтом» (1987 г.), «Боль вдали» (1987 г.). ) были опубликованы. Его эпос «Раненые кони надежды» (1986), посвященный палестинскому поэту Муину Бсису, стал вехой в узбекской поэзии 1980-х годов. В эпосе через образ иностранного художника с сильным волнением выражаются волны человеческого сердца, мечты о независимости, образ родины.
Придерживаясь своего стиля философских наблюдений, в 1990 году поэт написал эпос «Боль далекая». В этой пьесе с сердечной болью, угрызениями совести и сердечной болью художественно исследуются понятия веры, долга и человечества, которые все больше уходят от людей.
В последние годы были изданы книги и былины поэта, такие как «Гончарные осколки» (1994), «Ты» (1996), «Изнутри и снаружи» (1997), «Хочу», «Одинокое дерево в лесу». Дикий», «Птица», «Опознание». . Сборники «Тоска души моей» (1996 г.), «Душа моя» (2004 г.), «Телец» (2005 г.), «Закат» (2008 г.), «Место, которого нет на карте» (2011 г.), « Мукаддар» (2012) принесла поэту большую известность.
Икрам Отамурод также является известным переводчиком. Он перевел на узбекский язык стихи и эпопеи Уолта Уитмена, Пабло Неруды, Евгения Евтушенко и Олжаса Сулеймана. В настоящее время произведения поэта переведены на турецкий, арабский, болгарский, русский, молдавский, азербайджанский, казахский, киргизский, таджикский и грузинский языки. Икром Отамурод был награжден Орденом Дружбы в 1999 году.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: