Qabul2020 O‘qishga qabul davom etadi: O‘zbekistonda xorij ta’limini olish imkoniyati kengaymoqda

Qabul2020 O‘qishga qabul davom etadi: O‘zbekistonda xorij ta’limini olish imkoniyati kengaymoqda

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni so‘nggi uch yil ichida 47 taga ko‘payib, bugungi kunda 125 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi.

Oliy ta’lim vazirligi rasmiy kanalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z yo‘nalishida tayanch oliy o‘quv yurti hisoblangan barcha yetakchi universitet va institutlarning respublika bo‘ylab filiallari tashkil etilgan. Filiallar nafaqat viloyat markazlari va yirik shaharlarda, balki chekka tumanlarda ham ish boshlagan.

Bu yil OTM bakalavriatiga kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida jami 162 364 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinadi. Natijada yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish 9 foizdan 25 foizgacha ko‘tarildi.

Shunday bo‘lsa-da, yoshlarda oliy ma’lumot olishga bo‘lgan qiziqishning yuqoriligi va qabul kvotalari hozircha ularning ehtiyojini to‘liq qoplay olmayotganini hisobga olib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ular uchun yangi imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Jumladan, OTMlarda MDH, AQSH va Yevropaning qator nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikdagi double degree ta’lim dasturlari asosida o‘qitish qamrovi kengaymoqda. Birgina o‘tgan o‘quv yilining o‘zida AQSH, Germaniya, Fransiya Italiya, Finlyandiya, Niderlandiya, Turkiya, Indoneziya, Isroil va boshqa 22 ta davlatning 104 ta yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

2020/2021 o‘quv yilida ham xorijiy hamkor universitetlar va qo‘shma ta’lim dasturlari davom ettirilib, hozirda qator OTMlarda qabul davom etmoqda. Jumladan, Andijon davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Urganch davlat universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Namangan davlat universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Jizzax politexnika instituti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul davom etmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Hindiston, Singapur, Malayziya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikda 22 ta xorijiy OTM va filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida hamda TEAM universiteti, Farg‘ona shahrida Koreya xalqaro universiteti kabi nodavlat oliy ta’lim muassasalarida abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Shuningdek, yurtimizdagi qator OTMlar huzurida tayyorlov kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, qulay shartlar va qator imtiyozlar asosida abituriyentlarni o‘qishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Misol uchun, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan hamkorlikda tayyorlov kurslari tashkil etilgan. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan va sertifikatni qo‘lga kiritgan tinglovchilar qo‘shma dasturga o‘qishga to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi.

Qolaversa, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yurtimizda yangi professional ta’lim tizimi tashkil etilib, ularda tahsil oluvchilarga ham qator imtiyozlar berildi. Misol uchun, texnikumlarda ikki yillik tahsildan so‘ng fanlarni o‘zlashtirishda alohida muvaffaqiyatlarga erishgan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasasida o‘qigan kasbi bo‘yicha suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi. Hozirda yurtimizdagi 201 ta kollej va 185 ta texnikumga qabul jarayoni davom etmoqda. Hujjatlar shu yilning 25 sentabriga qadar qabul qilinadi.


Количество высших учебных заведений в Узбекистане за последние три года увеличилось на 47, и сегодня насчитывается 125 высших учебных заведений.

По официальному каналу Министерства высшего образования, по всей стране созданы филиалы всех ведущих университетов и институтов. Филиалы открылись не только в областных центрах и крупных городах, но и в отдаленных районах.

Всего в этом году в университет будут приняты 162 364 студента очной, заочной и вечерней форм обучения. В результате охват высшим образованием вырос с 9 до 25 процентов.

Однако, учитывая высокий уровень интереса молодежи к высшему образованию и тот факт, что квоты приема еще не полностью удовлетворяют ее потребности, Министерство высшего и среднего специального образования создает для них новые возможности.

В частности, расширяется охват высших учебных заведений на основе программ двойных дипломов в сотрудничестве с рядом престижных университетов СНГ, США и Европы. Только за последний учебный год к обучению по совместным образовательным программам приступили 104 ведущих вуза США, Германии, Франции, Италии, Финляндии, Нидерландов, Турции, Индонезии, Израиля и еще 22 стран.

В 2020/2021 учебном году будут продолжены зарубежные вузы-партнеры и совместные образовательные программы, ведется прием в ряд вузов. В частности, Андижанский государственный университет, Ташкентский государственный экономический университет, Узбекский государственный университет мировых языков, Ургенчский государственный университет, Узбекский государственный университет физической культуры и спорта, Наманганский государственный университет, Кокандский государственный педагогический институт, Наманганский инженерно-строительный институт, Прием в Продолжается совместная образовательная программа в Самаркандском институте ветеринарной медицины, Джизакском политехническом институте и Андижанском институте сельского хозяйства и агротехнологии.

На сегодняшний день в нашей стране действуют 22 зарубежных университета и филиала в сотрудничестве с США, Великобританией, Республикой Корея, Россией, Индией, Сингапуром, Малайзией и другими странами.

Сингапурский институт развития менеджмента, Ташкентский региональный филиал Астраханского государственного технического университета, а также негосударственные высшие учебные заведения, такие как TEAM University и Международный университет Кореи в Фергане, продолжают принимать заявки от зарубежных вузов.

Кроме того, в ряде вузов страны организуются подготовительные курсы, ведется работа по подготовке абитуриентов к обучению на льготных условиях и ряде льгот. Например, Ташкентский университет информационных технологий организовал учебные курсы совместно с Белорусским государственным университетом информатики и радиоэлектроники. Студенты, успешно окончившие курс и получившие сертификат, будут напрямую допущены к совместной программе.

Кроме того, начиная с 2020/2021 учебного года в стране создана новая система профессионального образования, которая предоставляет ряд льгот студентам. Например, после двух лет обучения в техникумах выпускники, добившиеся значительных успехов в освоении предметов, принимаются в вузы на основании собеседования по изучаемой профессии. В настоящее время идет процесс приема в 201 колледж и 185 техникумов страны. Заявки принимаются до 25 сентября текущего года.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: