Talabalarga ta’lim krediti berishning yangi tartibi tasdiqlandi

To‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (527-son, 18.08.2021 y.) bilan Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📌 Nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.
☑️ Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.
🔄 Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
🔘 Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
👉 ariza;
👉 to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
👉 ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
👉 “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot.
⏳ Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
📝 Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.
🏦 Ta’lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
⚠️ Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.
✅ Mazkur tartib:
➖ chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;
➖ tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
🚫 Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.


Постановление Правительства Республики Узбекистан (№ 527 от 18.08.2021 г.) о выделении образовательных кредитов на обучение на платной основе в высших учебных заведениях за счет средств Фонда кредитования образования при Министерство финансов Утвержден устав.

📌Согласно Положению, образовательные кредиты предоставляются студентам очной формы обучения и магистратуры высших учебных заведений на платной основе, а также студентам, являющимся гражданами Узбекистана, которые перевели обучение.
☑️ При этом в качестве созаемщиков могут участвовать члены семьи заемщика (родители, братья, сестры, муж или жена) или опекуны, имеющие постоянный источник дохода.
🔄 Основная часть студенческого кредита погашается в течение 7 лет, начиная с седьмого месяца после окончания формального периода обучения студента.
🔘 Для получения студенческого кредита необходимо предоставить следующие документы в коммерческие банки, опубликованные на официальном сайте Минфина:
👉 приложение;
👉 Договор оплаты и приложенный счет/инвойс (при наличии). В договоре должны быть указаны срок выполнения и размер оплаты за один год;
👉 Документ о погашении студенческого кредита. Не требует залога или поручительства по образовательному кредиту для детей из семей, включенных в «Единый реестр социальной защиты»;
👉 Свидетельство о включении в «Единый реестр социальной защиты» (для детей из семей, включенных в «Единый реестр социальной защиты»);
сведения о созаемщике.
⏳ Документы будут обработаны в течение 5 рабочих дней.
📝 Договор студенческого кредита заключается на сумму, равную размеру годового платежа, указанному в договоре об оплате.
🏦 Студенческий кредит выделяется заемщику по курсу ЦБ.
⚠️ При этом, если базовая ставка ЦБ будет снижена, процентная ставка по кредитам на образование снизится пропорционально, а если базовая ставка ЦБ будет увеличена, процентная ставка по кредитам на образование останется неизменной.
✅ Этот режим:
➖ иностранные граждане и лица без гражданства;
➖ не распространяется на образовательные кредиты, предоставляемые коммерческими банками из источников, отличных от Фонда.
🚫 Образовательный кредит не предоставляется при дифференцированном возмездном договоре и других разовых платежах, равных его минимальной сумме.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: