Umar Sayfiddin haqida ma’lumot

Umar Sayfiddin haqida ma'lumot
Telegramda o'qish

Umar Sayfiddin haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

XX asr turk adabiyotining yirik vakillaridan biri Umar Sayfiddin (Omer Seyfettin) 1884 yilda Turkiyaning Goʻnen shaharchasida dunyoga keldi. Maktabdan soʻng harbiy tahsil oldi. 1903 yilda harbiy maktabni tugatib, 1908 yilga qadar Izmir va uning atrofida zobit boʻlib xizmat qildi. Jandarma bilim yurtida dars berdi. Hayotining Izmirda kechgan davri boʻlajak adib uchun ijodga tayyorlanish yillari boʻldi. Umar Sayfiddin 1908 yilda Salonikiga yuborildi. Bolqon yarimoroli ixtiloflar bilan toʻlib-toshgan, u yerdagi elatlar oʻz mustaqilliklari uchun turklarga qarshi qoʻzgʻalgan bir payt edi. Umar Sayfiddin shunday bir sharoitda Rumelining qator qishloq va shaharlarida turli mansablarda xizmat qildi. Xizmati davomida duch kelgan turfa hodisalar uning milliy tuygʻulariga ham taʼsir etmay qolmadi. Buni hikoyalaridagi millatparvarlik ruhida yaqqol koʻrish mumkin.
Adib 1910 yilda harbiy xizmatdan boʻshab, Ali Jonib va Ziyo Koʻkalp singari turk maʼrifatparvarlari bilan birgalikda “Yangi til” harakatiga kirishadi. Ular shu maqsadda 1911 yilda Salonikida “Yosh qalamlar” jurnalini chiqaradilar. Umar Sayfiddin bu harakat orqali “adabiyotda va tilda bir inqilob” yasash fikrida edi. Ularni “yangi tilchilar” deyishardi: “Yangi tilchilar”ning gʻoyasi yozuv tilini turk tili qoidalariga boʻysundirish edi.
Jurnalning dastlabki sonidagi “Yangi til” nomli maqolasida Umar Sayfiddin oʻsha paytdagi turk tilining hech kim soʻzlashmaydigan lotincha, ibroniycha soʻzlar bilan toʻldirilgan, millatga begona, ayrim mutaxassislargagina anglashiladigan bir til ekanligini aytadi. Uningcha, Turkiya adabiyoti Sharqda Eronga, Gʻarbda Fransiyaga ergashmoqda. Bugun Fransiya izidan borayotganlar bilan eskidan Eronga taqlid qilib kelganlar orasilda hech qanday farq yoʻq. Oldinlari forscha sheʼr yozib, bundan gʻururlanib yurganlar boʻlgani singari endilikda fransuzcha sheʼr yozganidan faxrlanadiganlar bor.
Umar Sayfiddin “sarvati funun” tarafdorlarining baʼzi misra va jumlalarida birorta ham turkcha soʻz yoʻqligini misollar asosida keskin tanqid qiladi, yangi bir milliy tilni shakllantirmoq lozimligini soʻzlaydi. Uningcha, eski til xastadir. Uni tuzatish uchun bir qator choralar koʻrmoq lozim. Umar Sayfiddin fikricha, xalq bilmaydigan, ishlatmaydigan arabcha va forscha grammatik qoidalarga, soʻzlarga, imkon boricha, oʻrin bermaslik zarur. Yozuv tilida faqat milliy grammatik qoidalar qoʻllanilmogʻi lozim. Umar Sayfiddin 1912 yilda yana harbiy xizmatga qaytadi. Bolqon urushida serblar, yunonlarga qarshi jang qiladi. Urushda asir tushib, bir yil Yunonistonda qolib ketadi. Urushdan soʻng isteʼfoga chiqib, Istanbulga keladi. “Turk soʻzi” jurnalida bosh muharrir boʻlib ishlaydi. Ayni paytda Istanbulda turli oʻquv yurtlarida adabiyotdan dars beradi. “Xalqqa doʻgʻru” (Xalqqa yuz burish), “Turk yurdu” (Turk yurti), “Zako”, “Buyuk majmua”, “Tikon”, “Vaqt”, “Zamon” kabi gazeta va jurnallarda koʻplab maqola hamda hikoyalari chop etiladi.
Umar Sayfiddin – hayotni bilish, anglash va tasvirlash mahoratiga koʻra nodir bir sanʼatkor. Millatsevar adib ijodining asosiy qismini tashkil etuvchi hikoyalarida turklarning qahramonligi, ularning yuksak maʼnaviy fazilatlarini bosh mavzu qilib oladi. Eng koʻp shuhrat qozongan asarlari milliy-tarixiy mavzulardagi hikoyalaridir. Asarlarida milliy shuurga quvvat berish, Turkiyaning tiklanishini tezlashtirish orzusi sezilib turadi.
Yozuvchining inson tabiatidagi kamchiliklarni tasvir etishga bagʻishlangan hikoyalarida hajviy ifoda kuchli. Asarning taʼsir kuchini oshirish maqsadida hikoyani kutilmagan tarzda yakunlash muallif uslubining oʻziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Umar Sayfiddinning “adabiyotsiz adabiyot yaratish” shioriga muvofiq ish tutganligi, yaʼni asar yaratishda jimjimadorlikka, kitobiylikka berilmay, “porloq jumlalar”siz, oddiy soʻzlashuv tilida yozish uslubi hikoyalarining mashhur boʻlishiga olib keladi. Adabiyotda inqilobiy oʻzgarish qilishga urinish, mavzuni kundalik oddiy voqealardan olib, kichik hikoyalar yozish Umar Sayfiddinning ijodiy qiyofasiga xos xususiyatlardan edi.

Manba: Saviya.uz


Об Умаре Сайфиддине: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробности

Омар Сейфеттин, один из великих деятелей турецкой литературы ХХ века, родился в 1884 году в турецком городе Гонен. После школы он изучал военное дело. После окончания военного училища в 1903 году он служил офицером в Измире и его окрестностях до 1908 года. Преподавал в академии жандармерии. Период его жизни в Измире был временем подготовки будущего писателя. Умар Сайфиддин был отправлен в Салоники в 1908 году. Балканы были временем конфликтов, когда этнические группы восставали против турок за свою независимость. В таких условиях Умар Сайфиддин служил на различных должностях в ряде сел и городов Румели. Необычайные события, с которыми он столкнулся во время службы, не могли не сказаться на его национальных чувствах. Это хорошо видно по духу национализма в их рассказах.
Адиб ушел с военной службы в 1910 году и присоединился к движению «Новый язык» вместе с турецкими просветителями, такими как Али Джаниб и Зия Кокалп. С этой целью в 1911 году в Салониках издавали журнал «Молодое перо». Умар Сайфиддин намеревался посредством этого движения совершить «революцию в литературе и языке». Их называли «новыми лингвистами»: идея «новых лингвистов» заключалась в том, чтобы подчинить письменность правилам турецкого языка.
В статье в первом номере журнала под названием «Новый язык» Умар Сайфиддин утверждает, что турецкий язык в то время был языком, наполненным латинскими и еврейскими словами, на которых никто не говорил, которые были чужды нации и понимались лишь некоторыми эксперты. По его словам, турецкая литература следует за Ираном на востоке и Францией на западе. Сегодня нет никакой разницы между теми, кто идет по стопам Франции, и теми, кто в прошлом подражал Ирану. Как были люди, которые писали персидские стихи и гордились ими, так и теперь есть люди, которые гордятся тем, что пишут французские стихи.
Умар Сайфиддин резко критикует отсутствие каких-либо турецких слов в некоторых стихах и предложениях сторонников «Сарвати Фунун» на основе примеров и говорит о необходимости формирования нового национального языка. По его словам, старый язык болен. Есть ряд шагов, которые необходимо предпринять, чтобы исправить это. По словам Умара Сайфиддина, следует максимально избегать арабских и персидских грамматических правил и слов, которые люди не знают и не используют. В письменном языке должны использоваться только национальные правила грамматики. Умар Сайфиддин вернулся на военную службу в 1912 году. В Балканской войне сербы воевали против греков. Он попал в плен на войне и оставался в Греции в течение года. После войны он ушел в отставку и приехал в Стамбул. Главный редактор журнала «Турк Сози». В настоящее время преподает литературу в различных учебных заведениях Стамбула. «Навстречу народу» (Обращение к народу), «Турецкая земля» (Турецкая земля), «Зако», «Великий комплекс», «Шип», «Время»,Многие статьи и рассказы публикуются в газетах и ​​журналах, таких как Zamon.
Умар Сайфиддин — уникальный художник в плане познания, понимания и изображения жизни. В его рассказах, составляющих большую часть творчества писателя-националиста, главной темой являются героизм тюрков и их высокие душевные качества. Самые известные его произведения – рассказы на национально-исторические темы. В его произведениях чувствуется стремление укрепить национальное самосознание и ускорить восстановление Турции.
Рассказы автора, посвященные изображению недостатков человеческой натуры, отличаются сильным чувством юмора. Одна из отличительных черт авторского стиля – неожиданная концовка рассказа, призванная усилить воздействие произведения. Приверженность Умара Сайфиддина девизу «создавать литературу без литературы», то есть создание произведений без тишины, без библиографии, без «блестящих предложений», обусловила популярность рассказов на простом разговорном языке. Для творческого образа Умара Сайфиддина были характерны попытки революционизировать литературу, взять сюжет из обыденных бытовых событий и написать короткие рассказы.

Источник: Saviya.uz

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: