Mahkam Mahmudov haqida ma’lumot

Mahkam Mahmudov haqida ma'lumot
Telegramda o'qish

Mahkam Mahmudov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Mahkam Mahmudov 1940 yil 5 dekabrda Andijon viloyati, Asaka tumanidagi Qadim qishlogʻida tugʻildi. Toshkent davlat (hozirgi OʻzMU) universitetida oʻqidi (1957–1962).
Mehnat faoliyatini “Andijanskaya pravda” gazetasida muxbirlikdan boshladi. Soʻngra “Oʻzdavnashr”da muharrir (1963–1965), hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” (1965–1972) gazetasida boʻlim mudiri, “Gulxan” jurnalida (1972–1974) masʼul kotib, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri, bosh muharrir muovini (1975–1984), “Raduga” nashriyotida bosh muharrir (1991–1992), “Muloqot” jurnalida boʻlim mudiri (1993–2001), “Guliston” jurnalida bosh muharrir muovini (2001–2004) vazifalarida ishladi. Toshkent texnika universitetida (1985–1990), Oʻzbekiston Milliy universitetida etika, estetika, ritorika, notiqlik sanʼatidan dars berdi (2002–2003).
“Bibixonim”, “Shohlar malikasi”, “Movarounnahr yulduzi”, “Sulton Mahmud Gʻaznaviy”, “Boysungʻur bin Shohruh”, “Imom Zayniddin Gʻazzoliy” kabi tarixiy qissa, hikoya va badialar, “Men ‒ men emasman” (1980), “Teskari koʻzlilar sayyorasi” (1982), “Sirli qasr”, “Mangu kuy izlab” (1979) singari fantastik asarlar nashr ettirdi.
U falsafa, estetika, axloqshunoslik, tarix, sanʼatshunoslik borasida izlanishlar olib borgan olim sifatida “Talant va ijod falsafasi” (1976), “Abadiyat lahzalari” (1981), “Hayrat va tafakkur” (1990), “Ahli dil” (1998) kabi adabiy va ilmiy maqolalar eʼlon qildi. “Adabiy-estetik tafakkur tarixi”, “Adabiyot ensiklopediyasi” kabi fundamental tadqiqotlarning bajarilishiga oʻz hissasini qoʻshdi.
M. Mahmudov tarjimon sifatida O. Balzakning “Sagʻri tilsimi” romani (1981), S. Sveygning “Kuygan koʻngil faryodi” novellalar toʻplamini (hammualliflikda, 1980), E. Verxarnning “Mikelanjelo” (poema, 1984), Forobiyning “Fozil odamlar shahri” (hammualliflikda, 1993), Z. Bunyodovning “Anushtegin Xorazmshohlar davlati” (1998), Meri Shellining “Frankentshneyn yoxud yangi Prometey” fantastik romani (hammualliflikda, 1991), F. Attorning “Mantiq-ut-tayr” (hammualliflikda, 2006), L. Borxesning “Marvlik hakim yoxud niqobli paygʻambar” (Muqanna haqida), Arastuning “Poetika”, “Axloqi kabir”, “Ritorika” (2011), Zamaxshariyning “Oltin shodalar” (2011), Oskar Uayldning “Yulduzdan tushgan bola”, “Sadoqatli doʻst” hikoyalari va boshqa asarlarni oʻzbek tiliga oʻgirdi.
Mahkam Mahmudov filologiya fanlari nomzodi.
U oʻzbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun “Mehnat shuhrati” (1998) ordeni bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Жизнь Махкама Махмудова, творчество, творчество, биография, подробная информация

Махкам Махмудов родился 5 декабря 1940 года в старинном селе Асакинского района Андижанской области. Учился в Ташкентском государственном университете (ныне Национальный университет Узбекистана) (1957–1962).
Трудовую деятельность начал корреспондентом андижанской газеты «Правда». Позже он работал редактором в «Уздавнашр» (1963–1965), руководителем нынешней газеты «Узбекистон овози» (1965–1972), ответственным секретарем журнала «Гулхан» (1972–1974), главным редактором газеты «Гафур Гулом». Издательство литературы и искусства Работал заместителем главного редактора (1975–1984), главным редактором издательства «Радуга» (1991–1992), заведующим отделом журнала «Мулокот» (1993–2001), заместителем главного редактора. главный редактор журнала «Гулистан» (2001–2004). Преподавал этику, эстетику, риторику и ораторское искусство в Ташкентском техническом университете (1985–1990) и в Национальном университете Узбекистана (2002–2003).
Исторические рассказы, такие как «Бибиханим», «Царица царей», «Звезда Мовароуннахра», «Султан Махмуд Газневи», «Бойсунгур бин Шохрух», «Имам Зайниддин Газзали», «Меня нет» (1980), «У него есть опубликовал такие произведения, как «Планета обратных глаз» (1982), «Таинственная башня» и «В поисках вечной музыки» (1979).
Он был исследователем в области философии, эстетики, этики, истории и искусства, публиковал литературные и научные статьи, такие как Он внес свой вклад в такие фундаментальные исследования, как «История литературно-эстетического мышления» и «Литературная энциклопедия».
М. Махмудов перевел роман О. Бальзака «Волшебство Сагри» (1981), С. Свейга «Крик горящего сердца» (в соавторстве, 1980), Э. Верхарна «Микеланджело» (поэма, 1984), Фароби» Город знатных людей».» (в соавторстве, 1993), З. Бунёдова «Ануштегин Хорезмшахлар давлати» (1998), художественный роман Мэри Шелли «Франкеншнейн, или Новый Прометей» (в соавторстве, 1991), Ф. Аттор « Мантик-ут-тайр» (в соавторстве, 2006 г.), Л. Борхеса «Правитель или пророк Мерва в маске» (о Муканне), «Поэтика» Аристотеля, «Моральная могила», «Риторика» (2011 г.), Замахшари «Золотые радости» (2011), «Мальчик со звезды» Оскара Уайльда, перевел на узбекский язык рассказы «Верный друг» и другие произведения.
Махкам Махмудов – кандидат филологических наук.
Награжден орденом Трудовой Славы (1998 г.) за вклад в развитие узбекской литературы.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: