Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?

Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?
Telegramda o'qish

Juda ko‘pchilikning murojaati deyarli bir xil mazmunda: «1 ball yetmay qoldi, qancha to‘layman», «10 ball yetmay qoldi, qancha to‘layman», «60 ball to‘plaganman, qancha to‘layman» va h.k.

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev super-kontrakt narxini qanday hisoblash haqida tushuntirib berdi.

Super-kontrakt narxi minimum qancha bo‘lishini istalgan inson o‘zi mustaqil hisoblab olishi mumkin, buning uchun yetarli barcha ma’lumotlar e’lon qilingan. Faqat ozgina hafsala kerak xolos.

Batafsil: Ushbu postda.

Shunday bo‘lsa-da, super-kontrakt miqdorini qanday hisoblash yo‘lini yana bir bor tushuntirishga harakat qilaman.

❗️Eng avvalo bir narsani yodda tuting, super-kontraktning eng aniq miqdorini faqat va faqat o‘zingiz hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasi orqali bilishingiz mumkin. Chunki joriy yildan OTMlar mustaqil narx belgilay oladi va davlat shunchaki minimum miqdorini tasdiqlaydi xolos. Internetda «menga qancha bo‘ladi, unga qancha bo‘ladi» degandan ko‘ra, OTM bilan bog‘lanib, anig‘ini bilib oling. Agar hali narxlar tasdiqlanmadi, aniq emas, deyishsa, unda sabr qilib kutib turing, darrov dod-voy qilib, vahima qilish kerakmas.

Endi minimum miqdorlar haqida.

❗️1-eslatma: super-kontrakt degan tizim kunduzgi, sirtqi, kechki ta’limda ham bor;
2-eslatma: imtiyoz olgan, lekin kira olmagan abituriyentlar uchun umumiy kirish baliga qarab super-kontrakt narxi belgilanadi, imtiyozlilarning o‘tish baliga qarab emas.

Super-kontrakt narxi kunduzgi ta’lim shaklida stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdoridan hisoblanadi (sirtqi va kechkida shundoq ham stipendiya yo‘q). Demak, quyida ilova qilingan jadvalda ko‘rsatilgan kontrakt summasini super-kontrakt barobariga ko‘paytirishingiz kerak.

Shuningdek, 3 ta toifadan qaysi biriga taalluqli ekanligingizni ham aniqlab olishingiz kerak.

1-toifa: kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmay qolgan abituriyentlar

Bunda quyidagi shkala amal qiladi:

1 ballgacha yetmasa — 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgacha yetmasa — 2 barobar;
2.1 balldan 3 ballgacha yetmasa — 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgacha yetmasa — 3 barobar.

Masalan, matematika yo‘nalishida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda o‘sha abituriyent 2 barobar to‘laydi. Jadvalga qarasak, matematika yo‘nalishida kontrakt narxi 5.771.349 so‘m. Demak, matematika yo‘nalishiga 1,5 ball yetmay qolgan abituriyent 11 mln 542 ming so‘m super-kontrakt to‘laydi (2 x 5.771.349).

2-toifa: kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmay qolgan va o‘zi 56,7 dan ko‘p ball to‘plaganlar

Bunday abituriyentlar super-kontrakt uchun yo‘nalishiga qarab pastdagi jadvalda ko‘rsatilgan oddiy kontraktning minimum 10, 15, 20, 25 barobarini to‘laydi.

Masalan, iqtisod yo‘nalishiga kirish bali 150 ball bo‘ldi deylik. Abituriyent 70 ball to‘pladi. Demak, unga 4 balldan ortiq yetmay qolgan, o‘zi ham 56,7 balldan ko‘proq to‘plagan. Iqtisod yo‘nalishiga minimum super-kontrakt 15 barobar etib belgilangan. Oddiy kontrakt esa 8.216.937 so‘m.

Xulosa: iqtisod yo‘nalishi uchun super-kontrakt minimum 123 mln 254 ming so‘m (15 x 8.216.937).

Joriy yilgi minimum miqdorlar hali tasdiqlanmadi, o‘tgan yilgisi mana bu yerda

3-toifa: 56,7 balldan kam to‘plaganlar

Bunday abituriyentlar ham super-kontraktda o‘qishi mumkin, faqat kamida 2-toifadagilar to‘laydigan summaning 2 barobarini to‘lashadi. Masalan, abituriyent iqtisod yo‘nalishiga topshirib, 40 ball to‘plagan, ya’ni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 246 mln 508 ming so‘m to‘lashi kerak (2 x 123.254.055).

Xullas, Siz o‘zingiz to‘plagan ball asosida kamida taxminan qancha super-kontrakt to‘lashingizni bemalol o‘zingiz hisoblab ko‘rishingiz mumkin.

So‘zim so‘nggida yana qaytaraman, aniq summani faqat OTM orqali bila olasiz. Super-kontrakt to‘lashning qolgan texnik va tashkiliy tomonlarini ham OTMlardan aniqlashtiring.

‼️Hozirgi pandemiya sharoitida darrov institutga yugurib borishingiz ham shart emas, juda ko‘p OTMlar onlayn ariza qabul qilyapti. O‘qimoqchi bo‘lgan OTMning saytiga, Telegram kanaliga kirib ko‘ring, u yerda bog‘lanish uchun kontaktlar, ariza qoldirish uchun havolalar berilgan. Iltimos, aql bilan ish tuting.

Eslatib o’taman, saytimizda yurtimizdagi bir necha Oliy ta’lim muassasalarining telefon raqamlarini jamlaganmiz, tanishish uchun ushbu sahifaga o’ting.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: