Qaysi holatlarda xorijiy oliy ta’lim muassasasi diplomi O‘zbekistonda tan olinmaydi?

Qaysi holatlarda xorijiy oliy ta’lim muassasasi diplomi O‘zbekistonda tan olinmaydi?
Telegramda o'qish

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari diplomini tan olish sinovlariga qanday o‘zgartirishlar kiritilgan? Qaysi holatlarda xorijiy oliy ta’lim muassasasi diplomi O‘zbekistonda tan olinmaydi?

Savolga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov AOKA huzuridagi shtabda bo’lib o’tgan brifingda javob berdi:

2019 yilda «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida»gi nizomi qator xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish va moslashtirish asosida yangi tahrirda qabul qilingan.

Xususan, avvallari xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplomi tan olinishi uchun murojaat qilgan fuqaro 2 bosqichda: «O‘zbekiston tarixi» fanidan test topshiriqlarini bajarish va «Mutaxassislik fanlari» bo‘yicha suhbatdan o‘tish bilan sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, yuqoridagi nizom bilan bu holat soddalashtirildi. Yangi tartib bo‘yicha endi faqatgina bir bosqichda «Mutaxassislik fanlari»dan test imtihonlari topshirilmoqda.

Bundan tashqari, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olish holatlari yanada kengaytirildi. Jumladan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning reytingida birinchi 500talikka kirgan oliy ta’lim muassasalarining hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olingan bo‘lsa, bu birinchi 1000talikka kengaytirildi va yana qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Yuqoridagi nizomga asosan xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar quyidagi holatlarda tan olinmaydi:

    xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan davlatda uning egasiga O‘zbekiston Respublikasidagiga qaraganda ta’lim olish va (yoki) kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun kam huquqlar berilgan bo‘lsa (hujjat egasi ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni davom ettirish, kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmasa);

    ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan ta’lim shaklida olingan bo‘lsa;

    oliy ta’lim bosqichlarida:

    bakalavriat bo‘yicha o‘qish muddati uch yildan kam bo‘lsa yoki Yevropa ta’lim tizimi asosida o‘qish davomida 240dan kam kredit to‘plagan bo‘lsa;

    magistratura bo‘yicha o‘qish muddati bir yildan kam bo‘lsa;

    bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari qo‘shib o‘qitiladigan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olganda umumiy o‘qish davri uch yildan kam bo‘lsa;

Ayni sabablarga ko‘ra, 2019 yilning o‘zida 783 nafar (jami ariza bilan murojaat qilganlarning 6,1 foizi), 2020 yilning o‘tgan davrida 157 nafar (jami ariza bilan murojaat qilganlarning 4,8 foizi) murojaat qilganlarga sinovlarga chaqirilmasdan diplomini tan olish rad etilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu shartlarga alohida e’tibor qaratishingizni so‘rab qolamiz.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: